7-modul. Elketr stansiy a va podstansiyalarning sxemalari, yerlatgichlari
Yukori kuchlanish jixozlarning yerga tutashtiruvchi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
16-ma`ruza. SPEK 3-kurs
16.3. Yukori kuchlanish jixozlarning yerga tutashtiruvchi
qurilmalari. Elektr uskunalarida zaminlashning quyidagi turlari qoʻllaniladi. I sh ch i z a m i n l a sh – elektr apparat yoki uskunani ishi uchun normal sharoit yaratishga moʻljallanadi. Bu generator, transformatorlar va yoy soʻndiruvchi gʻaltaklarni neytrallarini zaminlash. Neytrali zaminlangan qurilma va tarmoqlar nisbatan arzonroq bo`ladi, ekspluatatsiya xavfsizligi ortadi, chunki bunda releli himoyaning aniq va ishonchli ishlashi tahminlanadi. CH a q m o q d a n h i m o ya v i y zaminlash - bu atmosfera oʻta kuchlanishlari natijasida sodir boʻladigan chaqmoqlardan himoyalovchi sterjenli va trosli yashin qaytargichlarni uchqun oraliqlari, himoya troslari, razryadlovchilarini zaminlash. X i m o ya v i y z a m i n l a sh - elektr uskunalarni normal xolatda kuchlanish ostida boʻlmaydigan, ammo izolyatsiya shikastlanishi natijasida kuchlanish ostida boʻlib qolishi mumkin boʻlgan metall qismlari zaminlanishi kerak. Bu zaminlash h i m o ya v i y deyiladi. Kuchlanishi 500 V va undan yuqori boʻlgan hamma uskunalar, havfi yuqori, oʻta havfli va tashqaridagi uskunalarni kuchlanishi 36 V-dan yuqoriligida himoyaviy zaminlash zarurdir. Odamni tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib ketishini oldini olish uchun qoida boʻyicha tok oʻtkazuvchi qismlar izolyatsiyalanadi va qurilmalarning barcha metall qismlari (elektr mashinalarni, transformatorlarni, apparatlarni korpuslari, oʻlchov transformatorlarni ikkilamchi choʻlgʻamlari, elektr apparatlarni yuritmalari, taqsimlovchi shchitlarni, pultlarni, shkaflarni karkaslari, taqsimlash qurilmalarini metall konstruktsiyalari, kabel muftalarini metall korpuslari, kabellarni, simlarni metall qobiqlari, bino va inshootlarni elektr uskunalarni oʻrnatish bilan bogʻliq hamda boshqa metall konstruktsiyalar, toʻsiqlar va hokazolar) himoyaviy zaminlanadi, shchitlar, qoplamalar bilan ixotalanadi yoki yetib boʻlmaydigan balandlikda joylashtiriladi. Bu ishlar ekspluatatsiya havfsizligini oshirish, ishlatuvchilarni tok ostida qolish ehtimolligini kamaytirish maqsadida bajariladi. Ammo qator xollarda normal xolatlarda kuchlanishdan izolyatsiyalangan qismlar yoki uskunalar izolyatsiya teshilishi va boshqa nosozliklar natijasida kuchlanish ostida boʻlib qolishi mumkin. Natijada odam shunday qismga tegib ketsa, uning tanasidan tok oʻtishi mumkin, bu esa baxtsiz xodisani sababi boʻlishi mumkin. Ammo, bunday qismlar kichik qarshilikli sim bilan zaminlab qoʻyilsa, tokni asosiy qismi odam tanasidan emas, zaminlovchi o`tkazgichdan oʻtadi (17.1-rasm). 16.4–rasm. Kengaytirilgan toʻrtburchaklik sxemasi. 17.1-rasm. Neytrali izolyatsiyalangan himoyaviy zaminlash. SHuning uchun elektr uskunalarni aytib oʻtilgan qismlari umumiy zaminlovchi oʻtkazgichga ulanib zaminlanadi. Odatda zaminlashni hamma uch turi uchun bitta zaminlovchi qurilmadan foydalaniladi. Zaminlash uchun tabiiy va sunhiy zaminlagichlardan foydalaniladi. Tabiiy zaminlagichlar sifatida yerga ishonchli ulangan suv oʻtkazish trubalari, kabellarni qobiqlari, binolarni fundamentlari va metall qismlari, tayanchlar fundamenlari hamda tros-tayanch sistemasi ishlaydi. Yonuvchi suyuqlik va gaz trubalaridan foydalanish tahqiqlanadi. Sunhiy zaminlagichlar sifatida yer bilan ishonchlai kontaktlash uchun tuproqqa koʻmilgan metall sterjenlar, uch burchaklar, polosalar ishlaydi. Zaminlovchi oʻtkazgich zaminlovchi elektrodlarga ulanadi (17.1-rasm), ular esa yerga vertikal qoqilgan va polosali poʻlat bilan payvandlangan uzunligi 2,5-3 m, diametri 38-50 mm, qalinligi 3,5 mm-dan kam boʻlmagan sunhiy zaminlagichlardir. Ular bir biridan 2,5-3 m masofaga joylashadi. Amaldagi qoidalarga binoan kuchlanishi 1000 V-gacha boʻlgan tarmoqlarda (qoʻzgʻalmas zaminlangan va neytrali yoki fazasi zaminlanmagan) generator va transformatorlarni zaminlovchi uskuna-larini qarshiligi 4 Om-dan oshmasligi kerak. 17.2-rasm. Neytrali qoʻzgʻalmas zaminlangan sistemada himoyaviy zaminlash. Kuchlanishi 1000 V-dan yuqori tarmoqlarda yerga oʻtadigan katta tokli uskunalarda (500 A-dan yuqori) zaminlovchi qurilmalarni qarshiligi 0,5 Om boʻlishi kerak; yerga oʻtadigan toklari kichik uskunalarda (500 A-gacha) - . . . 250 т т е I Om boʻlishi kerak, ammo 10 Om-dan yuqori emas (yoki . . . 125 т т е I Om, agar zaminlovchi uskunalar bir yula 1000 V-gacha boʻlgan uskunalar uchun ham ishlatilsa), ifodalarda I e.t.t. -erga tutashish tokni hisobiy qiymati. Agar neytral qoʻzgʻalmas zaminlangan boʻlsa, himoyalanayotgan elektr uskunalarni generator yoki transformatorlarni zaminlangan neytrali bilan bogʻlash kerak (17.2-rasm). Izolyatsiya teshilganda zaminlangan korpus orqali I k qisqa tutashuv toki oqadi, saqlagich eriydi va uskunani shikastlangan elementi avtomatik oʻchadi. 380 220 V li tarmoqda elektr motor korpusi va chiroq armaturasini nollash. 17.3-rasm. 380 220 V-li tarmoqda elektr motor korpusi va chiroq armaturasini nollash sxemasi. Nollash - zaminlangan obhektni generator yoki transformatorning yerga ulangan neytral bilan metall bogʻlanishi. Nollash 380 220 V-li kuchlanishli ochiq maydonchalarda oʻrnatilgan, xavfli binolarda joylashgan qurilmalarda bajariladi. 17.4-rasm. Nollangan elektr asbobi: 1-zaminlagich; 2-himoyaviy nollashni simi; 3- manbaa simlari; 4-elektr asbobi. Ba`zi elektr qurilmalarida elektr zanjirni qaysidir nuqtasini tasodifan zaminlanishi avariya xodisasi deb hisoblanadi, chunki bunda tegib ketilganda tokdan shikastlanish havfi paydo boʻladi. Bunday qurilmalarda elektr tarmoq zaminlanib qolganligi toʻg`risida avtomatik signallash qoʻllaniladi. Qator xollarda, buning aksi, zanjirni oʻrta nuqtasi zaminlanadi: transformatorni neytrali, oʻzgarmas tok zanjirini oʻrta nuqtasi (17.5-rasm). Bunda simlarni yerga nisbatan kuchlanishi U 2-zanjir kuchlanishidan ikki marta kichik boʻladi. 17.5-rasm. Oʻzgarmas tok zanjirini oʻrta nuqtasini zaminlash sxemasi. Odam tanasidan tok oqib oʻtganda unda fizikaviy-kimyoviy reaktsiyalar yuzaga keladi. Tok tahsirida badan kuyishi, shok, shol boʻlib qolish xollari, bahzi paytlarda esa oʻlimga olib kelishi mumkin. 0,1 A-ga teng tok hayot uchun xavfli hisoblanadi. Odamni tok urishi organizmning xolatiga, teri yuzasi va xolatiga, kontakt yuzasi va zichligiga, tokning tahsirida boʻlish vaqtiga bogʻliq. Odam tanasining tokka qarshiligi 0,6 kOm-dan 100 kOm-gacha boʻlishi mumkin. Tok tahsiriga tushib qolmaslik uchun elektr qurilmalarini tekshirish paytida 17.1- jadvaldagi masofalardan yaqin turmaslik kerak. Мuammo: Qanday elektr qurilmalrida himoyalovchi zaminlash bajarilishi kerak? Muammoyechimini ma`ruzani diqqat bilan o`qib chiqib topamiz. Odam tanasidan oʻtishi mumkin boʻlgan tokning qiymatini kamaytirish uchun zaminlagichlarning qarshiligini kamaytirib, odam tanasining qarshiligini oshirish zarur (rezina gilamcha, rezina etik, qoʻlqop va boshqalar). 17.1-Jadval qurilma kuchlanishi, kV Tok oʻtkazuvchi qismlargacha masofa, m 1000 v-gacha 6-35 35-110 150 220 330 400-500 750 0,6 0,6 1,0 1,5 2,0 2,5 3,5 5,0 Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling