5-Mavzu: yuridih shaxs tushunchasi. Yuridik


Download 190.94 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi190.94 Kb.
#1411792

5-Mavzu: YURIDIH SHAXS TUSHUNCHASI. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR


5.1.Yuridik shaxs tushunchasi
Yuridik shaxs deb quyidagilar e'tirof etiladi: O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot. Chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti. O‘zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.Notijorat tashkilotlari deganda, foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari (a'zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi. Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa tashkilotlar kiradi.
Soliqlar deganda, soliq qonunchiligida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.Boshqa majburiy to‘lovlar deganda, soliq qonunchiligida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari,
bojxona to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan, muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.












S-chizma. Yuridik shaxslar.

Soliq to‘lovchilar, soliq qonunchiligiga muvofiq, zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalaridir.


Soliq agentlari, soliq qonunchiligiga muvofiq, zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to‘lovchining vakillari, qonunga yoki ta'sis hujjatiga muvofiq, soliq to‘lovchining vakili bo‘lishga vakolatli shaxslardir. Vakolatli organlar quyidagilardir:

  1. Davlat soliq xizmati organlari — O‘zbekiston Respublikasi Dav- lat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tuman- lar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.

  2. Bojxona organlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari.

  3. Moliya organlari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazir- ligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‘limlari.

  4. Boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.


4-chizma. Vakolatli organlar.


Soliq to‘lovchilar va vakolatli organlar soliq munosabat- larining subyektlaridir.

5-chizma. $oliq munosabatlarining subyektlari.




O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb O‘zbekiston Res- publikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs e'tirof etiladi. Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muas- sasasi deganda norezident O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan, faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday
joy e'tirof etiladi.
5.2. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga quyidagilar kiradi:

  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i.

  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i.

  3. Aksiz solig‘i.

  4. Yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar.

  5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

  6. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.

  7. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i.

  8. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.

  9. Yagona soliq to‘lovi.

  10. Yagona yer solig‘i.

  11. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat'iy belgilangan soliq.

Yuridik shaxslarning hamma soliqlari naqd pulsiz to‘lanadi. Biroq ayrim yig‘imlar (davlat va bojxona bojlari) naqd pulli bo‘lishi mumkin. Yuridik shaxslar soliqlarining naqd pulsiz to‘la- nishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o‘tkazishlar tez- lashadi, ijtimoiy xarajatlar tejaladi.2007-yil 23-noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2007-yil 30-noyabrda Senat tomonidan ma'qullangan, 2007-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezideni A. Karimov tomonidan tasdiqlangan va 2008-yil 1-yanvardan e'tiboran kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi quyidagi tarkibga ega:

    1. Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar.

    2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar.

Yuridik shaxslardan olinadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i.

  2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i.

  3. Aksiz solig‘i.

  4. Yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar.

  5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Boshqa majburiy to‘lovlar:

    1. Davlat boji.

    2. Bojxona to‘lovlari.



Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari






Y Y Y Y Y
Umumdavlat soliqlar

  1. Yuridik shaxslardan


Y
olinadigan foyda solig‘i

  1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i


  2. Y
    $uv resurs- laridan foyda- langanlik uchun


Y

Y
soliq

  1. Aksiz solig‘i


  2. Y
    Yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar


Y

Y

Y

Y
va maxsus to‘lovlar




Mahalliy soliqlar



Mol-mulk solig‘i

Yer solig‘i

Obodonlashtirish va ijtimoiy infra- tuzilmani rivoj- lantirish solig‘i







$oliq solish- ning soddalash- tirilgan tartibida to‘lanadigan soliqlar

Yagona soliq to‘lovi

Yagona yer solig‘i

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlariga qat'iy belgi- langan soliq



Boshqa majburiy to‘lovlar

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar

Davlat boji va bojxona to‘lovlari

Ijtimoiy jam- g‘armalarga majburiy to‘lovlar







$oliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yi- cha imtiyozlar

$oliqlar va boshqa majburiy to‘lov- lar to‘lashdan qisman ozod etish

$oliqlar va boshqa majburiy to‘lov- lar to‘lashdan vaqtinchalik ozod etish

$oliqlar va boshqa majburiy to‘lov- lar to‘lashdan to‘liq ozod
etish




  1. Y

    Y

    Y

    Y

    Y

    Y
    chizma. $oliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari.

Yuridik shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlarga quyi- dagilar kiradi:



    1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.

    2. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i.

    3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i.


Y

Y
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga quyidagilar kiradi:

  1. Yagona soliq to‘lovi.

  2. Yagona yer solig‘i.

  3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat'iy belgilangan soliq.Mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq, soliq to‘lovchilar ikki katta guruhga, ya'ni yuridik va jismoniy shaxslar guruhiga bo‘lingan holda ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatidan kelib chiqib yana tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Respublikamiz davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar katta ahamiyatga egaligini yuqoridagi ma'lumotlardan bevosita ko‘rishimiz mumkin.




6-chizma. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari.





  1. Y

    Y
    chizma. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari prinsiplari.




Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar










Soliq to‘lovchilar. Soliq agentlari.
Soliq to‘lovchining vakillari










Vakolatli organlar










Soliq munosabatlarining subyektlari










Rezidentlar va norezidentlar










Notijorat tashkilotlari










Moliyaviy ijara










Doimiy muassasa









  1. chizma. Soliq qonunchiligida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. Yuridik shaxs tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?

  2. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning qanday turlari mavjud?

  3. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishning qanday asosiy prinsiplari mavjud?

  4. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligini matematik modellashtirish.

  5. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va makroiqtisodiy holatning korrelatsion bog‘liqligi nimalardan iborat?

  6. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar bo‘yicha soliq yuki va uni aniqlash tartibi qanday?

  7. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar tushumlari dinamikasining trend tahlili. Laffer egri chizig‘i.

  8. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning yalpi talab va yalpi taklifga ta'siri qanday?

  9. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning mamlakatdagi investi- tsion muhitga ta'siri qanday?











Download 190.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling