5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja


Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlarni tanlash


Download 1.02 Mb.
bet5/5
Sana24.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1717934
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza

3. Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlarni tanlash.
Kommutatorlar va ishga tushirgichlarning eng muhim xarakteristikasi ─ yuklamalarni kommutatsiyalash rejimi. 1-tablitsada tanlash paytida foydalaniladigan kontaktorlarning kommutatsiya rejimlari xarakteristikalari keltirilgan.
1-tablitsa

Tok turi



Konta-ktor tipi

Normal kommutatsiya rejimi

Kam (siyrak) kommutatsiya rejimi

Ulash

O‘chirish

Ulash

O‘chirish

Tok A

Kuchlanish V

Tok A

Kuchlanish V

Tok A

Kuchlanish V

Tok A

Kuchlanish V

O‘zgarmas

MK1

40

220

40

220

400

242

400

242




MK2

63

220

63

220

630

242

630

242




MK3

100

220

100

220

1000

242

630

242




MK4

120

220

120

220

1600

242

1600

242

O‘zgaruvchan

MK1

96

380

96

380

400

418

320

418




MK1

60

500

60

500

250

550

200

550




MK2

151,2

380

151,2

380

630

418

504

418




MK2

96

500

96

500

400

450

320

550




MK2

96

660

96

660

400

726

320

726

KPV seriyali kontaktorlar uchun takroriy qisqa rejimda yoyda kontaktlarning qizishini hisobga olgan holdagi ruxsat etilgan tokni

formula bilan hisoblash mumkin. Inom ─ uzoq muddatli ish rejimi uchun kontaktorning nominal toki; Iruxs ─ takrorlanuvchi qisqa vaqtli rejimga ruxsat
etilgan tok; UD ─ ulanish davomliligi, %; n ─ bir soatdagi ulanishlar soni.
Ko‘p hollarda kontaktorni tayyorlagan zavod tomonidan kommutatsiyalanuvchi zanjirning turli kuchlanishlardagi va turli ish rejimlarida ruxsat etilgan kolmmutatsiyalanuvchi toklari ko‘rsatiladi. 2-tablitsada MK seriyali kontaktorlar tomonidan kommutatsiyalanuvchi toklar miqdori keltirilgan.
2-tablitsa
MK kontaktorlarining kommutatsiyalash qobiliyati

Tok turi

Kuchlanish, V

Tok A

Ulanuvchi

Uziluvchi

O‘zgarmas

110

1,25

1,25




220

0,5

0,5

O‘zgaruvchan

110 (127)

60

6




220

35

3,5




660

10

1,5

Ishga tushirgich kontaktorlarining elektrik yeyilishga chidamliligi boshqarilayotgan elektrodvigatelning quvvatiga 1,5 ─ 2 darajada teskari proporsional. Ishga tushirgichning ishlash muddatini oshirish uchun uni dvigatelning nominal tokidan ortiqroq qiymatdagi tok bo‘yicha tanlash zarur.


PML seriyali magnitaviy ishga tushirgich 660 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmog‘ida 10 dan 200 A gacha toklarda ishlaydi. Ishga tushirgichning kommutatsion yeyilishga chidamliligi 200 A ga soatiga 2∙103 ulanish va 380 V kuchlanish.
Tiristorli ishga tushirgich. Kontaktlilarga solishtirganda tiristorli ishga tushirgich quyidagi afzalliklarga ega:
1. Kommutatsiya jarayonida yoyning yo‘qligi portlash va yong‘in xavfi bor muhitlarda apparatni tengsizga aylantiradi.
2. Elektrik yeyilishga chidamliligi yuqori (15∙106 sikl).
3. O‘ta yuklanish va qisqa tutashuv toklaridan, hamda faza yo‘qolishidan mukammal himoya. Bu esa dvigatellarning ishlash muddatini ta’minlaydi.
4. Yo‘l qo‘yilgan ulanishlar soni soatiga 2000 ga yetadi.
5. O‘chirish davomliligi 0,02 s dan ortmaydi.
6. Yuqori ishonchlilik va uzoq muddat ishlashi, hamda ekspluatatsiya vaqtida parvarish zaruriyatining yo‘qligi.
Tiristorli ishga tushirgichning kamchiliklari ─ sxema murakkabligi katta gabaritlar va yuqori narxlar. Bu kamchiliklarga qaramasdan kontaktsiz ishga tushirgichlar portlash va yong‘in xavfi bor ishlab chiqarishlarda va yuqori ishonchlilik talab qilinadigan boshqa texnika sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Kоmmutatsiya qоnunlari
KОMMUTATSIYaning birinchi qоnuni: Xar qanday induktivlikka ega tarmоqdagi tоk va magnit оqimi kоmmutatsiya paytida o’zini kоmmutatsiyaga qadar bo’lgan qiymatini saqlaydi iva bundan so’ng anna shu qiymatlaridan bоshlab o’zgaradi.
yoki
Buni induktiv g’altakni o’zgarmas kuchlanish manbaiga ulash misоlida ko’rish mumkin. Agar kоmmutatsiyaga qadar g’altakdan tоk o’tmagan bo’lsa, kоmmutatsiya paytida g’altakdan o’tayotgan tоk va xоsil bo’lgan magnit оqimi nоlga teng, ya`ni:
bo’lsa bo’ladi.
Bu miqdоrlarning 0 dan tо barqarоr miqdоrlarigacha birdaniga оshib ketishi nazariy jixatdan mumkin emas, chunki buning uchun tоk va magnit оqimining o’zgarish tezligi cheksiz katta bo’lishi kerak, ya`ni: bo’lishi kerak.
KОMMUTATSIYaning ikkinchi qоnuni: Xar qanday tarmоqda sig’imdagi kuchlanish va zaryad miqdоri kоmmutatsiya paytida o’zining kоmmutatsiyaga qadar bo’lgan qiymatini saqlaydi va bundan so’ng ana shu qiymatlaridan bоshlab o’zgaradi.
yoki
Nazorat savollari:
1. Uzgich qanday ishlaydi?
2. Paketli uzgich nima?
3. Komandokontrollerning ishlash prinsipini tushuntiring.
4. Kontaktor nima?
5. O‘zgarmas tok kontaktorlari qanday ishlaydi?
6. O‘zgaruvchan tok kontaktorlari qanday ishlaydi?
7. Magnitaviy ishga tushirgich nima?
8. Issiqlik relesi nimaga kerak?
9. Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlar qanday tanlanadi?
10. Tiristorli ishga tushirgich elektromexanik apparatdan nima bilan farqlanadi?
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling