15-mavzu. Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari
Download 0.71 Mb.
|
Ma\'ruza 15
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- 15.1. Elektr energiya ta’minoti tizimi .
15-MAVZU. KORXONALARNING ELEKTR TA’MINOTI ASOSLARI Reja: Elektr energiya ta’minoti tizimi. Elektr tarmoqlar. YAgona energetik tizimlar. Tayanch so’z va iboralar: Elektr energiya ta’minoti, transformator podstansiyasi, elektr tarmog’i, energetik tizim, elektrouzatish liniyalari, liniya simlari, kuchlanish, elektroizolyatsion materiallar, iste’molchining quvvati, quvvat koeffitsiyenti, yagona energetik tizimlar, energotizim,pog’ona, iste’molchilar. 15.1. Elektr energiya ta’minoti tizimi. Elektr energiya ta’minoti tizimi o’z ichiga asosan energetik tizimni oladi. Energetik tizimning transformator podstansiya va elektr uzatish liniyalarini o’z ichiga oladigan qismi qismi elektr tarmog’i deyiladi. Elektr tarmog’i elektr energiyani guruhlar va ayrim iste’molchilar bo’yicha ishlab chiqaruvchi joylaridan ta’minlanish joylarigacha uzatish uchun hixzmat qiladi. Liniya simlari orasidagi kuchlanishga qarab elektr tarmoqlari kuchlanishi 1000 V va 1000 V dan yuqori tarmoqlarga bo’linadi. Boshlang’ich ma’lumotlar turkumiga manbaning kuchlanishi, iste’molchilarning kuchlanishi va quvvati, liniyaning xili (bir fazali, uch fazali, havoli, kabelli) va uning konfiguratsiyasi (liniya bo’ylab iste’molchilarning taqsimlanishi, ulashlar sxemalari) kiradi. Energetik tizimning transformator podstansiyalari (TP) va elektrouzatish liniyalari(EUL) bo’lgan qismi elektr tarmoq deyiladi. Elektr tarmog’i elektr energiyani ishlab chiqiladigan joydan iste’mol qilinadigan joyga uzatish va ularni guruhlar va ayrim iste’molchilar bo’yicha taqsimlash uchun hizmat qiladi. Elektr tarmoqlar turli belgilar bo’yicha sinflanadi. Liniya simlari orasidagi kuchlanishga bog’liq ravishda elektr tarmoqlari kuchlanishi 1000 V gacha va 1000 V dan ortiq bo’lgan tarmoqlarga farqlanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling