5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja
Download 1.02 Mb.
|
5-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlarni tanlash. 4. Kоmmutatsiya qоnunlari 1. Dastlabki boshqarish apparatlari ─ uzgich, paketli uzgich
- Paketli uzgich
5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja: 1. Dastlabki boshqarish apparatlari, uzgich, paketli uzgich, almashlab ulagichlar va komandokontrollerlar: tuzilishi, ishlash prinsipi va vazifasi. 2. Kontaktorlar va magnitaviy ishga tushirgichlar: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kontaktorlarining tuzilishi, asosiy ko‘rsatkichi va ish rejimi. Magnitaviy ishga tushirgich: tuzilishi, ulash sxemasi, issiqlik himoyasi. 3. Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlarni tanlash. 4. Kоmmutatsiya qоnunlari 1. Dastlabki boshqarish apparatlari ─ uzgich, paketli uzgich, almashlab ulagichlar va komandokontrollerlar: tuzilishi, ishlash prinsipi va vazifasi. Uzgich. Uzgich (ruscha ─ rubilnik) 440 V-gacha o‘zgarmas va o‘zgaruvchan 500 V-gacha kuchlanishli zanjirlarni qo‘lda ulash va o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Uzgichlar bir, ikki va uch qutbli ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi. 1-rasmda markaziy richagli yuritma va yoy o‘chirgich kamera bilan jihozlangan uzgich ko‘rsatilgan. Har uch qutbning pichoqlari izolyatsion valik orqali birlashtirilgan, valikka richagli yuritmaning tortish kuchi ta’sir qiladi. Yuritmaning sopi taqsimlovchi qurilmaning yuzi devoriga montaj qilinadi. Bunday konstruksiya xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlaydi. Paketli uzgich. Paketli uzgichda yoki almashlab ulagichda har bir kommutatsiyalanuvchi qutb konstruktivno alohida element ─ paket ko‘rinishida tayyorlangan (2-rasm). Bu rasmdagi apparat uchta qutb (paket)ga ega. PKV seriyali o‘chirgichlarda paketlar soni 8-tagacha yetadi. PVM seriyali (2-rasm) paketli o‘chirgich birga bog‘langan alohida paketlar (5)dan va yuritma mexanizmi (4)dan tuzilgan. Har bir qutb ikkita uziluvchi kontaktga ega. Qo‘zg‘almas kontaktlar (1) latundan massiv plastina ko‘rinishida tayyorlangan. Qo‘zg‘aluvchan kontakt (2) o‘chirgichning kvadrat valiga kiydirib o‘rnatilgan va aylanma harakatga ega. Qo‘zg‘aluvchan kontakt (2) lablarining taranglik xossalari hisobiga kontaktlar bosimi yaratiladi. Qo‘zg‘aluvchan kontaktga fibra plastinalaridan ikkita yanoq biriktirilgan. Yanoqlar orasidagi masofa qo‘zg‘almas kontakt qalinligidan katta, bu qo‘zg‘aluvchan kontaktga praket ichida erkin aylanish imkonini beradi. Qo‘zg‘aluvchan kontakt yuritma mexanizmi yordamida harakatlanib ko‘chadi. Sop aylanganda avval prujina kuch oladi, keyin esa bu prujina kontaktga tegishli tezlik beradi.
Kontaktlar ajralayotganda yoy ikkita uziluvchi kontaktda yonadi, bu esa o‘zgaruvchan tok yoyining katod atrofi elektrik mustahkamligi hisobiga ishonchli o‘chirilishini ta’minlaydi. Yoy o‘zgaruvchan tokning nul orqali birinchi o‘tishida so‘nadi. O‘zgarmas tok yoyining o‘chirilishi uning fibra yanoqlari orasidagi fazoda yonishi hisobiga ta’minlanadi. Yoy fibra devorlariga tekkanda ulardan gaz ajraladi. Paket ichi hajmi yetarlicha germetik bo‘lgani sababli paket ichida bosim ortadi. Bu esa yoy VAXning ko‘tarilishi va o‘chirilishiga olib keladi. Bir fazali zanjirlar ikki qutbli o‘chirgichlar orqali o‘chirilishi lozim. PVM o‘chirgichlarining kamchiliklari yeyilishga uncha baland bo‘lmagan chidamlilik (20∙103 sikl) va yuritma mexanizmining yetarli bo‘lmagan ishonchliligi. PKV seriyali paketli kulachokli o‘chirgich mukammalroq (3-rasm). Val 1-ga kulachoklar 2 (har bir paketga bittadan) o‘rnatilgan. Har bir zanjir ko‘prikchalar 3 va kontaktlar 4 tomonidan yasalgan ikkita uziluvchi kontaktga ega. Val aylanganda kulachok buriladi va shtok 5 uning chuqurchasiga tushadi. Shunda zanjir tutashadi. Kontaktlar bosimi prujina 6 tomonidan ta’minlanadi. Yeyilishga chidamlilikni oshirish uchun metallokeramik kontaktlardan foydalaniladi. Ishonchliligi past PVM yuritmasi o‘rniga komandokontrollerlardagidek holat fiksatoridan foydalanilgan. PKV seriya o‘chirgichlarining eng katta toki 160 A. Elektrik yeyilishga chidamliligi 20∙105 siklga yetadi. Barcha paket o‘chirgichlar nominalga teng toklarni kommutatsiyalash uchun foydalaniladi. Paketli o‘chirgich va almashtirib ulagichlar rubilniklarga solishtirganda kichik gabaritlarga ega, montaj qilish qulayroq. Yoy yopiq hajmda o‘chadi, alanga va gazlarni chiqarmaydi. Kontakt sistemasi esa bir vaqtda zanjirlarning katta sonini boshqarishga imkon beradi. Bu o‘chirgichlar nominal toklarni kommutatsiyalaydi, vibratsiya va zarbalarga yuqori darajada chidamli.
Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling