5. Payvandlash to‘g‘rilagichlari
Payvandlash to‘g‘rilagichlari turlari
Download 156.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqмаруза-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
5.2. Payvandlash to‘g‘rilagichlari turlari.
5.1-jadval Eriydigan elektrod bilan yoy dastaki payvandlash uchun to‘g‘rilagichlarning texnik tavsifi
Himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash jarayoni odatda katta payvandlash tokida olib boriladi (300A dan katta). Bu holda payvandlash yoyining VATi, ayniqsa SO2 gazda payvandlashda, o‘sib boradigan bo‘lib qoladi. Demak, yoyni turg‘un yonishi uchun ta’minlovchi manba qattiq VAT ga ega bo‘lishi lozim. VDG to‘g‘rilagichi (5.2-jadval) shunday tavsifga ega. Ular yoy bilan dastaki payvandlash uchun to‘g‘rilagichdagi kabi asosiy konstruktiv elementlarga ega. Bular uch fazali transformator va to‘g‘rilagichlar blokidir. Payvandlash tokini boshqarish uchun to‘yinuvchi drossel qo‘llangan. Metallni sachrashlarini kamaytirish uchun payvandlash zanjiriga qo‘shimcha drossel ulangan, bu drossel induktivlikni pog‘onali o‘zgartirish uchun qayta ulagichga ega. Bu payvandlash rejimini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi. 5.2-jadval Eriydigan elektrod bilan himoya gazlarda payvandlash uchun to‘g‘rilagichlarning texnik tavsifi
VDG to‘g‘rilagichlaridan tashqari himoyalovchi gazda suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash uchun VDU universal manbalaridan foydalanish mumkin (5.2-jadvalga qarang). Ularning sxemalari pasayib boradigan VAT ni qattiq tavsifga o‘zgartirib ulashni ko‘zda tutadi. Nazorat savollari: 1. YOy bilan dastaki payvandlash uchun bir postli to‘g‘rilagichlar qanday asosiy uzellardan tuzilgan? 2. VD-306 belgisi nimani ko‘rsatadi? 3. Himoya gazlarda eriydigan elektrod bilan payvandlashda to‘g‘rilagichning tashqi VATi qanday bo‘lishi lozim? Download 156.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling