Muammoni bir butun qilib tadqiq etishga imkon yaratish ta’lim jarayonini bir butun yaxlit tizim shaklida ifodalash
Download 11.1 Kb.
|
Javoblar
Javoblar Muammoni bir butun qilib tadqiq etishga imkon yaratish. ta’lim jarayonini bir butun yaxlit tizim shaklida ifodalash; ta’lim-tarbiya jarayoniga «tizim yaxlit», «tizimiy yondashuv» tadqiqot usullarini joriy etishga imkoniyat yaratish. Tizim ta’lim-tarbiya jarayonini tizim elementlari, qism tizimlar ko’rinishida ifodalab, kadr orasidagi aloqadorlikni o’rnatish orqali ta’lim-tarbiya jarayonidagi qonuniyatlarni ochish imkoniyatini yaratadi va mazkur jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi. Tizim ta’lim-tarbiyaga oid muammolarni hal etishda «tizimiy tahlil», «tizimiy yondashuv», «ieraxik tizim» larga tegishli tadqiqot usullarini amaliyotga joriy etishda keng qo’llaniladi. Tizim o’z navbatida qism tizim va qism elementlaridan tashkil topgan bo’lib, ichki va tashqi aloqadorliklar bilan bog’liq o’zining bosqichli rivojlanishi tuzulmasiga strukturasiga ega.Tizim elamenti – bu uning ichki funktsional tarkibiga taalluqli, lekin masaalani hal qilishda qismlarga ajratilmaydigan bir bo’lagiga aytiladi.Aloqadorlik – bu muhit, tizim va elementlari orasidagi moddiy, energetik, iqtisodiy va axborotlar almashinuvidir. Ta’lim-tarbiyaning jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga bog’liqligi.Ta’lim-tarbiyada shakllanish, rivojlanish va jtimoiylashishning yaxlitligi.Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi.Ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning ustuvorligi. Pedagogik jarayonda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish.Pedagogik jarayonda jamoa va shaxsning o’zaro aloqadorligi.Pedagogik jarayon vazifasi, shakl va metodlarning o’zaro aloqadorlogi.Ta’limda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi. yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda 0‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, 0‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiya odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususi- yatlarini shakllantirish bilan qo‘shib olib boriladi. 0‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsning o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf ettirishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi. 0‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni yo’qotishga, bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat mazmunidir. Bola xulqidagi nosog’lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, 0‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulq, hosil qilingan zararli sifatlar o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab, oila, ota-onaning hamkorligi lozim bo’ladi. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o'zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim.Tarbiyaning yana bir xususiyati, uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atlarda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. 0‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Muayyan vaqtning o‘zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda shaxning harakat qilishi tarbiya maqsadini murakkablaishtiradi. Yuqorida qayd etilgan fikr asosidagi tarbiyani amalga oshirish ma’naviy yetuk, barkamol avlodni shakllantirish bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Bunda xalqimiz ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, ularga hurmat uyg‘otilishi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning saqlanishi va mazmunan boyitilishi, shuningdek, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning har tomonlama taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 11.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling