5-sinf adabiyot I qism sinov testi “Oyni uyaltirgan qosh” jumlasi qaysi asarda uchraydi ?


Download 45 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi45 Kb.
#113836
Bog'liq
5-sinf I qism 1-sinov


5-SINF ADABIYOT I QISM SINOV TESTI

1. “Oyni uyaltirgan qosh” jumlasi qaysi asarda uchraydi ?

A) “Uch og’a-ini botirlar” B) “Oygul bilan Baxtiyor” S) “Hellados”

D) “Iskandar Zulqarnayn”

2. Quyidagi maqol va topishmoq o’rtasida qanday o’xshash tomon borligini aniqlang.

Ona yurting omon bo’lsa,

Rangi ro’ying somon bo’lmas.

Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor.

A) ular o’rtasida o’xshash tomon mavjud emas

B) ikkalasida ham ichki qofiya mavjud

S) ikkalasi ham she’riy usulda yozilgan

D) ikkalasida ham xulosa mavjud

3. G’.G’ulomning“Mening o’g’rigina bolam” hamda H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” asarlari o’rtasida qanday o’xshashlik tomonlar mavjud ?

A) ikkala asar ham urushni qattiq qoralagan

B) ikkala asar ham qahramonlar tilidan hikoya qilinadi S) ikkala asar ham davlat mukofoti bilan taqdirlangan D) ikkala asar ham shoirning bolalik davri, esdaliklari bilan boshlanadi

4. Liliputiyaga sayohat bobida Liliputiya davlati imperatori qaysi daromad evaziga yashar edi ?

A) dengizdan keladigan daromad evaziga

B) qo’shni davlatlar yuborgan ulush evaziga

S) o’z mulkidan keladigan daromadlar evaziga

D) bosib olingan hududlardan keladigan soliq evaziga

5. Ijodining ilk davridanoq o’z asarida kontrastni keltirib katta shuhrat qozongan ijodkor nomini aniqlang.

A) Hamid Olimjon B) Maqsud Shayxzoda

S) A.Qodiriy D) G’.G’ulom

6. Bir kitob ikki qo’yning narxiga olinganligi haqidagi ma’lumot qaysi asarda uchraydi ?

A) “Zulmat ichra nur” B) “Bulbul” S) “Mening o’g’rigina bolam” D) “Uloqda”

7. “Dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik yashirmang, u barbir bir kuni oshkor bo’ladi” –degan ibratli g’oya qaysi asarda ilgari surilgan ?

A) “Oygul bilan Baxtiyor” B) “Susambil”

S) “Gulliverning sayohatlari” D) “Iskandar Zulqarnayn”

8. “Zulmat ichra nur” asarida so’nggi kunlarda ro’y bergan muhim bir hodisa – Temurning o’g’li podshoh Shohruxning o’limi to’g’risida kim gapiradi

A) Muhammad Ali B) Kichkina Bahodir

S) Sharafiddin Ali Yazdiy D) Mirsayid

9. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida o’z peshonasi sho’r”ligiga ko’ngan, o’z hayotini yaxshi tomonga o’zgartirish imkoniyati tug’ilgan paytda ham undan foydalana olmagan obraz ?

A) qul Tarlon B) o’tinchi chol S) baliqchi chol D) podshoh Darxon

10. “Zulmat ichra nur asarida ko’chaga bosh suqib, janjalga aralashgan va choponidan, mol-holidan, ba’zan jonidan ayrilgan kishi kimga yoki nimaga o’xshatilgan ?

A) tulkiga B) afandiga S) yosh bolaga

D) bo’riga

11. Kumushday oppoq saqol, Ko’kragini bosgan chol obrazi quyidagi qaysi asarda uchraydi ?

A) “Oygul bilan Baxtiyor” B) “Bulbul” S) “I. Zulqarnayn” D) “Uch og’a-ini botirlar”

12. “Zulmat ichra nur” asarida “yurakli, kattalardan ko’p tortinmaydigan, sog’lom va shijoatli” sifatida qaysi obraz tasvirlangan ?

A) Husayn Boyqaro B) Alisher Navoiy

S) Muhammad Ali D) Bobur Mirzo

13. Qaysi janrning paydo bo’lishda qadimiy urf-odatlar, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o’rin tutgan ?

A) ertak B) maqol S) chiston D) hikoya

14. Dunyoni tanimay turib, dunyoni kishisi bo’la olmaslik quyidagi qaysi asarda uchraydi?

A) “Mening o’g’rigina bola” B)”Uloqda”

S) “Gulliverning sayohatlari”

D) “Uch og’a-ini botirlar”

15. Quyidagi hadis nima haqida ?

“…kimdan kim xayrli ishlarni odamlar meni ko’rib qo’ysinlar deb ko’z-ko’z qilg’aydir, Alloh taolo ham qiyomatda uni barcha bandalari o’rtasida izza qilg’ayir…”

A) zolimlik haqida B) shuhratparastlik haqida

S) johillik haqida D) mo’minlarning bir-biriga ko’maklashishlari haqida

16. “Mening o’g’rigina bolam” asarida qora buvi kimni insofga keltirgan va uning ko’ngliga yo’l topgan ?

A) ellikboshini B) yetim bolalarning tog’asini

S) o’g’rini D) yetim bolalarning amakisini

17. Nozikligidan biror yeriga qo’l tekizib bo’lmaydigan saroy qaysi asarda uchraydi ?

A) “Qor malikasi” B) “Gulliverning sayohatlari” S) “Bulbul” D) “Susambil”

18. Quyidagi parchada u deyilganda nima nazarda tutilgan ?

“Lekin, barbir u qandaydir muqaddaslik nuriga yo’g’irilgan ! Uni pok saqla !...”

A) hukmdorlik toji B) qalb S) ilm D) maktab

19. Ertakning qaysi turida ertaklardagi voqealarning aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan bo’ladi ?

A) sehrli B) hajviy S) maishiy D) qahramonlik

20. Maqolda “mo’tabar, muxtasar” jumlalari nimaga nisbatan ishlatilgan ?

A) so’z B) kitob S) bilim D) mehnat

21. Qaysi maqol yarim so’ziga mos tushadi ?

A) Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom qil

B) Do’sting ming bo’lsa ham - oz,

Dushmaning bir bo’lsa ham – ko’p.

S) Oyning o’n beshi qorong’i bo’lsa, o’n beshi yorug’ bo’ladi. D) Avval o’yla, keyin so’yla.

22. Har bir qo’pol, quruq gerdayadigan, beqanoat va dimog’dorlik nimaning alomatidir ?

A) kibrning B) zolimning S) fosiqning D) kofirning

23. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida nonni taxlagan kishining otasi nonvoy ekanligini kim aytgan ?

A) kenja botir B) to’ng’ich botir

S) o’rtancha botir D) vazir

24. “Uloqda”da Sobir tegirmonchining o’g’li sifatida kim uchraydi ?

A) Valad B) To’g’onboy S) Mahkam

D) Shokir

25. Birinchi bo’lib shoirlarimiz ichidan “Mustaqillik” ordeniga munosib ko’rilgan adibni aniqlang.

A) A.Qodiriy B) A.Navoiy S) G’.G’ulom

D) Hamza

26. Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan asar nomini aniqlang.

A) “Karvon yo’llarida” B) “Navoiyning xislatlari” S) “Astrobod” D) “Zulmat ichra nur”

27. Hamma kasblarning bozori kasod bo’lganligi haqidagi ma’lumot qaysi asarda uchraydi ?

A) “Mening o’g’rigina bolam” B) “Zulmat ichra nur” S) “Uch og’a-ini botirlar”

D) “Oygul bilan Baxtiyor”

28. Quyoshni zabardas gavdasi bilan tusa oladigan qahramon sifatida uchraydigan obraz ?

A) Baxtiyor B) Muhammad Ali S) Kenja botir

D) Iskandar Zulqarnayn

29. Quyidagi parcha qaysi asarda uchraydi ?

“Podsho deganining marhamatidan qahri ortiqdir, podsho bilan sherga yaqin bo’lmoq hikmatdan emasdir”

A) “Bulbul” B) “Zulmat ichra nur”

S) “Uch og’a-ini botirlar”

D) “Oygul bilan Baxtiyor”

30. Quyidagi ma’lumot qaysi adib haqida ?

“Dastlab u teatrga qiziqdi. Aktyor bo’lish rejasi amalga oshmagach, o’zicha kichik-kichik sahna asarlarini yozdi…”

A) H.K.Andersen B) Shekspir S) M.Shayxzoda D) J.Svift

31. “Kobuliy” hamda “G’aribiy” taxalluslar bilan ijod qilgan shoirlar qaysi ijodkorning qarindoshlari hisoblangan ?

A) Uvaysiyning B) A.Qodiriyning

S) A.Navoiyning D) Maxtumquli

32. M.Osimning “Zulmat ichra nur” asarida o’z akasini o’ldirib taxtga o’tirgan qahramon ?

A) Abdullatif mirzo B) Sulton Muhammad

S) Abulqosim Bobur D) Mironshoh

33. Zamondoshlari, uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirmas edi, deb kimning xonadonini yozadilar ?

A) Imom al-Buxoriy B) A.Navoiy S) H.Boyqaro D) Qosim Anvor

34. “Gulliverning sayohatlari” romanida

Qaldirg’och” kemasining kapitani kim edi ?

A) V. Prichard B) Edmund Berton S) Jo Kalon D) Eybregem Pannell

35. Safarga ketayotganda ko’plab kitob olar va bo’sh vaqtlarimni qadimiy hamda yangi eng yaxshi yozuvchilarning kitoblarini o’qishga bag’ishlardim…

Yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan ?

A) “Gulliverning sayohatlari” B) “Zulmat ichra nur”

S) “Uloqda” D) “Uch og’a-ini botirlar”

36. Qaysi asarda qullar isyon ko'taradi ?

A) “Oygul bilan Baxtiyor” B) “Zulmat ichra nur”

S) “Iskandar Zulqarnayn” D) “Uch og’a-ini botirlar”
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o`tin yorishga sarflamaslik lozim. (A. Qahhor)
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling