Mundarija Kirish I bob portland sementni ishlab chiqarish usullari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1573927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PORTLAND SEMENTNI



Mundarija 
Kirish………………………………………………………………………………2 
I BOB PORTLAND SEMENTNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI………4 
1.1 Portland sementni ishlab chiqarish quruq usul …………………….……….....4 
1.2 Kimyoviy va mineralogik tarkibi va uning turlari.………………..11 
II BOB PORTLAND SEMENTNI XUSUSIYATLARI...……………………14 
2.1 Portland sementni oddiy tsementdan farqlar………………………………...14 
2.2 Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi………………………………21 
Xulosa……………………………………………………………………………27 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………28 
 
 
 
 



 
Kirish 
Portland sement (
Inglizcha
: Portland – 
Birlashgan Qirollikadagi
 yarim orol 
nomidan), 
suvga
 chidamli 
bogʻlovchi 
modda

qurilish 
materiali. 
Tarkibi 
asosan 
kalsiy
 silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. 
Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga 
maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. 
Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez 
qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab 
chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va 
sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. 
Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu 
xususiyati marka bilan belgilanadi, 
Oʻzbekistonda
 ishlab chiqariladigan Portland 
sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material 
shuncha sifatli hisoblanadi) 
Qisman erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni 
gips bazi hollarda esa mahsus qo‘shimchalar bilan birga tuyishdan hosil bo‘lgan 
gidravlik bog‘lovchi modda portlandsement deb ataladi. 
Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo‘ladi (70- 80%). qisman erish 
natijasida qovushib, qotib qolgan mayda-yirik tosh bo‘laklari klinker deyiladi. 
Portlandsement xossalarini o‘zgartirib turish, shuningdek,
Uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga aktiv va inert mineral 
qo‘shimchalar qo‘shishga ruxsat eiladi. Inert qo‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, 
kvarsqum va boshqalar) miqdori 10%dan, aktiv (trepel, diatomit, vitrofir, trass, 
shlak, gliyej va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. 
Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi mumkin. U holda 
maydalangan mahsulot nomi qo‘shilganga qarab boshqa, ya’ni qo‘shilma sifatida 
donador domna shlagi ishlatilsa shlak-portlandsement deb, tabiiy gidravlik 
qo‘shilmalar ishlatilsa putssolon portlandsement deb ataladi. 



 
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips qo‘shiladi. Bu bilan 
sementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir 
qiladi. 
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida 
gil yoki lyoss va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil yoki lyoss va oxaktosh jinslar 
ishlatiladi. Gil yoki lyoss va jinslar turli moddalardan tashkil topgan. Ularda, asosan 
uchta oksid bor: SiO
2
, Al
2
O
3
, va Fe
2
O
3
. lessda 15-20% atrofida СаСО
3
bor. 
O‘zbekiston sement zavodlarida, asosan lyoss ishlatiladi. Oxaktoshlar asosan kalsiy 
karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid-SaO va СО
2
dan iborat. 
Odatda asosiy va qo‘shimcha oksidlar miqdori quydagicha bo‘ladi: 
CaO 63-67%, SiO
2
21-24%, Al
2
O
3
4-8%, Fe
2
O
3
2-4%, MgO 0,5-5%, SO
3
0,3-1%, Na
2
O ва K
2
O 0,4-1%, TiO
2
0,2-0,5%, P
2
O
5
0,1-0,3%. 
1500 
0
С da kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida so‘nish qobilitini 
yo‘qotmasa ham, u juda sust so‘nadi. Uning so‘nish jarayoni qotib qolgan 
sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. 
Bunday xavfli holatning oldini olish portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid 
miqdori standartda chegaralanadi: 4,55 dan oshmasligi zarur. 
Portlandsementda kaliy va natriy oksidlari bo‘lmagani ma’qul, chunki ular 
portlandsementning tishlashish muddatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqarii, ishqorlar 
betonda to‘ldirgichlar bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir etishi mumkin. Natijada qotgan 
betonning darz ketishiga sababchi bo‘ladigan natriy va kaliy silikatlari hosil bo‘ladi. 
Bu reaksiya atrof muhit yetarlicha nam bo‘lsa, juda tez ketadi. Shu sababli 
gidrotexnik betonlar uchun sement va to‘ldirgichlar tanlayotganda sementda qancha 
ishqor borligi hisobga olinishi lozim va to‘ldirgichlarda amorf qumtuproqdan 
qancha borligi aniqlanadi. Ishqoriy metall oksidlar bo‘lsa, beton yuzasida sho‘r 
dog‘lar hosil bo‘ladi. 




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling