Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya fakulteti Farmatsiya yo`nalishi 313-b guruh talabasi Tuxtayev Shohruxning Farmatsevtik texnologiya fanidan mustaqil ishi bajardi: Tuxtayev Sh Tekshirdi
Download 6.88 Kb.
|
1-kredit Tuxtayev sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aylanish sistemasiga ta’sir ko`rsatuvchi fitoichimliklar tarkibi 1-tarkibi
- Fitoichimliklar tayyorlashning mahalliy texnologiyasi
- Farmatsevtika sohasida fitoichimliklar tayyorlash usullari
- Foydalanilgan adabiyotlar
- E’tiboringiz uchun rahmat
Toshkent Farmatsevtika Instituti Farmatsiya fakulteti Farmatsiya yo`nalishi 313-B guruh talabasi Tuxtayev Shohruxning Farmatsevtik texnologiya fanidan MUSTAQIL ISHI Bajardi: Tuxtayev Sh Tekshirdi: Radjabova N Toshkent-2023 Mahalliy xom ashyolardan yurak qon aylanish sistemasida ishlatiladigan fitoichimliklar tayyorlash texnologiyasi Reja: 1. Qon aylanish sistemasiga ta’sir ko`rsatuvchi fitoichimliklar tarkibi. 2.Fitoichimliklar tayyorlashning mahalliy texnologiyasi. 3.Farmatsevtika sohasida fitoichimliklar tayyorlash usullari. Qon aylanish sistemasiga ta’sir ko`rsatuvchi fitoichimliklar tarkibi 1-tarkibi: Mavrak barglari 12,5 Dalachoy o‘ti 12,5 Eman po‘stlog‘i 12,5 Tozalangan suv 1000 ml gacha Ishlatilishi: 1 osh qoshiqdan 3 maxal ichilsin. Yurak-qon tomir kasalliklari fitoichimligi. 2-tarkibI: Dalachoy o‘ti 10,0 Uzum sharbati 30 ml Tozalangan suv 100 ml gacha Ishlatilishi: 1 osh qoshiqdan 3 maxal ichilsin. “Tinchlantiruvchi fitoichimlik”. 3- Tarkibi: Dorivor mavrak 4,0 Uzum sharbati 60 ml Tozalangan suv 200 ml Ishlatilishi:Ishlatilishi: 1 osh qoshiqdan 3 maxal ichilsin. Yurak-qon tomir kasalliklari fitoichimligi. 4-Tarkibi: Na’matak mevasi 20,0 Tozalangan suv 400 mlgacha Ishlatilishi: 1 osh qoshiqdan 3 maxal ichilsin. Yurak-qon tomir kasalliklari fitoichimligi. Fitoichimliklar tayyorlashning mahalliy texnologiyasi Fitoichimlik tayyorlash uchun maydalangan va kerakli miqdorda tortib olingan xom ashyo yoki kerakli miqdordagi filtr-paketlar olinib, xom ashyo miqdoriga mos, qopqogʻi jips berkitiladigan sirli idishga solinadi va ustiga xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi. Suv qaynab chiqqach, (dorivor oʻsimlikni yer ustki qismi, oʻtlari, barglari, gullari va h.k.) yana 15 daqiqa qaynatilib, 45 daqiqa sovutiladi. Qaynatish va sovutish muddatlarini qisqartirish mumkin emas. Ildiz va ildizpoyalar, poʻstloqlar, urugʻlar va shunga oʻxshashlar 30 daqiqa qaynatilib, soʻng 10 daqiqa sovutiladi. Suvli ajratmani sovutish muddati oʻtgandan soʻng ikki qavat dokadan suziladi va siqiladi. Agar suvli ajratma 1-3 litr miqdorida tayyorlansa, unda qaynatish vaqti 10 daqiqaga uzaytiriladi va barglar, gullar, dorivor oʻsimlikni yer ustki qismlari uchun 25 daqiqa, ildiz va ildizpoya, poʻstloq va shu kabilar uchun 40 daqiqa deb belgilanadi. Suvli ajratmalarni damlash usuli bilan ham tayyorlash mumkin. Buning uchun tegishli miqdordagi xom ashyo (filtr paket) chinni idishga (katta choynak) solinadi va ustiga kerakli miqdordagi qaynab turgan suv quyiladi hamda maʼlum vaqtga ustini sochiq yoki biror boshqa narsa bilan oʻragan holda qoldiriladi. Soʻngra ikki qavat doka orqali suzib, siqib, isteʼmol uchun tayyorlanadi. Bu usulda termosdan ham foydalanish mumkin. Termosga kerakli xom ashyo (filtr-paket) va qaynab turgan suv quyilib, bir soatga qoldiriladi, soʻng ikki qavatli dokadan suzib siqiladi. Farmatsevtika sohasida fitoichimliklar tayyorlash usullari Na’matak mevasi 20,0 Tozalangan suv 400 mlgacha. Na’matak mevasidan fitoichimlik tayyorlashda harbkov olimlari A.I.Tixonov, T.G.Yarnix tomonidan ikkita yo’lni taklif qilishgan.
Dorivor mavrak 4,0 Uzum sharbati 60 ml Tozalangan suv 200 ml Dorivor mavrak o’tining suv shimish koeffitsientini (SSHK = 3,3) hisobga olgan holda 53,2 ml tozalangan suv. Infundir apparatida qaynoq suvda 15 daqiqa damalanadi va 45 daqiqa sovitiladi. Damlama suziladi ikki qavat doka orqali va hajmi 200 mlgacha etkaziladi, so’ng 60,0 ml o’zum sharbati qo’shiladi, jihozlanadi. Fitoichimlikning umumiy hajmi 260 ml. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p. 2.Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014. 3.Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с. 4.Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-―Tafakkur nashriyoti‖.-Toshkent.-2013. 5.Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. ―Farmatsevtik texnologiya asoslari‖ fanidan amaliy mashg`ulot uchun uslubiy -qo`llanma. Ibn Sino.-2004,- 171 bet. 6.Yunusxo`jaev A.N. O`zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003. E’tiboringiz uchun rahmat Download 6.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling