5-sinf Fan : Musiqa Sinf : Sana : Mavzu: xor jamoalarining tuzilishi va turlari
Download 68.54 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Darsda jihozi
- Yangi mavzu bayoni
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar berish va undan foydalanishni o’rgatish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar. Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi. Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash Darsga tayyorgarlik ko‘rish O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: Savol – javob o‘tkazish Topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni: Har qanday badiiy ijrochilik jamoasi o‘rnatilgan qonun-qoidalarga asoslangan holda tuziladi. Xor jamoalari ham qoidalarga muvofiq bir necha turga bo‘linadi. Faqat erkaklardan tuzilgan xor — erkaklar xori, faqat xotin-qizlardan tuzilgan xor — xotin-qizlar xori deb ataladi. Erkaklar va xotin-qizlardan tuzilgan xorga aralash xor deyiladi. Faqat bolalardan tuzilgan xor esa bolalar xori deb nomlanadi. Bolalar xori aralash xorda ham ishtirok etishi mumkin. Xor jamoalari xor asarini orkestr yoki cholg‘ular jo‘rligida ijro qiladilar. Cholg‘ular jo‘rligisiz, faqat o‘z ovozlarida kuylovchi xor jamoasi kapella deyiladi. Kapella ijrosi uchun yozilgan xor asari a’kapella deb ataladi. Xor qatnashchilarining soni 20—30 tadan boshlab, ayrim hollarda 1000 va undan ortiq kishi bo‘lishi ham mumkin. Kamer xor, Katta xor, Yig‘ma xor deb asosan xor qatnashchilarining soniga qarab aytiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. Xor jamoalarining tuzilishi, turlari haqida nimalarni bilasiz? Sahna madaniyati xor ijrochiligiga ham taalluqlimi? Tinglangan qo‘shiqlar qanday jamoalar ijrosida yozib olingan? «Aziz uztozlar»da qanday alteratsiya belgilari bor? Birgalikda kuylang. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________________________ Download 68.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling