Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati


Download 433.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2023
Hajmi433.33 Kb.
#1212027
Bog'liq
Viruslarning kelib chiqishi va ularning ahamiyati



 


VIRUSLARNING KELIB CHIQISHI VA 
ULARNING AHAMIYATI 
Viruslar (lot. virus — zahar) — faqatgina 
tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va 
odamda 
yuqumli 
kasallik 
qoʻzgʻatuvchi 
mikroorganizmlar. Oʻtmishda "V." termini har 
xil 
kasallik 
qoʻzgʻatuvchilarga, 
ayniqsa 
nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. 
Fransuz 
olimi 
L. 
Paster 
bir 
qancha 
kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning 
rolini isbotlab berganidan soʻng V. tushunchasi 
"mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila 
boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh 


agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan V. oʻrtasidagi 
muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va 
keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda 
juft 
tuyoqli 
hayvonlarning 
oqsil 
kasali 
qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan 
oʻtishini isbotlagach, aniqlandi. 
V. tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va 
oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo 
qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik 
yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik V. yillab tiriklik 
xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik 
hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata 
boshlaydi. Ayrim V. (mas., gripp V.) tashqi 


muhitda 
oʻz xususiyatini yoʻqotadi. V. 
qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga 
koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi 
mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi 
(molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab V. 
vujudga 
keladi. 
V.ning 
koʻpayishi 
sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. 
Millionlab V. molekulalari yigʻindisi mikroskop 
ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida 
koʻrinadi. 
Kasallik 
holatini 
qoʻzgʻatish 
xususiyati, 
kasallik 
qoʻzgʻovchi 
boshqa 
agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi 
sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi V.ning 


oʻziga 
xos 
xususiyatidir. 
Faqat 
baʼzi 
bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. 
sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. 
Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha V. 
har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq 
"oʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm. 
Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi. 
Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi 
koʻpgina V. yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda 
mozaikasi V. tashqi koʻrinishi bilan bakteriya 
tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. V. tuzilishini 
elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish 
orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. 


Ularning hammasida ichki modda, asosan 
nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq 
bilan oʻralgan. Bir necha tur V.ning kimyoviy 
tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar V.ning 
tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki 
kabi 
murakkab. 
Uning 
tarkibida 
nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. 
Nuklein 
kislotasi 
dezvksiriboza 
shaklida, 
lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va 
neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen 
V. tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon 
va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi V.da esa 
RNK yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) 


bor. Baʼzi V. tozalangan preparatlar holida 
olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar 
(mas., tamaki nekrozining V.), boshqalari esa 
suyuq kristallar (mas., tamaki mozaikasi V.) yoki 
shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. V.ni ajratib 
olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, 
turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi. 
V.ning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni 
ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. 
Ularga ham xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga 
beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq 
ifodalari, har xil qisqartmalardan foydalaniladi, 
kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan 


atalib, yoniga raqam qoʻyiladi yoki V. 
morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv 
xususiyatlariga binoan urug va oilalarga 
birlashtiriladi. V. urugʻining lotincha nomiga 
virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi nomiga 
viridae soʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib 
yoziladi. 
V. organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas., 
V. oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular 
shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp V. va 
b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega 
boʻlgan fermentlari bor. V. organizmga kirgach, 
infeksiyanint latent yoki yashirin davri 


boshlanadi. Koʻpgina V. hujayralarda toʻplanib, 
hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil 
qiladi (qarang Virusli granullyoz). V. bilan 
zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti 
davomida infeksiya oʻchogʻi boʻlib qoladi. V. 
ekologik, biologikva b. omillar taʼsirida vujudga 
keladigan kuchli oʻzgaruvchanlikka ega. V. 
tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp 
xoʻjayinga ega. Asosan, soʻruvchi hasharotlar, 
kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi V. 
urugʻlar orqali tarqaladi va deyarli barcha V. 
kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga 
oʻtadi. V.ning patologik taʼsiri xilma-xil boʻlib, 


asosan, 
ularning 
koʻpayishidan 
xoʻjayin 
organizmida yuz beradigan oqsil va nuklein 
almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi 
(qarang Virusli kasalliklar). V.ni virusologiya 
fani oʻrganadi. 
Virusologiya [viruslar va logiya – fan] – viruslar 
haqidagi fan, biologiyaning bir tarmogʻi. 
Virusologiya tarixi 1892-y. da rus olimi D. I. 
Ivanovkiyning tamakida mozaika kasalligini 
vujudga keltiradigan mikroblarni aniqlashidan 
boshlanadi. 1893-y. da nemis bakteriologlari F. 
Leffler va P. Frosh qoramollarda oqsil (yashchur) 
kasalligini, 1901-y. da amerikalik 


Rid va boshqa(lar) sariq isitmani paydo qiladigan 
mikroblarni oddiy bakteriologik filtrdan oʻtib 
ketishini 
aniqlashdi. 
“Virus” 
tushunchasi 
birinchi marta golland M. Beyerink (1898) va 
nemis genetigi E. Baur (1904) ishlarida uchraydi. 
1911-y. da amerikalik F. T. Rous tvuklarda xavfli 
oʻsma paydo qiluvchi virusni topadi. Bakteriya 
viruslari (bakteriofaglar) ning topilishi, vaksina 
virusini toʻqimalar kulturasida undirish, virus 
zarralarini kumush bilan boʻyash usullarining 
ishlab Yiqilishi, tamaki mozaikasi virusini 
kristall holida ajratib olib, uning oqsil tabiatini, 
virus tarkibiga nuklein kislota kirishining 


aniqlanishi virusologiyaning rivojlanishida katta 
rol oʻynadi. 
20-a oʻrtalarida viruslarning tuzilishi elektron 
mikroskop yordamida va rentgenstruktura tahlili 
usuli bilan tekshirla boshlandi. Virusologiya 
tekshirish obyektiga koʻra qishloq xoʻjaligi, 
veterinariya va tibbiyot virusologiya siga 
boʻlinadi. Bu fanning rivojlanishi molekulyar 
genetika bilan uzviy bogʻliq. 1952-y. virus 
DNKsi, 1956-y. virus RNKsi, 1955-y. virus 
zarralarining RNK va oqsildan oʻz-oʻzidan 
toʻplanishi hodisasi aniqlandi, 1957-y. viruslar 
interferensiyasi, DNK-sintezi kashf etildi. 


Zamonaviy virusologiya umumiy va maxsus 
yoʻnalishlarga boʻlinadi. Umumiy virusologiya 
viruslarning tuzilishi prinsiplari, koʻpayishi, 
xoʻjayin-hujayra oʻrtasidagi munosabatlarning 
kelib chiqishi, viruslarning tabiatda tarkalishini 
oʻrganadi. 
Molekulyar 
virusologiya 
viruslar 
nuklein 
kislotalari tuzilishi va funksiyasini, virus 
genlarining 
ekspressiyasi 
mexanizmlarini, 
organizmning 
viruslar 
qoʻzgʻatadigan 
kasalliklarga chidamligi tabiati va viruslarning 
molekulyar evlyutsiyasini oʻrganadi. Maxsus 


virusologiya odam, hayvon va oʻsimlik viruslari 
guruhlarini tadqiq qiladi. 
Oʻzbekistonda 
virusologiya 
sohasidagi 
tadqiqotlar 20-a. oʻrtalarida boshlangan. D. X. 
Vahobov, A. Yu. Abdukarimova, N. K. 
Tursumetova, 
M. 
3. 
Isamuhamedov, 
V. 
Mirzahmedov va boshqa(lar)ning ishlari gʻalla, 
gʻoʻza, sabzavot va boshqa(lar) ekinlar 
viruslarini ajratib olish, virus kasalliklarini 
aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini 
ishlab chiqishga bagʻishlangan. 
Soʻnggi yillarda viruslarni interferon hosil qilish 
faolligini oshirish (A. Sayitqulov), gepatit virusi 


shtammlari va oksillarining tuzilishi hamda 
vazifalarini oʻrganish va virusli kasalliklarning 
zamonaviy tashxisini ishlab chiqish (A. M. 
Ivanova) borasida bir qancha ishlar amalga 
oshirildi. 
Oʻsimlik 
viruslarini 
oʻrganish 
sohasidagi ilmiy tekshirish ishlari 
Marburg virusi 
Bu virus 1967-yilda aniqlangan. O‘shanda 
Germaniyadagi kichik laboratoriya xodimlarini 
qandaydir notanish epidemiya qamrab olgan edi. 
Tekshirishlar 
shuni 
ko‘rsatdiki, 
virus 
laboratoriyaga 
Ugandadan 
keltirilgan 
maymunlar orqali kirib kelgan ekan. 


Marburg virusi ko‘p jihatdan Ebolaga o‘xshaydi. 
Unda odam tanasida juda kuchli zo‘riqish va 
isitma yuzaga keladi. Tana a’zolarining deyarli 
barchasidan qon keta boshlaydi. Ichki organlar 
birin-ketin ishdan chiqadi va organizm kuchli 
shok holatidan o‘limga yuz tutadi. 
Marburg laboratoriyasida virus epidemiyasi ilk 
marta qayd etilganda unga chalinganlarning 25 
foizi vafot etgandi. Lekin aynan shu virusning 
1998–2000-yillarda 
Kongoda 
avj 
olgan 
epidemiyasida bemorlarning o‘lim darajasi 80 
foizga yetgan. Shunga yaqin dahshatli 


ko‘rsatkich 2005-yilda Angolada ham qayd 
etilgan. 
Ebola virusi 
Ebola virusi hozirgi zamon kishisi uchun 
nisbatan taniqli viruslardan biridir. Uch-to‘rt yil 
avval Markaziy Afrika davlatlarida bu virusning 
juda kuchli epidemiyasi kuzatilgan va OAV 
orqali jarayon keng yoritilgan edi. O‘shanda 
Liberiya, Gvineya, Nigeriya, Syerra-Leone, 
Senegal, Kongo va Malida jami 27 748 odam 
Ebola infeksiyasiga chalingandi. Ularning 41 
foizi vafot etgandi. 


OITS 
Zamonaviy dunyoda eng xatarli virus albatta 
OITS virusidir. Undan juda ko‘p odam 
zararlanadi; zararlangan odamlarning deyarli 
hammasi vafot etadi. 
1980-yillarda OITS virusi haqidagi dastlabki 
ilmiy ma’lumot paydo bo‘lgan edi. 1981-yilda ilk 
marta OITS tashxisi qo‘yilganidan beri kasallik 
tarixiga bu tashxis bitilgan 36 milliondan ortiq 
bemor vafot etdi. 
Kuchli antivirus preparatlar OITSga chalingan 
bemorlarga kasallik oqibatlarini biroz 


yumshatishga yordam berayotgan bo‘lsa-da, 
bugungi kunda tibbiyotda OITSning davosi 
hamon topilgani yo‘q. Afrikaning Sahroi 
Kabirdan janubidagi qashshoq mamlakatlarida 
OITSga chalingan odamlar soni aholining 20 
foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. 
Gripp 
Gripp virusi har yili mavsumiy epidemiya beradi; 
unga chalinmagan, gripp nimaligini bilmaydigan 
odamni topish qiyin. Butunjahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti ma’lumotiga qaraganda, har 
yili dunyo bo‘yicha 500 000 bemor gripp tufayli 
vafot etadi. 


Gripp virusining shtammlari juda ko‘p turda 
bo‘lib, har yili yangi-yangilari paydo bo‘lmoqda 
va boshqa shtammlarga qarshi foyda bergan 
vaksinalarga chidamli bo‘lib chiqmoqda. Gripp 
infeksiyasining eng ayanchli epidemiyasi 1918- 
yilda kuzatilgan edi. O‘shanda sayyoramizning 
40 foiz aholisi gripp virusining “ispan shtammi” 
nomli turidan jabr ko‘rgan va umumiy hisobda 
50 millionga yaqin bemor vafot etgan. 

Download 433.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling