5-sinf biologiya test Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida qanday ma’lumotlar bor?


Download 16.63 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi16.63 Kb.
#1025683
Bog'liq
5-sinf 1-nazorat ishi



5-sinf biologiya test
1.Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida qanday ma’lumotlar bor? A) O’simlik va hayvonlarning tuzilishi, ularning hayot tarsi B)Ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga oid bilimlar C) O’simlik va hayvonot olamidan va turli moddalardan tayyorlanadigan dorilar D) Turli kasalliklar haqida 2.Botanika (I) va zoologiya (II) nima haqidagi fanlar? A) I-o’simliklar, II-hayvonlar B) I-o’simliklarni guruhlash II-hayotiy jarayonlar C) I-O’simliklar II-zamburug’lar D) I-zamburug’lar, II-hayvonlar 3. Zamburug’arni biologiyaning qaysi sohasi o’rganadi? A) Mikrobiologiya B) mikologiya C) zoologiya D) ekologiya 4.Tibbiyotda qaysi hayvon zaharidan foydalanish mumkin? A) ilon zahri, chayon zahri B) asalari zahri, qovoqari zahri C) asalari zahri, qoraqurt zahri va ilon zahri D) qoraqurt zahri, o’simlik zahri 5.Qaysi olim qalqonsimon bez faoliyatini o;rgangan? A) M.Valixonov B) J.Musayev C) J.Azimov D) Y.To’raqulov 6.Qaysi laboratoriya jihozi moddalarning xususiyatini o’rganish uchun ishlatiladi? A) Petri idish B) pipetka C) pinset D) probirka 7.Geterotrof usulda oziqlanadigan organizmlar qaysilar? 1.o’simliklar 2.zamburug’lar 3.ayrim bakteriyalar 4.hayvonlar 5.ko’pchilik bakteriyalar A) 2,4,5 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 3,4,5 8.Biologiyani o’rganishning qaysi usulida videokamera qo’yib o’rganish mumkin? A) taqqoslash B) tarixiy C) kuzatish D) tajriba 9.Ikkita organizm o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni topish qaysi usul orqali o’rganiladi? A) taqqoslash B) tarixiy C) kuzatish D) tajriba 10.Qaysi usulda organizm uchun qulay muhit yaratib beriladi? A) taqqoslash B) tarixiy C) kuzatish D) tajriba 11.Qo’l lupasi buyumlarni necha martagacha kattalashtiradi? A) 5-10 marta B) 2-20 marta C) 3-4 marta D) 10-20 marta 12.Qaysi hujayra kislorod tashishda ishtirok etadi? A) leykotsit B) nerv hujayrasi C) eritrotsit D) Loviyasimon hujayra 13.Prokariotlarga qaysi organizmlar misol bo’ladi? 1.hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar A) 4 va 5 B) 1,2 va 3 C) 3 va 4 D) 1 va 2 14.Qaysi organizmlarning yadrosi yaxshi shakllangan? 1.hayvon 2.o’simlik 3.zamburug’ 4.bakteriya 5.ko’k-yashil suvo’tlar A) 4 va 5 B) 1,2 va 3 C) 3 va 4 D) 1 va 2 15.Qaysi xususiyat faqat o’simlik hujayrasi uchun xos? A) sitoplazmatik membrane ustida selluloza qobiqning mavjudligi B) plastidalarning mavjudligi C) hujayra shirasi bilan to’lgan vakuolaning bo’lishi D) A,B, C javoblar to’g’ri
Download 16.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling