7-modul. Elketr stansiy a va podstansiyalarning sxemalari, yerlatgichlari


 Elektr stantsiya va podstantsiyalarning bosh sxemalari


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana07.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1340145
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16-ma`ruza. SPEK 3-kurs

16.2. Elektr stantsiya va podstantsiyalarning bosh sxemalari.
Podstantsiya sxemasini tanlashda yuqori va oʻrta kuchlanishli liniyalar soni bilan ularning 
mas`uliyat darajasini hisobga olish lozim, shuning uchun turli rivojlanish bosqichida 
podstantsiya sxemasi turlicha boʻlishi mumkin. 
Podstantsiyalarning elektrik ulanishlarining bosh sxemalari energetik tizim elektr 
tarmoqlarining rivojlanish sxemasini yoki rayonni elektr bilan tahminlash sxemasini hisobga olib 
tanlanadi. 
Podstantsiyalar tarmoqqa ulanish usuliga qarab, tupikli, shoxobcha, oraliq, uzlaviy 
podstantsiyalarga boʻlinadi. 
Tupikli podstantsiyalar deganda, bitta elektr tizilmadan bir yoki bir necha parallel liniyalar 
orqali elektr energiyasi oladigan podstantsiya tushuniladi. 
SHoxobchali podstantsiyalar deganda bir yoki ikkita oʻtuvchi liniyalarga ajralmaydigan 
qilib ulangan podstantsiya tushuniladi. 
Oraliq (proxodnaya) podstantsiya bir yoki ikki liniya orasiga joylashib, bir yoki ikki 
tomondan ta`minlanadigan podstantsiya tushuniladi. 
Uzlaviy podstantsiyaga ikki va undan ortiq elektr tizilmadan kelayotgan ta`minlovchi 
tarmoqning ikkitadan ortiq liniyalari ulanadigan podstantsiya tushuniladi.
Vazifasi boʻyicha iste`molchilarning va tizimning podstantsiyalari boʻladi. Tizim 
podstantsiyalari energetik tizimning ayrim rayonlari yoki turli energetik tizimlar bogʻlanadi. 
Odatda, bu 750–220 kV li yuqori kuchlanishli podstantsiyadir. Iste`molchilarning podstantsiyalari 
iste`molchilar oʻrtasida elektr energiya taqsimlash uchun xizmat qiladi. 
 Elektr podstantsiyalarining bosh sxemalariga qoʻyiladigan talablar 
Podstantsiyaning sxemasi podstantsiyani ta`minlovchi tarmoqqa ulanish usuli va vazifasi 
bilan uzviy bog`liq boʻlib, quyidagi talablarga javob berishi lozim; 
podstantsiya istehmolchilarini elektr bilan ishonchli ta`minlashi hamda normal va 
avariyadan keyingi rejimlarda magistral yoki tizimlararo aloqa boʻyicha quvvat uzatishni 
ta`minlash, rivojlanish istiqbolini hisobga olishi; 
asta–sekin kengayish imkoniyatini berishi; 
avariyaga qarshi avtomatika talabini hisobga olishi; 
qoʻshni ulanishlarni uzmay, sxemaning ayrim elementlarida taʻmir va ekspluatatsiya 
ishlarini olib borish imkonnyatini tahminlashi. 
Podstantsiyalarda yuqori kuchlanishli oʻchirgichlari soni kam boʻlgan oddiy sxemalarni 
qoʻllash tavsiya etiladi. 



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling