Oilani asrang azizlar!
Kecha 9 iyun 2020 yil Sayxunobod tumani musiqa maktabida “Oila muqaddas dargoh” mavzusida Zirapcha loihasining eksperti Jamilaxon opa Shermuhammedova tomonidan juda ajoyib ma’ruza bo’lib o’tdi.
Ma’ruzada eng dolzarb mavzular haqida ya’ni “Oila eng muqaddas dargoh” ekanligi har bir narsa ana shu oiladan boshlanishi, buning uchun esa bajarilayotgan ishlarda sabr-toqat bilan erishish mumkinligi aytib o’tildi.
Bu yig’ilishda Sayxunobod tumanidagi barcha mahallalardan vakillar qatnashdilar. Shu jumladan otinoylardan Xalimaxon Mamadaliyeva, Masturaxon Azimova va Tursunoy Saydaliyevalar ham qatnashdilar. Ma’ruza juda qiziqarli va mazmunli o’tdi. Bu yig’ilish bizda kata ta’asurot qoldirdi. Shunga o’xshash qiziqarli ma’ruzalar o’tkazib turishlarini va yana qayta uchrashish niyatida opa bilan ko’rishguncha deb hayirlashdik.
Sayxunobod tumani Baxmalsoy mahallasi otinoyisi: T.Saydaliyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |