5-Modul: Litosfera va undagi muammolar. 1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi reja
Yer usti ekotizimlarining degradatsiyasi (Talabalar mustaqil ravishda
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiqindisiz texnologiya
- Chiqindisiz texnologiya –bu
Yer usti ekotizimlarining degradatsiyasi (Talabalar mustaqil ravishda
o’rganadilar). 5.1.3 Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. Atrof-muhit chiqindilarining sinflanishi, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy printsiplari; Chiqindilar 2 turga boʹlinadi: a) Sanoat (ishlab chiqarish) chiqindilari; b) maishiy chiqindilar. Hozirgi darsimizda ishlab chiqarish jarayonida hosil boʹlayotgan chiqindilar miqdorini meʹyorlashtirish borasida, siz aziz talabalarga bilim va koʹnikmalar berishni maqsadga muvofiq deb topdik. XX–asrning 50-yillarida birinchi marotaba rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar “chiqindisiz texnologiya” atamasini fanga kiritganlar. Hozirgi paytda ―chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar‖ atamalari o`rniga ―toza yoki, birmuncha toza texnologiyalar‖ atamalari ham qo`llaniladi. Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanishni ta`minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya–gigienik me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iqtisodiy sabablarga koʹra, xom ashyoning ma`lum bir kichik miqdorli chiqindi boʹlib qolishi mumkin. Kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti foydalanishga yaroqsiz boʹlib, chiqindilarni, xususan, zaxarli moddalarni zararsizlantirish tizimining mavjudligidir. Bunda chiqindilarning tabiiy atrof - muxitga etkaziladigan ta`siri ularning ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyalaridan oshib ketmasligi kerak. Chiqindisiz texnologiya –bu shunday ishlaib chiqarishki, bunda xomashyo va energiya yopiq tsiklda ishlatiladi, yaʹni xomashyo resurslari–ishlab chiqarish– ehtiyojni qondirish– ikkilamchi resurslar zanjirining yopiq tsikli amalga oshiriladi. Shunday qilib atrof-muhitga ajraladigan chiqindilar va isteʹmolda boʹlgan, eskirgan mahsulotlar ikkilamchi material resursi sifatida qayta ishlab chiqarishga qaytariladi va ularning atrof- muhitga zararli taʹsiri boʹlmaydi. Ushbu yopiq zanjir tsiklida xomashyo resurslarini kompleks va samarali ishlatish katta ahamiyatga ega, yaʹni xom-ashyo tarkibidagi asosiy komponentdan tashqari, qolgan komponentlarni ham kerakli maqsadda toʹliq ishlatiladi. Bunda xomashyo tarkibidagi asosiy komponentdan tashqari boshqa komponentlar ham shu texnologik jarayonning oʹzida yoki boshqa texnologik jarayonda (boshqa ishlab chiqarishda) qoʹla nilishi mumkin. Xom ashyo kompleks va samarali ishlatilganda uning isrof boʹlishi oldi olinadi va natijada atrof-muhit ifloslanishdan saqlanadi. Shu bilan bir qatorda texnologik jarayonlarda energiya resurslarini samarali va tejamli ishlatish ham chiqindisiz texnologiyani yaratishdagi asosiy yoʹnalishlardan biridir. Chiqindisiz texno- logiyaning yopiq zanjiridagi ishlab chiqarish bosqichi eng asosiy bosqich boʹlib, bunda asosiy mahsulot olinadi va parallel ravishda turli xil chiqindilar ham hosil boʹladi. Texnologiyaning mukammalligi, olinadigan mahsulot sifati va hosil boʹlayotgan chiqindilar miqdoriga taʹsir koʹrsatadi. Shuning uchun ishlab chiqarish bosqichida qoʹlla niladigan texnologiyaga alohida eʹtibor berish lozim. Bunda texnologiya mukam mal boʹlishi, ishlatiladigan xom-ashyo ekologik jihat dan zararsiz va uni qayta ishlash jarayonida kam chi qindilar ajralishi, ajralgan taqdirda ham atrofga zarar keltir maydigan holatda boʹli shi, energiyani tejamli ishlatilishi kabi talablarga javob berishi lozim. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling