5-mtt 22-guruh talabasi Djabbarova Nafisaxon Bolalar ovqatlanishini tashkil etishning asosiy tamoyillari
Download 20.44 Kb.
|
New Microsoft Word Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Non – dasturxon ko‘rki
- Kartoshka
- Meva va sabzavotlar
- Shirinliklar
Baliq mahsulotlariBaliq organizmni yod moddasi bilan ta’minlovchi haqiqatan ham juda qimmatbaho mahsulot. Piksha, treska yoki losos baliqlari juda foydali hisoblanadi. Shuning uchun haftada bir marta farzandingiz baliq iste’mol qilgani ma’qul. Yog‘larning foydasiBola ovqatidan yog‘larni butunlay chiqarib tashlash ham maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi kolbasa, shokolad va pechenyeda “yashirinib” yotgan yog‘lardan qochgan ma’qul. Saryog‘ va o‘simlik moyi juda foydali, ammo ularni cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak. Non – dasturxon ko‘rkiNon mahsulotlari bola organizmini uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar va ballast moddalar bilan ta’minlaydi. Non mahsulotlarini xilma-xil qilish va ularning navini almashtirib turish ma’qul. Oddiy nonni tanlash maqsadga muvofiq. Non va myuslini yirik tortilgan undan o‘zingiz mustaqil ravishda tayyorlashga harakat qiling. KartoshkaBolaning bir haftalik ratsionida kartoshkadan tayyorlangan taxminan 5-6 marta yegulik ovqatlar bo‘lishi lozim. Bu sut va saryog‘ qo‘shilgan pyure, yog‘lilik darajasi past yog‘ va ko‘katli qaynatilgan kartoshka, duxovkada baliq, go‘sht yoki sabzavotlar bilan pishirilgan kartoshka bo‘lishi mumkin. Qovurilgan, chipslar ko‘rinishidagi yoki kartoshka-fri tavsiya etilmaydi. Kartoshka guruch va makaron mahsulotlaridan ham foydaliroq hisoblanadi. Meva va sabzavotlarHo‘l meva va sabzavotlar yoki ularning muzlatilgani mikroelementlarga juda boy. Ularni pishirilgan va pishirilmagan holatda iste’mol qilish mumkin. Konservalarda sog‘liq uchun zarur bo‘lgan moddalar bo‘lmaydi, ko‘p miqdordagi qand moddasi esa, bolaga kerakmas. Sabzavotlardan eng ma’quli – gulkaram, brokkoli, sabzi, arpabodiyondir. Oq karam ham foydali, ammo u qiyinroq hazm bo‘ladi. Mevalarni mavsumga qarab o‘zingiz yashaydigan joyga xos bo‘lganini tanlang. ShirinliklarQaysi bola shirinlikni yaxshi ko‘rmaydi deysiz. Bolani shirinliklardan butkul mahrum qilish kerakmas. Shokolad, konfetlar, konditerlik mahsulotlarida yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardagi kabi foydali moddalar yo‘q. Ammo agar shirinliklar aql bilan bola menyusiga kiritilsa, ular bolaga zarar keltirmaydi. Shunchaki bolaga kamroq miqdorda va ovqatlanib bo‘lganidan keyingina shirinlik berishga harakat qiling. Shunday qilib, xulosa qiladigan bo‘lsak, bola ovqatining asosini quyidagi formula tashkil etadi: Majburiy muntazam ovqatlanish – nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik, ikkinchi tushlik va kechki ovqat. Nonushta va kechki ovqat uchun asosiy mahsulot non hisoblanadi, qolgani ta’bingizga qarab. Tushlik – issiq ovqat mahali. Ichimliklar – suv va kaloriyasi past ichimliklar. Download 20.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling