5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja


Download 1.02 Mb.
bet4/5
Sana24.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1717934
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza

Magnitaviy ishga tushirgich. Magnitaviy ishga tushirgich (ruscha magnitnыy puskatel) (MIT) ─ rotori qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatellarni ishga tushirish va o‘chirishga mo‘ljallangan elektr apparatlarga aytiladi. Odatda MITda kontaktordan tashqari dvigatellarni tok yuklamalaridan va va «faza yo‘qolishi»dan himoyalash uchun issiqlik relelari o‘rnatiladi. Asinxron dvigatellarning ishi MITning yeyilishga chidamlilik, kommutatsiyalash qobiliyati, dvigatelni o‘ta yuklanishlardan himoyalashning ishonchliligi kabi xususiyatlariga juda ham bog‘liq. Ekspluatatsiya jarayonida uch fazali oziqlantirish kuchlanishi bitta fazasining uzilishi juda ko‘p kuzatiladi, masalan saqlagich kuyishi sababli. Dvigatelga ikkita faza ulangan bo‘lib qoladi va statorda tok keskin ortib ketadi, bu esa chulg‘amning yuqori haroratgacha qizishi natijasida ishdan chiqishiga olib keladi. MITning issiqlik relesi bunday toklardan ishlab ketib dvigatelni o‘chirishi shart.
Asinxron dvigatellar ulanish chog‘ida ishga tushirish toki nominaldan 6 baravar ortiq bo‘ladi. Bunday tokda kontaktlarning juda kichik vibratsiyasi xam ularni tez ishdan chiqaradi. Kontaktlar vibratsiyasi vaqtini kamaytirish maqsadida MIT kontaktorlarining qo‘zg‘aluvchan qismlari iloji boricha yengilroq tayyorlanadi, ularning tezligi pasaytiriladi, kontakt bosim kuchi ortadi.
Dvigatel ishga tushganidan keyin tok nominal miqdorgacha pasayadi. Shuning uchun dvigatelni o‘chirish kontaktlar uchun past tokli yuklamada kechadi.
Misol tariqasida 9-rasmda nereversiv MIT negizidagi ulanish sxemasi keltirilgan. MITning bosh kontaktlari KM1-KM3 saqlagichlar FU1-FU3 bilan

ketma-ket ulangan. Kontaktorning KM g‘altagi tarmoqqa issiqlik relesi va boshqaruv knopkalari «Pusk» va «Stop» kontaktlari orqali ulangan. BK ─ blok-kontakt, ishga tushganda g‘altakni tok bilan ushlab turadi.
Ishlash tokini rostlashga imkon beruvchi uch fazali RTL issiqlik relesi MIT korpusida o‘rnatiladi.
Issiqlik relesi. Energetika jihozlarini katta tok yuklamasidan himoyalash uchun ishlatiladigan bimetall elementli issiqlik relelari keng tarqalgan.
Bimetall element chiziqli kengayish koeffitsienti α turlicha bo‘lgan ikkita plastinadan tuziladi. Plastinalar bir-biri bilan yopishtirilgan joyda yo qaynoq prokat bilan yo payvandlash bilan biriktiriladi. Bir tarafi mahkamlangan bunday (bimetall) element qizdirilsa, unda α kichik bo‘lgan material tomonga egiladi. Mahkamlanmagan tomonida esa bosuvchi kuch hosil bo‘ladi. Bosuvchi kuch ta’sirida tegishli kontaktlar uziladi va asinxron dvigatel zanjirdan uziladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling