5-sinf muqaddima
Download 241.5 Kb.
|
5-sinf savol-javob va savollar
BARG.
l."Quyosh, hayot va xlorofil" asari muallifi?------A.Timiryazev. 2. 30-40 yillik shirinmiya yoz davomida qancha suv bug'latadi?------500-600 litr. 3.BandIi barglarga 9-ta misol keltiring?-----Olma, o'rik, nok, terak, yong'oq, anjir, tok, bodring, qovun. 4.Bandsiz barglar poyaga qanday birikadi?-----Yaproqning ostki qismi bilan. 5.Bandsiz barglarga 9-ta misol keltiring?-----Lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug'doy, makkajo'xori, arpa, sholi. 6.Barg bandi yo’q bo’lgan o’simliklar?------Saksovul. 7.Barg bandida bir nechta barg joylashsa nima deb ataladi?-----Murakkab barg. 8.Barg bandida bittta barg joylashsa nima deb ataladi?------Oddiy barg. 9.Barg qanday to’kiladi?------Barg bandining novdaga birikkkan joyida po’kak hosil bo’ladi. 10.Barg qanday qismlardan tashkil topgan?------Barg bandi va yaprog’idan. 11.Barg shakllalariga 6-ta misol?-----Yumaloq,panjasimon,tuxumsimon,ovalsimimon,yuraksimon,nashtarsimon. 12.Barg to’kish b-n qishga tayyorlanish nima deyiladi?-----Xazonrezgilik. 13.Bar tomirlaridagi naylar qanday hujayralardan tashkil topgan?------O’lik hujayralardan. 14.Barglar barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’lsa?----Juft patsimon. 15.Barg bandi novdada navbat b-n joylashgan barglarga 10-ta misol?------G’oza,tok,pomidor,olma,o’rik,terak,tut,atirgul,oqqquray,do’lana. 16.Bargi qipiqsimonbo’lgan o’simlik?---Saksovul. 17.Bargining uzunligi 2 mm keladigan o’simlik?---Saksovul. 18.Bargining uzunligi 50-70 smdan bir metrgacha yetadigan o’simliklar?------Rovoch,ojud,kovrak. 19.Bargga mustahkamlik beruvchi qism?-----Barg tomirlari. 20.Barglari o’yilgan o’simliklar?-----Tok,g’o’za,tut,anjir. 21.Barglari qishda ham saqlanib qoladigan o’simliklar?-----Quluynoy,archa,qarag’ay,qorag’arag’ay. 22.Barglari yaxlit bo’lgan o’simliklar3-ta misol?-----Olma,o’rik,gilos. 23.Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardaqn tashkil topgan?------Qoplovchi,asosiy,o’tkazuvchi,mehanik. 24.Bargning plastidalari joylashgan hujayralari qanday shaklda bo’ladi?-----Loviyasimon. 25.Bargning qaysi hujayralari shaffof bo’ladi?-----Po’sti. 26.Bargning ustunchalarga o’xshash hujayralari qayerda joylashgan?-----Ustki po’st tagida. 27.Bargning ustunchaga o’xshash cho’ziq hujayralar tagida qanday hujayralar joylashgan?-----Ovalsimon,yumaloq. 28.Bir juft makkajo’xori yoz davomida qancha suv bu’glatadi?-----200 litr. 29.Fotosintez so’zining ma’nosi?----Yorug’likni qo’shish va birlashtirish. 30.G’o’za yozdavomida qancha suv bug’latadi?----O’z vaznidan 500-600 hissa ko’p. 31.Ikki karra patsimon bargi bo’lgan o’simlik?-----Shoyi akatsiya,totim. 32.Ikki urug’pallali o’simliklarning bargini ko’rinishi qanday shaklda bo’ladi?-----Panjasimon yoki patsimon (to’rsimon) tomirlangan. 33.Juft patsimon bargga ega bo’lgan o’simlik?----Yeryong’oq. 34.Murakkab barglar qanday xillarga bo’linadi?---Uch bargchali,panjasimon,toq va juft patsimon. 35.Murakkab bargga 7-ta misol?----Shirinmiya,beda,yong’oq,na’matak,loviya,no’xot,yeryong’oq. 36.Novdalarda barglar qanday joylashadi?-----Navbat,qarama-qarshi,halqasimon. 37.Novdada barglari halqasimon joylashgan o’simliklar?----Sambitgul,qirqbo’g’im,qumrio’t. 38.Novdada barglari qarama-qarshi joylashgan 10-ta misol?-----Rayhon,yalpiz,chinnigul,ligusturum,nastarin,dalachoy,kiyiko’t,mavrak,gazanda,kampirchopon. 39.O’simlik turiga qarab barglar qanday xillarga bo’linadi?-----Tukli va tuksiz. 40.O’simliklarda yorug’lik va harorat yetishmasa qanday jarayon kuzatiladi?-----Xlorofill yemiriladi. 41.O’simlikning organik modda hosil qiluvchi,suvni bug’latuvchi va nafas oluvchi asosiy organi bu.?---Barg. 42.O’simlik barglari tuzilishiga ko’ra?------Oddiy va murakkab. 43.O’simlik turiga qarab barglarning qanday xillari bor?-----Tukli va tuksiz. 44.O’simliklarga yorug’lik va harorat yetishmasa qanday jarayon kuzatiladi?-------Xlorofill yemiriladi. 45.Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra?----Patsimon,panjasimon,uch bo’lakli. 46.Oddiy barglarga 6 ta misol?----Olma,o’rik,nok,shaftoli,tut,tok. 47.Panjasimon bargli o’simlik?------Soxta kashtan. 48.Qaysi o’simlikning bargi tikanga aylanagan?----Kaktus. 49.Qaysi oila vakillarining barglari ildiz bo’g’zida joylashgan?-----Qoqidoshlar va ziradoshlar. 50.Qoqidoshlar va ziradoshlar oilalari vakillarining barglari uzunligi?----50-60 sm. 51.Soyasevar o’simliklar?---Xina,binafsha,yovvoyi qulupnay. 52.Suvni kam bug’latish u-n yoz oylarida barglarini to’kib yuboradigan o’simliklar?-----Shuvoq ,qorabayalich 53.To’pbarglar qaysi oila vakillarida uchraydi?------Qoqidoshlar va ziradoshlar. 54.Toq bargchalari o’rnida gajaklar hosil qiladigan o’simliklar?----No’xot va burchoq. 55.Toq patsimon bargli o’siimlik?----Shirinmiya 57.Yorug’sevar o’simliklar?-----G’o’za,kungaboqar,kartoshka,pomidor,yantoq. Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling