5-sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi tayanch


Download 89.32 Kb.
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi89.32 Kb.
#1429348
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI

3.Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
Xo‘jalikka rahbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari hamda uning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va hayotga tatbiq etadigan oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan qarab chiqiladi.
Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan hal etiladigan masalalari (masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat hokimiyati oliy idorasi – Oliy Majlis tomonidan muhokama qilinadi va hal etiladi.
Iqtisodiyotga, shu jumladan, sanoatga kundalik rahbarlikni davlat hokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi – Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning samarali faoliyatga rahbarlikni, sanoat ishlab chiqishga tegishli bo‘lgan barcha qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi21.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, texnik, texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni
21 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси тўғрисида”ги Қонуни (янги таҳрири). 2003 йил 29 август, 524-II-сон
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo xususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng ko‘lamda xususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘radi;
davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat tamoyillari asosida takomillashtiradi, bozor tamoyillariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi;
davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini, idoralarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
O‘zbekiston sanoati tasarrufida o‘nlab mustaqil tarmoqlar, ming- minglab korxona (firma)lar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, ularni respublika hududlarida joylashtirish, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish)ga bo‘lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab, keng qamrovli masalalarni o‘z vaqtida oqilona hal etish tarmoq boshqaruvini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • vazirliklar va davlat qo‘mitalari;

  • konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;

  • xolding va milliy kompaniyalar;

  • korxonalar (firma)lar va boshqalar.

Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘zlariga bo‘ysunuvchi barcha korxona (firma)lar va tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. Shu sababli Vazirlik – bu o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo‘g‘inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar hisoblanadi:

  • tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish;

  • kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoyalash;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, sifati va uning raqobatbardoshligi;

  • tayyorlanayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish;

  • va nihoyat, o‘ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini tashkil etish va kuchaytirishga mas’uldir.

Sanoatga rahbarlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi alohida o‘rin egallaydi. Chunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng yirik ilmiy rejali-iqtisodiy idorasi hisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi to‘g‘risida 2002 yilning 24 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu farmonga muvoffiq Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish yuklatilgan:

    • makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutano-sib va jadal sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash;

    • ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;

    • boy tabiiy va mineral-xomashyo zahiralaridan, bunyod etilgan ishlab chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga keng miqyosida integratsiya-lashuvini ta’minlash;

    • yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona band etish muammosini hal etish, aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy infratuzulmani rivojlantirishni ta’minlash;

    • mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab chiqaruvchi kuchlarni mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash.

Milliy iqtisodiyotni, shu jumladan, sanoatni boshqarishda sobiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashining roli katta edi. Bu kengash sanoat ishlab chiqarish sohasida fan-texnika siyosatini amalga oshirib kelgan. Endilikda bu qo‘mita o‘rniga 2017 yil 30 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori bilan vazirlik tashkil etilgan. Ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirish, mamlakatning intellektual va texnologik
salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Bu vazirlik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilgan22:

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;

  • tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha strategik va oldindan rejalashtirish;

  • aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;

  • qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;

  • ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

  • davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash;

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

  • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Sanoat ishlab chiqarishning moliyaviy masalalarini hal etishda Moliya vazirligining tutgan o‘rni ham alohida ahamiyatga ega. Sanoat va uning tarmoqlariga qarashli sohalarda mehnatni tashkil etish, ishchi kuchini taqsimlash va ularni ijtimoiy himoya qilish borasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hal qiluvchi o‘rin egallaydi.


22 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги 2017 йил 30 ноябрдаги ПҚ-3416-сон Қарори

Download 89.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling