5-Modul: Litosfera va undagi muammolar. 1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi reja


Yer usti ekotizimlarining degradatsiyasi (Talabalar mustaqil ravishda


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1055257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза-8

Yer usti ekotizimlarining degradatsiyasi (Talabalar mustaqil ravishda 
o’rganadilar).
5.1.3 Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. Atrof-muhit chiqindilarining 
sinflanishi, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy printsiplari; 
Chiqindilar 2 turga boʹlinadi: 
 a) Sanoat (ishlab chiqarish) chiqindilari;
b) maishiy chiqindilar. Hozirgi darsimizda ishlab chiqarish jarayonida hosil 
boʹlayotgan chiqindilar miqdorini meʹyorlashtirish borasida, siz aziz talabalarga bilim va 
koʹnikmalar berishni maqsadga muvofiq deb topdik.
XX–asrning 50-yillarida birinchi marotaba rus olimlari akad. N.N. Semyonov va 
I.V.Petryanovlar “chiqindisiz texnologiya” atamasini fanga kiritganlar. Hozirgi paytda 
―chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar‖ atamalari o`rniga ―toza yoki, birmuncha
toza texnologiyalar‖ atamalari ham qo`llaniladi.
Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar 
va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali 
foydalanishni ta`minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir.
Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda 
tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya–gigienik 
me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iqtisodiy sabablarga koʹra, xom 
ashyoning ma`lum bir kichik miqdorli chiqindi boʹlib qolishi mumkin.
Kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti foydalanishga 
yaroqsiz boʹlib, chiqindilarni, xususan, zaxarli moddalarni zararsizlantirish tizimining 
mavjudligidir. Bunda chiqindilarning tabiiy atrof - muxitga etkaziladigan ta`siri ularning 
ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyalaridan oshib ketmasligi kerak.
Chiqindisiz texnologiya –bu shunday ishlaib chiqarishki, bunda xomashyo va 
energiya yopiq tsiklda ishlatiladi, yaʹni xomashyo resurslari–ishlab chiqarish– ehtiyojni 
qondirish– ikkilamchi resurslar zanjirining yopiq tsikli amalga oshiriladi. Shunday qilib 
atrof-muhitga ajraladigan chiqindilar va isteʹmolda boʹlgan, eskirgan mahsulotlar 
ikkilamchi material resursi sifatida qayta ishlab chiqarishga qaytariladi va ularning atrof-
muhitga zararli taʹsiri boʹlmaydi.
Ushbu yopiq zanjir tsiklida xomashyo resurslarini kompleks va samarali ishlatish katta 
ahamiyatga ega, yaʹni xom-ashyo tarkibidagi asosiy komponentdan tashqari, qolgan 
komponentlarni ham kerakli maqsadda toʹliq ishlatiladi. Bunda xomashyo tarkibidagi 
asosiy komponentdan tashqari boshqa komponentlar ham shu texnologik jarayonning 
oʹzida yoki boshqa texnologik jarayonda (boshqa ishlab chiqarishda) qoʹla nilishi 
mumkin. Xom ashyo kompleks va samarali ishlatilganda uning isrof boʹlishi oldi olinadi 
va natijada atrof-muhit ifloslanishdan saqlanadi. Shu bilan bir qatorda texnologik 
jarayonlarda energiya resurslarini samarali va tejamli ishlatish ham chiqindisiz 
texnologiyani yaratishdagi asosiy yoʹnalishlardan biridir. Chiqindisiz texno- logiyaning 
yopiq zanjiridagi ishlab chiqarish bosqichi eng asosiy bosqich boʹlib, bunda asosiy 
mahsulot olinadi va parallel ravishda turli xil chiqindilar ham hosil boʹladi. 
Texnologiyaning mukammalligi, olinadigan mahsulot sifati va hosil boʹlayotgan 
chiqindilar miqdoriga taʹsir koʹrsatadi.
Shuning uchun ishlab chiqarish bosqichida qoʹlla niladigan texnologiyaga alohida 
eʹtibor berish lozim. Bunda texnologiya mukam mal boʹlishi, ishlatiladigan xom-ashyo 
ekologik jihat dan zararsiz va uni qayta ishlash jarayonida kam chi qindilar ajralishi, 


ajralgan taqdirda ham atrofga zarar keltir maydigan holatda boʹli shi, energiyani tejamli 
ishlatilishi kabi talablarga javob berishi lozim.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling