5-sinf, III chorak Mavzu: Tovushlarning orttirilishi va tushib qolishi Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
tovushlarning orttirilishi va tushib qolishi.
5-sinf, III chorak Mavzu: Tovushlarning orttirilishi va tushib qolishi Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: tovushlarning orttirilishi va tushib qolishi yuzasidan ma’lumot berish, talaffuzdagi adabiy me’yor haqida tushanchalar hosil qilish; tarbiyaviy maqsad: o’zaro do’stona munosabat, hamkorlik tuyg’usini singdirish; rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish;
kartochkalari va mavjud texnik vositalar; Darsda foydalaniladigan usullar:”Aqliy hujum”,”Qizil va yashil kartochkalar”, “O’rgimchak to’g’ri” mashqi,”Sinkveyn” Dars da singdiriladigan lingvistik bilimlar : 1.Tovushlarning tushib qolishi. 2.Tovushlarning orttirilishi . Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashib,davomat aniqlanadi. Sinf tozaligi tekshiriladi. O’quvchilarning o’quv qurollari ko’rib chiqiladi. Dars musobaqa usulida
olib borilishi e’lon qilinib, ”Quvnoqlar”,”Zukkolar”,”Epchillilar” guruhlariga bo’linadilar va
o’z guruhlarining nomlarini izohlaydilar. (shu o’rinda o’quvchilarda umummadaniy, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi). 2. O’tilgan mavzuni so’rash va takrorlash. Uyga vazifa o’qituvchi tomonidan tekshiriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlovchi savollar beriladi. (“Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi)
talaffuz qiling.Ma’noda qanday o’zgarish ro’y berayotganini izohlang. 3 guruhga: Gap urg’usiga misol keltiring O’quvchilarning javoblari tinglanadi. Guruhlarning javoblari o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va faol o’quvchilar rag’batlantiriladi. SHundan so’ng sport haqida qisqa daqiqali filьm namoyish qilinadi. O’quvchilar filьmdan mantiqiy urg’uga mos misollar topib yozadilar. Quvnoqlar guruhi: O’zbek sportchilari O’zbekistonni butun dunyoga tanitdi .(butun dunyoga ) Zukkolar guruhi: Sport bilan shug’ullanish insonga salomatlik bag’ishlaydi. (salomatlik ) Epchillilar guruhi: Sportchilarimiz ko’zlaridagi chaqnab turgan o’t ularni yanada kurashga chorlaydi. (kurashga ) O’qituvchi o’quvchilarni kuzatib ,baholab boradi. (bu o’rinda o’quvchilarda kommunikativ, shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, axborot bilan ishlash va umummadaniy kompetentsiyalarning elementlari shakllantiriladi) O’tgan mavzu yuzasidan gap urg’usi haqidagi qoida esha olinib, slaydda monitor orqali ko’rsatiladi.
SHundan so’ng o’qituvchi urg’uning qanday ahamiyati borligini o’quvchilardan so’raydi. Гапда иштирок этаётган сўзлардан бирининг бошқаларига нисбатан кучлироқ талаффуз қилинишига гап урғуси ёки урғу дейилади. Масалан: Бувижоним сўзларини кутаман. (Yo’ldosh Sulaymon ) 1- o’quvchi: gap urg’usi nutqni ko’rkamlashtiradi. 2-o’quvchi: eshituvchiga yoqimli bo’ladi va zeriktirmaydi. 3-o’quvchi: so’zlashuv nutqida nutq ta’sir ohanligini oshiradi. 4-o’quvchi: gapda qo’shimcha ma’no (ta’kid,taajjub ) beradi. 3. Yangi mavzuning bayoni: Bu darsni tashkil qilishda o’qituvchi har bir tilda boshqa tillardan o’zlashgan ko’plab so’zlarning mavjud bo’lishni,bunday olinma so’zlar og’zaki nutqda o’zbek tilining qonun-qoidalariga bo’ysungan holida talaffuz qilinishini ,natijada bunday so’zlarda tovushlarning tushib qolishi hamda orttirilishi aytib o’tiladi.
muvofiq yoziladi. Talaffuzda yozuvda
2-topshiriqda so’zlarning aytilishida tushib qoladigan so’zlar kuzatiladi, lekin yozuvda qoidaga muvofiq yoziladi. talaffuzda yozuvda
Topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilarga ” Ofarin” (5 ball ) ,”Barakalla” (4 ball ), “Harakat qil”(3 ball )rag’bat kartochkalari beriladi.
ilim tabiat,doim, ilm do’s,kema, farzan do’st,kelma, farzand Rost (ros ),g’isht (g’ish ) kabi so’zlarning oxiridagi tovush talaffuzda tushib qoladi,ammo ular yozuvda saqlanadi. Oid, shoir so’zlarida esa ikki unli orasida talaffuzda y undoshi orttiriladi,lekin yozuvda asl holati saqlanadi.
459-mashq butun sinf o’quvchilariga mustaqil ish sifatida beriladi .Oldin bajargan o’quvchilar bahollanadi. Ularning javoblari quyidagi monitorda berilgan slayd asosida tekshiriladi. O’quvchilar avval talaffuzda aytilshini keyin esa imlo qoidasiga muvofiq yozilishini yozadilar. Talaffuzda tushib yoki orttirilgan qoidaga muvofiq yozilgan
SHundan so’ng telefondan matn eshittiriladi,guruhlar talaffuzda tushib qoladigan yoki orttiriladigan so’zlarni topadilar. Quvnoqlar Zukkolar Epchillilar oid shoid stakan diktant koinot
stol baland
soat stul
artist muallim
shkaf blan,istadion, birgada,qrov, brov,blyard. mlyon, brgalikda bilan,stadion,bri- gada,qirov,birov, bilyard,million.
o’zgarish adabiy me’yor sanaladi. dasht tabiat
karaxt 460-mashqda guruhlar so’zlarga egalik qo’shimchalarni qo’shadilar
I.SHaxs-singlim ko’nglim o’rnim II.shaxs-singling ko’ngling o’rning 3.shaxs- singli ko’ngli o’rni
Guruhlar bu mashq orqali singil,ko’ngil,o’rin kabi so’zlarga egalik hamda so’z yasovchi qo’shimchalarning qo’shilishi natijasida tovushlarning tushirilib qoldirilishi va buning imlo qoidalariga mos kelishini aytadilar.To’g’ri bajargan guruhlar rag’batlantiriladi.
yozadilar,gaplardan tovush hodisasi ro’y bergan so’zlarni topadilar ,ularning javoblari quyidagi slaydda monitor orqali namoyish etiladi.
2. Yangi mavzuni mustahkamlash Yangi mavzuni mustahkamlashda televizordan “Dunyo bo’ylab” ko’rsatuvidan yozib olingan videolavhalar qo’yiladi,o’quvchilar bu lavhalardan harflarning tushib va orttirilishiga hamda tovush o’zgarishiga misollar topib yozadilar.Bunda guruhlar o’zaro musobaqa uyushtiradilar.
Qornimga yig’layman ko’ngli oltovlon og’zidagin Biroq,sira,bilan,kifoya,kichik,kitob,kishan,Samarqand,Toshkent, Chimkent,Parkent
Epchillilar guruhi tovush o’zgaradigan so’zlar Berilgan topshiriqni to’g’ri bajargan guruhlarga rag’bat kartochkalari beriladi. SHundan so’ng magnitofon orqali turli mavzular bo’yicha maqol, ibratli so’z va badiiy asarlardan parchalar o’qiladi.O’quvchilar mavzuga mos gaplarni topib yozadilar. 1 guruh 1.Daraxtni yer ko’kartiradi, Odamni el ko’kartiradi ( tovush tushishi daraxt so’zi misolida ) 2.Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar ( tovush o’zgarishi bilagi so’zi misolida ) 2 guruh 1.Ko’ngli ochiqning qo’li ochiq, Qo’li ochiqning yo’li ochiq (tovush o’zgarishi ko’ngli so’zi misolida ) 2.G’isht qolipdan kochgan (tovush tushishi g’isht so’zi misolida ) 3 guruh 1.Muhammad Yusuf o’zbek xalqining ardoqli shoiri.(tovush orttirilishi shoir so’zi misolida ) 2.Alla, bolam, uxlay qola-a,alla, Quchog’imda orom ol, alla… (O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”qissasidan, bu yerda tovush o’zgarishi quchog’im so’zi misolida ) Keyingisi kompьyuterdan monitorda asarlardan, she’rlar va hikmatli so’zlardan parchalar namuna keltiriladi. O’quvchilar bu parchalar qaysi asardan ekanligi va unda qanday tovush hodisasi bo’lganligini aytishlari kerak.
1.Bor ekan, yo’q ekan,bir zamonda bir kishi bo’lgan ekan. Boy ham ,kambag’al ham emas ekan. Uning uchta o’g’li bor ekan, uchovi ham o’qigan ,oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday,o’zlari toyday, yomon bilan yurmagan,yomon joyda turmagan ekanlar. 2.Vatan,ardoqlading farzandlaringni, Farzandlar saqlaydi,sarhadlaringni. 3.Rejasiz ish- qolipsiz g’isht. 4.Farzand bo’lib maqtayman, SHu o’lka suvin ichdim, Xursand bo’lib maqtayman Dilband bo’lib maqtayman. Onajon O’zbekiston, Mehribon O’zbekiston. .5.O’zining mitti sayyorasidan zerikan Kichkina shahzoda qushlar bilan koinot bo’ylab sayr etishga qaror qiladi. 6.Yigitlikda yig’ ilmning mag’zini. Qarilik chog’i xarj qil oni. 1-o’quvchi: “ Uch og’a-ini botirlar” eratagidan.Bu yerda qoidaga muvofiq tovush tushirilgan,o’g’li so’zi misolida. 2-o’quvchi: Jumaniyoz Jabborov she’ridan.Bu yerda tovush tushishi ro’y bergan,farzand so’zi misolida. 3-o’quvchi: Maqol,bu yerda tovush tushishi ro’y bergan, g’isht so’zi misolida 4-o’quvchi:Po’lat Mo’min she’ridan.Bu yerda tovush tushishi ro’y bergan,farzand,dilband,xursand so’zlari misolida. 5-o’quvchi: Antuan De Sent-Ekzyuperi “Kichkina SHahzoda”asaridan. Bu yerda tovush orttirilishi ro’y bergan, koinot so’zi misolida. 6-o’quvchi:Navoiy .Bu yerda tovush o’zgarishi ro’y bergan . Mag’zi so’zi misolida.
Javoblarni to’g’ri topgan o’quvchilar, o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi. O’quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklida ishlashda “Qizil va yashil kartochkalar metodi”ni qo’llash nihoyatda qulay. Qizil kartochkalar va yashil kartochkalar orqasiga savol mohiyatini yorituvchi harf skotch bilan berkitiladi. Har bir kartochkaga savollar yoziladi. Qizil kartochkalarga talaffuzda tushib qoladigan, yashil kartochkalarga talaffuzda orttiriladigan so’zlar qo’yiladi, o’quvchilar esa buni topishlari kerak. Masalan:
Bu metod shu tariqa davom etadi va qaysi guruh g’olib bo’lgani aniqlanadi. So’ngra“Sinkveyn” o’yini o’tkaziladi. Bu o’yin o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda qulay usuldir. Sinkveyn- frantsuzcha so’z bo’lib “besh” degan ma’noni anglatadi. Bu usul qatorlar usuli bo’lib besh qatordan iborat. Har bir qatorga yozilgan so’zlar bitta gap hisoblanib u keng ma’noni o’zida qamrab oladi.
2-qator:Xalq maqollari 3-qator:Xalq tafakkurinig qaymog’idir 4-qator:Inson nutqining jilosi 5-qator:Ibrat Mustahkamlash qismida “O’rgimchak to’ri” mashqi ham o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar jamoa bo’lib ishtirok etadilar.Birinchi o’quvchi tovush tushishiga so’z aytib,ipning uchini ikkinchi o’quvchiga beradi,u esa tovush orttishiga so’z aytadi.SHu tariqa o’quvchiar aylana tarzida o’rgimchak to’ri hosil qiladi.
1-o’quvchi 2-o’quvchi 3-o’quvchi 4-o’quvchi 5-o’quvchi 6-o’quvchi 7-o’quvchi 8-o’quvchi O’rgimchak to’ri yasashda o’quvchilar qiziqishi kuchli ekanligi kuzatiladi. Bunday o’yinlar darsni aniq va ravshan tushunishga yordam beradi. 4.O’quvchilar bilimini baholash. Sinf o’quvchilari, guruhlar va faol qatnashgan har bir o’quvchi rag’batlantirilib baholanadi.
G. Ziyodullayeva Respublika ta’lim markazi filologiya fanlari bo`limi bosh metodisti Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling