Qattiq chiqindilar, kul va shlaklarni qayta ishlash yo‘llari. IES da hosil
boʹlayotgan qattiq chiqindilarga kul va shlak.
Mutaxasislar
tomonidan, tabiiy boyliklarni tejash va ishlab chiqarish tarmoqlariga
ekologik sof texnologiyalarni joriy etishga alohida eʹtibor qaratilayotgani taʹkidlanmoqda.
Bu borada qabul qilingan dastur va loyihalarda
belgilangan vazifalar, fan va ishlab
chiqarish integratsiyasini taʹminlashga yoʹnaltirilgan chora–tadbirlar samarasida atrof–
muhitga salbiy taʹsirlarni kamaytirishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining koʹplab turlarini joriy etish
imkoniyati mavjud. Ilmiy tadqiqot muassasalarida yaratilayotgan quyosh, shamol, biogaz
va boshqa tabiiy resurslar asosida ishlaydigan zamonaviy
qurilmalardan samarali
foydalanilmoqda. Bunday qurilmalar markazlashgan elektr taʹminotidan uzoqda
joylashgan aholini elektr va issiqlik manbai bilan taʹminlash,
tabiiy zaxiralarni tejash,
chiqindilarni kamaytirish imkonini bermoqda.
Oʹzbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʹmitasi huzuridagi
―Ekoenergiya‖ ilmiy–tadqiqot markazi hamda Oʹzbekiston Ekologik harakati tashabbusi
bilan tashkil
etilgan uyushma hozirda, muqobil yoqilgʹi va energiya manbalaridan
foydalanishni muvofiqlashtirish hamda korxonalarda chiqindisiz
texnologiyalarni joriy
etishni rivojlantirish boʹyicha ish olib bormoqda.