5-Modul: Litosfera va undagi muammolar. 1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi reja
Chiqindisiz texnologik jara yonlarni tashkil qilishning asosiy printsiplari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
маъруза-8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.4 Sanoatda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar va ularni qayta ishlash, utilizatsiya qilish yo‘llari.
Chiqindisiz texnologik jara yonlarni tashkil qilishning asosiy printsiplari:
Akad. B.H.Laskorin boshchiligida olib borilgan tadqiqotlarga asosan shlab chiqarish korxo- nasining qaysi tarmoqqa mansubligidan qatʹiy nazar ularning barchasi uchun taʹlluqli boʹlgan quyidagi asosiy 4-ta tamoil bajarilsa, chiqindisiz texnologik jarayonga erishilishi mumkindir: -Maxalliy oqova suvlarni tozalash texnologiyasini qoʹllash xisobiga uning aylanma xarakatini tashkil qilish, yaʹni tabiiy yer usti va yer osti suvlaridan toza suv manbai sifatida foydalanishni cheklash; -Bir korxona chiqindilarini ikkinchi korxona tomonidan xom ashyo, ikkilamchi ashyo sifatida foydalanishni taʹminlash, yaʹni barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash va foydalanishga erishish; -Xom ashyo va chiqindilardan foyda- lanishni taʹminlovchi turli ishlab ishlab chiqa- rish korxonalarini bir yerga toʹplash - yaʹni turli korxonalarni hududiy majmuasini tashkil etish; -Ishlab chiqarishni ekologiyazatsiyalash - yaʹni xom ashyoga maxsus ishlov berish yoʹli bilan tozalab, keyin foydalanish natijasida hosil boʹladigan chiqindilar turlari va miqdorini kamaytirish. 5.1.4 Sanoatda hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar va ularni qayta ishlash, utilizatsiya qilish yo‘llari. Energetika sanoatida hosil boʹlayotgan chiqindilar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari: Jahon iqtisodiyoti tarmoqlarida energiya resurslariga boʹlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu bois inson va tabiat oʹrtasidagi muvozanatni taʹminlash va barqaror rivoj lanishga erishishda tabiiy resurslarni tejash, qayta tiklanuvchi, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shunga koʹra, Oʹzbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʹmitasi huzuridagi ―Ekoenergiya‖ ilmiy–tadqiqot markazi hamda Oʹzbekiston Ekologik harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan uyushma muqobil yoqilgʹi va energiya manbalaridan foydalanishni muvofiqlashtirish hamda korxonalarda chiqindisiz texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish boʹyicha faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu darsimizda Mamlakatimizda elekroenergetikaning yetakchi tarmogʹi boʹlgan Issiqlik elektrostantsiyasi (IES) da chiqindisiz texnologik jarayonni hosil qilishni koʹrib 3 Oʹzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʹmitasining 2016 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti. Ekologiya xabarnomasi. № 3 (2017) Mart. Mahsulot raqobat- doshligini ta’minlash uchun ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash bo’- yicha katta va kichik loyi halarni izlash, buning uchun zarur mablag’ va manbalarni topish – bu har bir korxona raxbari va muhandis–texnik xodimlarining birinchi navbat- dagi eng muhim vazifasi va majburiyati bo’lmog’i kerak. I.A.Karimov. chiqamiz. Maʹlumki, 70% elektr energiyasi hozirgi kunda issiqlik elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir vaqtda ularda hosil boʹlayotgan chiqindilar atrof -muhitga tashlanayotgan chiqindilarning 29% ini tashkil etadi. IES da hosil boʹlayotgan chiqindilarga quyidagilar kiradi: -Tarkibida S0 2 , S0 2 , NO 2 va koʹmir changi (kul) boʹlgan gaz-chang chiqindilari; -IESda hosil boʹlayotgan oqova suvlarga sovitish tizimi suvlari, gidrokul tutish tizimi suvlari, jixozlarni yuvish natijasida hosil boʹlayotgan kimyoviy eritmalar, suv tozalagichlarda hosil boʹlayotgan regeneratsion suvlar va neft, gaz bilan ifloslangan suvlar. Turbinalar kondensatorlarini sovitishda foydalanilgan suvlar oʹz xaroratlarini 8-10°s ga oshirishi xisobiga, asosan issiqlik chiqindisi xisoblanadi. Ular yana ishqor va minerallarga toʹyingan boʹladi. Bulardan tashqari ushbu suvning tarkibida ftor, mishyak, simob va vanadiy ham uchraydi. Yuvuvchi suvlar esa yuvish uchun ishlatiladigan eritmaning turiga qarab organik va noorganik kislotalar, ishqorlar, nitratlar, ammoniy tuzlari va x.k. bilan ifloslanadilar. Suv tozalagichlarda (mexanik filtrlarni yuvishda, tindirgichlarning shlakli suvlari, ionitli- filtrlarni regeneratsiya qilishda hosil boʹlayotgan suvlar) hosil boʹlayotgan suvlar asosan Ca, Al, Fe ning tuzlari bilan ifloslanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling