5-sinf adabiyot. Yopiq test


Download 44 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi44 Kb.
#1071613
Bog'liq
5-sinf adabiyot-YOPIQ


5-sinf adabiyot. Yopiq test
1. "Oltiariq hangomalari", "Baloga qolgan futbolchi", ikkita kitobdan iborat "Tanlangan she'rlar" hamda "Ajinasi bor yo'llar" singari kitoblar muallifi kim? ................................................................
2. "Samoviy mehmon, besh donishmanda va farrosh kampir qissasi" da "O'tgan kecha allanarsa yonib tushmish osmondan" degan xabar Fan shahriga qayerdan keladi?......................................
3. A.Oripovning "O'zbekiston" qasidasida "Qonim oqdi Dansigda manim" deyilganda qaysi tarixiy shaxs nazarda tutilgan?................................................................
4. A.Oripovning onasi uning birinchi kitobini o'qib, o'g'lining kelajagini bashorat qilganligi shoirning qaysi she'rida samimiy ifodalangan?................................................................
5. Ikki o'g'lini jangga kuzatib, ikki farzandi ham qaytmagan chol va kampir obrazi qaysi asarda uchraydi? ................................................................
6. "Nido" dostonida dadasidan qoraxat kelganidan darsga kelmagan obraz qaysi?.........................
7. "Nido" dostonida urushda ikki qo'lidan ajrab kelgan ota obrazi qaysi? ..........................................
8. "Ba'zi xomtamalar sochmay urug', don,
Ko'tarmoqchi bo'lar dehqonday xirmon". Ushbu parcha qaysi asardan?......................................
9. "Ki bo'rini tutar edim dushman,
Emdi bildim, bo'ri sen ekansan". Ushbu parcha qaysi asardan? .....................................................
10. "Dunyoning ishlari" qissasidagi "Iltijo" bobida qahramon onasining aytib bergan qaysi cho'pchagini eslaydi? ..................................................
11. Oybekning tarjima qilgan asarlari va ularning mualliflarini sanang. .....................................................................................................................
12. Qaysi asarda XX asrning boshlaridagi ko'hna Toshkentning g'ala-g'ovur ko'chalari tasviri uchraydi? ..................................................
13. "Bolaning ko'ngli podsho" hikoyasidagi bolaning ko'ziga hamisha quruq ko'rinadigan do'kon kimniki edi? ....................
14. "Shunday tartibsizliklar ro'y bera boshladiki, xalq kimning kim bilan urushayotganini aniq bilmas edi. Ammo afandiga o'xshab ko'chaga bosh suqib, janjalga aralashgan kishi choponidan, mol-holidan, ba'zan jonidan ayrilar edi". Ushbu parcha qaysi asardan? .............................................................
15. "Zulmat ichra nur" asarida kim Alisherni "Ko'zlari o'tkir, peshonasi keng, odam bo'ladur bu bola!" deb aytadi? ..................................................
16. "Metinday tanasiga chinorlar ham havas qiladigan" obraz qaysi asarda uchraydi?.......................................................
17. Qaysi ijodkor o'z asarida bolalik damlarini eslab, buvisining "Tohir va Zuhra", "Yoriltosh" kabi ertaklarni aytib berganini yozadi? ..................................................
18. "Uch og'a-ini botirlar" ertagida podshohga "Sizning davlatingiz podshohlik bilan topilgan, biz qo'l kuchi bilan tarbiya topganmiz. Elimiz bir bo'lsa ham, tarbiyamiz boshqa" deb kim aytadi? ..................................................
19. "Uch og'a-ini botirlar" ertagida aka-uka botirlarning safarda ko'rsatgan qahramonliklarini yozing. ...................................................................................................
20. "Uch og'a-ini botirlar" ertagida ota farzandlarini tarbiyalashda nimalarga amal qiladi? ..................................................................................................................................................
21. "Nonko'rlar" deya haqoratlangan hayvonlar qaysi asarda uchraydi? ............................................
22. Ezopning qaysi masalida "...ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho'kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o'n chandon og'ir mashaqqatlarni sabr ila yengadilar" degan xulosa bor? .....................................
23. Ezopning qaysi masalida, asosiy mazmun bilan birgalikda, hamma narsaga bir paytning o'zida erishaman deb, ochko'zlik qilmaslikka da'vat etiladi? ..................................................
24. Ezopning hasadgo'y dushmanlari uni qanday o'ldirishadi? ..................................................
25. Muhaddislik ilmiga hadislarni ishonchli va ishonarsizga ajratish uslubini kim joriy etgan? .........................................
26. Hadislarning birida Rasululloh (s.a.v): "Ikki narsadan o'zgasiga hasad qilmoq joiz ermas" deydilar. Bular qaysilar? ..................................................
27. Hadislarning birida Rasululloh (s.a.v) : "...ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz" deya ko'rsatkich va o'rta barmoqlarini juft qilib ko'rsatganlarida kimlarni nazarda tutganlar? ..................................................
28. "Hellados" asarida Yangulining otasining vatani qayer edi? ..................................................
29. "Nido" dostonida kimning akasi "Qo'ltiqtayog'i bor, Bir oyog'i yo'q" holatda urushdan qaytadi? ....................................
30. Qaysi asar yigirma yil avval urushda halok bo'lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi? ..................................................
5-sinf adabiyot. Yopiq test (davomi)
1. Qaysi ijodkor umrining oxirida “Yodgorlik” deb nomlangan she’riy to’plam tayyorlaydi? ..................................................
2. “….dostondek o’qiladi. Uni o’qib, o’z onalarimizni o’ylab ketamiz”. Ushbu fikr qaysi asarga nisbatan va kim tomonidan berilgan? .................................................
3. Hadisda keltirilishicha, “Alloh taolo nozil qilgan yo’l yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlar” qanday atalgan? ..................................................
4. Bobur o’zining qaysi ruboiysida o’zini dunyodagi eng baxtsiz odam deb hisoblaydi? ..................................................
5. Eski to’n kiygan darvesh haqidagi hikoyat qaysi asarda uchraydi? ..................................................
6. Abdulla Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” kitobi necha qismdan iborat? ..................................................
7.”…har kimni ham sinamasdan, aslini bilmasdan do’st deb o’ylash aqldan emas. Hushyorlik, ogohlik hech qachon odamga ziyon keltirmaydi” mazmunidagi xulosa qasyi hikoyatga tegishli? ..................................................
8. . Anvar Obidjonning ilk kitobi qaysi va u qachon chop etilgan? ..................................................
9. "Sayohatnoma" da "Oliy imorat joylari", "Mehmonsiz o'tkay oylari" deya ta'riflangan joy qaysi? ..................................................
10. "Mening ikkita qimmatli "asarim" bor: biri - o'g'lim, biri - qizim!"
Ushbu fikrlar qaysi ijodkorga tegishli? ..................................................
11. Mirkarim Osimning 1925-yilda yaratilgan bo'lsa-da, sho'ro hukumati uning o'z vaqtida e'lon qilinishiga yo'l qo'ymagan asari va uning janri qaysi qatorda ko'rsatilgan? ..................................................
12. "O'zlari qazigan chohga o'zlari tushgan" qahramonlar quyidagi berilgan qaysi asarda uchraydi? ..................................................
13. Soddaligi tufayli o'g'ri gumon qilinib, xon tomonidan qatl etilgan o'tinchi chol qaysi asarda uchraydi? ..................................................
14. "...va'da - ulug', muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va'dani buzmoq - og'ir gunoh". "Uch og'a-ini botirlar" ertagidagi ushbu parcha kimning nutqi? ..................................................
15. "Dunyoning ishlari" qissasining qaysi bobida "Ona - tabiatning eng buyuk ixtirosidir" degan fikr uchraydi? ..................................................
16. Nodar Dumbadzening qaysi asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og'ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o'xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan? ..................................................
17. Shamol guvlayveradi,
Qushlar sayrayveradi,
Daryolar shovullayveradi,
Baliq esa,
Hech qachon gapirmaydi,
Men baliq emasman.
Ushbu parcha qaysi ijodkorga tegishli? ..................................................
18. "Ustozning shoirga degani", "Tandir haqida ertak" she'rlari muallifi kim? ..................................................
19. "Hunar o'rganmoq haqida" hikoyati Sa'diyning qaysi asaridan keltirilgan? Unda hunar nimaga qiyoslanadi? ..................................................
20. Maqollar qaysi xususiyatiga ko'ra topishmoqlarga o'xshab ketadi? ..................................................
21. Qaysi adabiy janr mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib, savol-javob shaklida paydo bo'lgan? ..................................................
22. Kibr haqidagi hadisda ahli do'zax sifatida kimlar tilga olinadi? ..................................................
23. "Uch og'a-ini botirlar" ertagida ovqatdagi go'shtning it emib katta bo'lgan qo'zining go'shti ekanini kim aytadi? ..................................................
24. Mirtemirning qaysi she'rining biror joyida she'rga sarlavha qilib olingan so'z uchramaydi? ..................................................
25. Qaysi asar qahramonlariga nisbatan " Oralarida shunday muhabbat paydo bo'ldiki, bunga osmonning o'zi ham hasad qilardi" deya ta'rif berilgan? ..................................................
26. Muqimiy qaysi joyda xufton payti bir do'konga kirganida bir juvonning ashula aytishiga guvoh bo'ladi? ..................................................
27. O'ltarma, Do'rmoncha, Bo'rbaliq, Oq yer, Roshidon, Oltiariq, Chimyon, Vodil kabi joy nomlari Muqimiyning qaysi yo'nalishdagi sayohatnomasida uchraydi? ..................................................
28. Quyidagi adiblardan qaysi biri 1906-yildan chiqa boshlagan "Taraqqiy", "Xurshid" gazetalarids ishlab, "Shuhrat" gazetasini chiqarishga bosh-qosh bo'ladi? ..................................................
29. Nodar Dumbadzening insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulug'langan zamonaviy mavzudagi asarlari qaysilari? ..................................................
30. Oygul solingan sandiq daryoda qancha muddat oqadi? ..................................................
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling