Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya fakulteti farmatsiya yo`nalishi 104- “A” guruh talabasi Dosumbetov Fozilbekning Noorganik kimyo modulidan taqdimot ishi
Download 78.25 Kb.
|
magniy va uning xossalari. 104-A D.F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magniy va uning xossalari.
Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya fakulteti farmatsiya yo`nalishi 104- “A” guruh talabasi Dosumbetov Fozilbekning Noorganik kimyo modulidan taqdimot ishiTayyorladi: Dosumbetov FTekshirdi: Jumaboyev F.RMavzu: 2-guruh s-blok elementlarining birikmalari, ularning xossalari va farmatsiyadagi ahamiyati.Magniy va uning xossalari.Oddiy moddaning ko’rinishi: engil, yumshoq, oq kumush rang metall Magniy (Mg) — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy-yer metallarga kiradi. Tartib raqami 12, atom massasi 24,305. Magniyning tabiatda 3 ta barqaror izotopi uchraydi. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808-yili dastlab ingliz fizik olimi Devi amalgama holida olgan. 1829-yilda fransuz kimyogari Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi.
Kimyoviy xossalari: Havoda qizdirilganda, magniy oksidi va oz miqdorda nitrid hosil qilib yonadi. Shu bilan birga, ko’p miqdorda issiqlik va yorug’lik chiqariladi: 2Mg + O2 →2MgO 3Mg + N2 → Mg2N3 Magniy karbonat angidridda yaxshi yonadi. Shu sababdan yonib turgan magniyni o`t o`chirish moslamasi bilan o`chirib bo`lmaydi: 2Mg + CO2 →2MgO +C Issiq magniy suv bilan kuchli reaksiyaga kirishadi, shuning uchun yonayotgan magniy suv bilan o’chirilmaydi: Mg + H2O → Mg(OH)2 + H2 Magniyga ishqor ta’sir qilmaydi, kislotalarda erib vodorodni siqib chiqaradi: Mg + 2HCI → MgCl2 + H2 Magniy kukuni kuchli oksidlovchi moddalar aralashmasi bilan portlab reaksiyaga kirishadi. Olinishi: Magniy ishlab chiqarishning odatdagi sanoat usuli bu suvsiz magniy xloridlari MgCl2( bishofit ), natriy NaCl va kaliy KCl aralashmasi eritmasining elektrolizidir . Eritmada magniy xloridi elektrokimyoviy reduksiyaga uchraydi: MgCl2 → Mg + Cl2 Shu tarzda olingan magniy nisbatan katta miqdordagi (taxminan 0,1%) qoʻshimcha moddalar boʻlgani uchun, uni qoʻshimcha tozalashga yo’naltiriladi. Tozalashga yo`naltirilgan magniy maxsus usullar bilan tozalanib uning foizini 99.999% ga yetkaziladi. Toksikologiyasi: Magniy ko’plab fermentativ reaksiyalarning kofaktori hisoblanadi. Magniy kreatin fosfatni ATF-nukleotidga aylantirish uchun zarurdir. Magniy oqsil sintezining barcha bosqichlarida zarur. U asab tizimi va yurak mushaklarining normal ishlashini ta’minlashda ishtirok etadi, vazodilatatsion ta’sirga ega, safro sekretsiyasini rag’batlantiradi, ichakning harakatlanish faolligini oshiradi. Organizmda magniy yetishmasligi o’zini turli xil yo’llar bilan namoyon qilishi mumkin: uyqusizlik , surunkali charchoq , osteoporoz , artrit , fibromiyalgiya , migren , mushak kramplari va spazmlari , yurak aritmi , ich qotishi . Magniyga boy mahsulotlarga oshqovoq urug`I, kakao kukuni, kunjut , bug`doy kepagi , yong’oq kiradi . Magniy o’z ichiga olgan vitamin-mineral komplekslaridan foydalanganda, agar u haddan tashqari iste’mol qilinadigan bo’lsa, qon bosimining pasayishi, ko’ngil aynish, qusish, markaziy asab tizimining tushkunligi, reflekslarning pasayishi, elektrokardiogramma, nafas qisilishi, koma, yurak to’xtashi, nafas olish falaji, anurik sindrom kelib chiqadi. Shuningdek, buyrak etishmovchiligi bo’lgan odamlar magniy iste’mol qilishda ehtiyot bo`lishlari zarur! Zamonaviy insonning noni, suti, go’shti va boshqa kundalik oziq-ovqat mahsulotlarida magniy juda oz. Magniyning kunlik iste’moli ayollar uchun 300 mg, erkaklar uchun 400 mg ni tashkil etadi (magniyning taxminan 30% so’riladi). E`tiboringiz uchun tashakkur! Foydalanilgan adabiyotlar: X.R. Tuxtayev, A.T.Sharipov, S.N. Aminov. Noorganikkimyo. Darslik. –Toshkent.: “Fan vatexnologiya”,2018 Ba`zi internet materiallaridan foydalanildi jumladan: © 2023 ChemInfo.uz Download 78.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling