5. Savollarga javob: Misning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritib bering. Javob


Download 29 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi29 Kb.
#1768278
Bog'liq
Savollarga javob


5. Savollarga javob:
1. Misning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini yoritib bering.
Javob : Eneolit ( mil. av.IV-III ming yilliklarning boshlari.) - bu dastlabki metal (enus - grekcha «mis», litus - lotincha «tosh») davri bo‘lib, mis tosh davri deb, ham ataladi. Bu davrning katta yutug‘i kishilarning dastlabki metal bilan tanishib, tosh qurollari bilan birgalikda mis qurollaridan xam foydalana boshlanishidir. Mis qurollari tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashgan bo‘lsada, misdan kuchli va og‘ir qurollar yasab bo‘lmas edi. SHuning uchun mis korishmasidan yasalgan qurollar kishilar ijtimoiy xayotida yuqori mavqega ega bulmadi, tosh qurollar o‘z axamiyatini saqlab qoldi. Bu davrda kishilarning xo‘jalik va ijtimoiy xayotlarida yirik o‘zgarishlar sodir buldi. Qadimgi SHarq (Mesopotamiya va Old Osiyo)da shaxar-davlatlarning vujudga kelishi va sinflarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
2. Misning jamiyat madaniy taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsating.


Javob : Misdan yasalgan buyumlar Xassun madaniyatining barcha bosqichlariga oid madaniy qatlamlarida uchraydi. serdolik, xalsedon va feruza toshlardan yasalgan turli munchoqlar topilgan.
3. Old Osiyoning eneolit davri madaniy taraqqiyot xususiyatlari nimalardan iborat?
Javob : Bu davrda kishilarning xo‘jalik va ijtimoiy xayotlarida yirik o‘zgarishlar sodir buldi. Qadimgi SHarq (Mesopotamiya va Old Osiyo)da shaxar-davlatlarning vujudga kelishi va sinflarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik xo‘jalik shakllariga o‘tish Old Osiyoning bir joylarida nisbatan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sodir bo‘ladi. Ammo mazkur hududlar keyingi davr taraqqiyoti asosiy markazlariga aylanmadi. Bu hududlarda hosildorlik yuqori va barqaror bo‘lmagan. Qadimgi dehqonlar Osiyo va Afrikaning serhosil va subtropik daryo vohalariga o‘tish bilan ularning ishlab chiqaruvchi kuchlarning tezlik bilan va jamiyatning sivilizatsiya ostonasida bo‘lgan keyingi taraqqiyot bosqichiga o‘sib o‘tishiga olib keldi. YOg‘angarchilik mig‘dori etarli bo‘lmagan yangi iqlim sharoiti kishilarning agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sug‘orma dehqonchilikga o‘tishlariga turtki bo‘ldi. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik nafafaqat barqaror hosil olish imkoniyatini yaratdi, balki, boshoqli ekinlarning hosildor navlarini vujudga kelishiga sabab bo‘ladi
4. Anov I Nomozgoh I majmualari xususiyatini tavsiflab bering?
Javob : Ilk eneolit davriga Anov I va Namozgoh I manzilgohlari kirib, ikki bosqichi mavjud. Anov I manzilgohi hududiy jihatdan g‘arbiy va sharqiy guruhlarga bo‘linadi. Namozgoh I esa hududiy jihatdan g‘arbiy, markaziy va sharqiy guruhlarga bo‘linadi.
Eneolitning ilk bosqichida ba’zi bir manzilgohlarning qurilish rejasi Joytun an’analarini saqlab qoladi. Tartibsiz qurigan uylardan tashkil topgan qishloqni markaziy ko‘cha ikkiga bo‘lib turadi (Monjiklitepa). Me’morchilikda aholi uy-joylari imoratlarining asosini tashkil etadi. Ilk eneolit davri uylari qo‘shimcha o‘zgartishlar kiritilgan neolit davri uylarini eslatadi. Rivojlangan va so‘nggi eneolit davri uchun muntazam va rejali qishloqlar xosdir. qishloqlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan (Mullalitepa). Bu davrda ko‘p xonali uylar paydo bo‘ladi.
5. Nomozgoh II davri madaniy o‘zgarishlari nimalardan iborat?
Javob : Rivojlangan eneolit . Nomozgoh II hududiy jihatdan g‘arbiy va sharqiy hududlarga bo‘linadi. Rivojlangan eneolit davriga kelib, ko‘chalar, maydonlar, katta jamoa uylari tartib bilan aniq reja asosida quriladi. To‘rtburchak va aylana shakldagi uylar 12-15 xonadan iborat bo‘lib, ularning ichida to‘rtburchak va xalqa shaklida o‘choqlar o‘rnatilgan. Uylar yonida don saqlanadigan xonalar va molxonalar bo‘lgan (Geoksyurtepa).
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling