MS Word dasturida yangi ochilgan faylni saqlash qanday amalga oshiriladi?
“Файл→Сохранить как” yoki “Файл→Сохранить” va Standart uskunalar paneladagi -saqlash tugmasini bosish orqali
Matning belginangan biror qismi qanday nomlanadi?
Blok
Elektron hujjatlarda Shrift nima?
Alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko’rinishi.Shriftlar bir biridan yozuv shakli, chizmasi ko’rinishi,o’lchami bilan farq qiladi
Elektron hujjatlarda so’z nima/
Belgilar ketma-ketligi bo’lib,ular bir-biridan probel,nuqta,qavs,vergul,tire,uzun tire yoki qo’shtirtoq belgisi bilan ajralib turadi
Elektron hujjatlarda satr nima?
Bitta chiziqda yozilgan so’zlar,harflar yoki belgilar ketma-ketligi
Elektron hujjatlarda hoshiya nima?
Sahifa chetidagi toza saqlangan qism
Elektron hujjatlarda bosh satr nima?
Hoshiyadan o’ng yoki chap tomonga chekinishi bilan boshlanuvchi birinchi satr
Elektron hujjatlarda abzats nima?
Bosh satri bo’lgan satrlar ketma-ketligi Yangi abzatsga o’tish uchun Enter tugmasi bosiladi
Elektron hujjatlarda matn nima?
Abzatslar to’plami
Elektron hujjatlarda fragment nima?
Matnning bir bo’lagi
Sahifa nima?
Kitob yoki daftar varaqining bir tomoni.Matn prosessorida sahifa bir bosma qog’oziga mos keladi
Elektron hujjatlarda format nima?
O’lcham,shrift shakli,chizma ko’rinishi, intervalni aniqlash yoki ko’rinish berish
MS Word dasturida hujjatni to’liq belgilash(ajratish) klaviatura yordamida qanday amalga oshiriladi?
Klaviatturaning Ctrl+A tugmalarini birgalikda bosish orqali
MS Word dasturida hujjatni to’liq belgilash sichqoncha yordamida qanday amalga oshiriladi?
Sichqoncha ko’rsatkichini biror satr hoshiyaga olib borilib chap tugmachasini uch marta bosiladi
MS Word dasturida biror so’zni belgilash sichqoncha yordamida qanday amalga oshiriladi?
Yuritgich(kursor) so’z ustiga olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |