5-Modul: Litosfera va undagi muammolar. 1-Mavzu: Litosfera. Tuproq degradatsiyasi reja


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1055257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маъруза-8

Umuman 
olganda 
chiqindisiz 
texnologiyani 
yaratishning 
quyidagi 
asosiy yoʹnalishlarini koʹrsatish mumkin
2
:
1. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyoni kompleks qayta 
ishlashga va eneigiyani samarali ishlatishga asoslangan yangi prinsipial texnologik 
jarayonlami joriy etish yangi, samarali ishlaydigan qurilmalarni kiritish; 
2.Material oqimlarni yopiq strukturada ishlatishga asoslan gan hududiy ishlab 
chiqarish komplekslarini yaratish, bunda chiqindilarni ajralishi sodir boʹlmaydi yoki 
ajralganda ham ekologik bezarar koʹrinishda boʹladi va atrof-muhitga salbiy taʹsir 
koʹrsatmaydi; 
3.Alohida ishlab chiqarish va material oqimlaming ketma-ket va resirkulatsion 
tizimlarini ishlab chiqish, hamda yopiq suv-gaz aylanma tizimlarini yaratish; 
4.Ikkilamchi material resurslarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish, bunda olingan 
mahsulot iqtisodiy jihatdan samarali boʹladi. 
Hozirgi kunda ishlab chiqarishda ikkilamchi material resurslami ishlatish katta 
ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda oʹzining ishlatish muddatini oʹtab boʹlgan 
mahsulotlar va buyumlar ham maʹlum ahamiyatga ega boʹlib, ular isteʹmol chiqindilari 
deb ataladi.
Xalq xoʹjaligida hosil boʹladigan ishlab chiqarish va isteʹmol chiqindilari ikkilamchi 
material resurslariga kiradi (IMR).
Agar IMRlar xalq xoʹjaligida qayta ishlatiladigan boʹlsa, ular ikkilamchi xomashyo 
deb- yuritiladi. Ushbu chiqindilar haqida keyingi boblarda keng sharh beramiz.
Chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish asoslari: Bugungi kunda dunyo aholisi 
sonining oʹsishi va ilmiy texnikaning tez surʹatlarda rivojlanishi bilan chiqindilar 
muammosi ham tobora dolzarb tus olmoqda.
2016 yilda ishlab chiqarishga joriy etilishi koʹzda tutilgan texnologik jarayonlar, 
xizmatlar uchun, ekologik xavfli chiqindilar va mahsulotlarni olib kirish uchun 3860 dan 
ortiq ekologik sertifikat berildi. 27500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan 
oʹtkazildi, 3350 dan ortiq ekologik meʹyor belgilandi.
Oʹzbekiston 
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
2016 yil 25 maydagi 14/2-47-sonli 
qaroriga koʹra, Oliy Majlis 
Senatining 
SQ-85-III-sonli 
qarorida 9 ta yoʹnalishda belgilab
berilgan 
vazifalar 
ijrosini 
taʹminlash 
boʹyicha 
chora-
tadbirlar ishlab chiqilgan boʹlib, 
―Tabiatni 
muhofaza 
qilish 
faoliyatini tarmoqlararo kompleks 
boshqarish, 
atrof-muhitning 
ekologik holatini yaxsilash va 
2
Musayev.M.N. Sanoat chiqindilarini tozalah texnologiyasi. Darslik—Т.:0ʹzbekiston faylasuflari milliy 
jamiyati nashriyoti, 2011. — 500 b. 


aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishga oid faoliyatini kuchaytirish borasidagi (5) 
yoʹnalishiga koʹra: Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini 
amalga oshirish boʹyicha Oʹzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʹliqni 
saqlash Vazirligi bilan birgalikda jami 306,6 mingdan ortiq transport vositalaridan 
atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moqqalar asbob-uskunalar yordamida 
tekshirilib, ―Toza havo‖ tadbirini oʹtkazish doirasida 242,456 ming dona avtotransport 
vositalari koʹrikdan oʹtkazildi. Natijada ifloslantiruvchi moddalarni belgilangan 
meʹyoridan ortiq tashlayotgan 12,25 ming ta manba aniqlanib, ularga nusbatan 
qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʹrildi.
Ekotizimlar holatini barqarorlashtirish va aholi salomatligi uchun atrof-muhit sifatini 
yaxshilash boʹyicha respublikaning 2016 yil Investitsiya Dasturiga asosan ―Namangan 
viloyatining Pop tumanidagi 23-sonli sobiq uran koni hududida ekologik holatni 
sogʹlomlashtirish‖ tadbiri ijrosini taʹminlash borasida davlat byudjetidan jami 2,2 mlrd. 
soʹm mablagʹ sarflanib, quyidagi ishlar amalga oshirildi: 
-suvni mihofaza qilish inshooti qirgʹoqlari kengaytirilib, 130 m3 hajmdagi qorishmali 
tosh yotqizildi; 
-zararlangan suvning yer ustiga chiqishining oldini olish maqsadida, suv qochirish 
kanaliga qum-shagʹal aralashmasi yotqizilib, izolyatsiya qilindi; 
- zararlangan yerlarni rekultivatsiya va dezaktivatsiya qilish uchun 14180 m3 hajmdagi 
zararlangan tuproq qatlami ajratib olinib, oʹrniga 20170 m3 hajmdagi toza tuproq 
yotqizildi. 
Mazkur hududda radiatsiya darajasi 300-600 mkr/soatni tashkil etgan boʹlsa, qurilish-
montaj ishlari amalga oshirilishi natijasida radiatsiya darajasi 25-30 mkr/soatni tashkil 
qildi. 
Xisobot yilida atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni maxsus asbob-uskunalar 
yordamida tekshirishlar soni 2015 yilga nisbatan 13% ga ortib (39,3 mingtaga) 324 
mingtani tashkil qildi.
Atrof tabiiy muhit va ifloslantiruvchi manbaʹlar sohasidagi ishlarni samaradorligi 
oshirish maqsadida Hukumatning ―2016-2020 yillarda Oʹzbekiston Respublikasida atrof 
tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash toʹgrisida‖gi qarori loyihasi ishlab chiqildi 
va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-sonli qarori qabul qilindi.
―Oʹzstandart‖ agentligida 11 turdagi oʹlchash uslublarining muddati 2021 yilga qadar 
uzaytirilib, roʹyxatdan oʹtkazildi.
Yer osti va yer usti syvlari, atmosfera havosining ifloslanish darajasini sanitar-gigienik 
meyoʹrlar darajasigacha kamaytirish yuzasidan amaliy choralar koʹrish taʹminlandi. 
Chiqindilarni qayta ishlovchi, resurs tejaydigan, kam chiqitli yoki chiqindi 
chiqarmaydigan texnologiyalarni qoʹllashga doir tadbirlarni amalga oshirish boʹyicha 
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 sentyabrdagi 
―Ishlatilgan texnik moylarni topshirish, toʹplash, ular uchun hisob-kitob qilish, ularni 
saqlash va tashish tartibi toʹgʹrisidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi 258-sonli qarori 
ijrosini taʹminlash maqsadida Toshkent viloyatining Angren shahrida ishlatilgan texnik 
moylarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan ―Uz-Prista Recucling‖ MChJ qoʹshma 
korxonasi ishga tushirilib, 1829,0 tonna yigilgan texnik moylar qabul qilindi, shundan 
1300 tonnasi qayta ishlandi. Respublika boʹyicha jami 1008,7 tonna ishlatilgan 
avtoshinalar utilizatsiya qilindi (2015 yilda – 827 tonna).


Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 oktyabrdagi ―Tarkibida simob moddasi boʹlgan 
lampalar priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korhonalari 
faoliyatini tartibga solish toʹgrisida‖gi 405-sonli qarori ijrosini taʹminlash borasida 
respublika boʹyicha 500,46 ming dona yaroqsiz holga kelgan lampalar utilizatsiya qilindi.
Simobli lampalarning utilizatsiyasi bilan bogʹliq ishlarni yanada takomillashtirish 
maqsadida Hukumatning 2011 yil 21 sentabrdagi ―Simobli lampalarning ishlatilib 
boʹlgan resurslarini toʹplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʹgʹrisidagi 
nizomini tasdiqlash haqida‖gi 266-son qaroriga oʹzgartirish va qoʹshimchalar kiritish 
toʹgʹrisidagi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 iyundagi 
217-sonli qarori qabul qilindi
3.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling