5-sinf muqaddima
Download 241.5 Kb.
|
5-sinf savol-javob va savollar
POYA.
I .Avstraliyadagi evkaliptlarning bo'yi?-----150 (155) metr. 2.Bahorda barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadigan o'simliklar?-----Terak, chinor, tut, jiyda, atirgul, na'matak. 3.Bahorda dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib, so'ngra barg kurtaklaridan barg chiqadigan o'simliklar?------O'rik, bodom, olxo'ri, olcha, shaftoli. 4.Bargli poya?-------Jiyda, do'lana. 5.Besh yoshli archaning bo'yi?-----10-15 sm. 6.Bir yoz davomida 10 metrgacha o'sadigan poya?-----Tok. 7.Daraxt poyasi nima deb ataladi?----Tana. S.Elaksimon naychalar qayerda joylashgan?------Lub tolalari orasida. 9.Faza nima?------Kurtaklarning bo'rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma'lum bir vaqt ichida o'tishi. 10.G'umayning bargi qanday shaklda bo'ladi?-----Qalami nashtarsimon. . 11.G’umay poyasining balandligi?-----50-150 sm. l2.Ildizpoyali o'simliklar?-----G'umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar, shirinmiya. 13.Ipsimon poya?----Pechak. 14.Kaliforniyadagi sekvayadendronning bo'yi?------130-135 (142) metr. 15.Kalta poya?-----Piyoz. 16.Kartoshka tuganagida shakar qaysi moddaga aylanadi?-------Kraxmalga. 17.Ko'tarilib o'suvchi poya?------Sebarga. l8.Ksilema qavatidan oldin qaysi qavat joylashgan?-----Kambiy. l9.Kurtagi nisbatan mayda bo'lgan o'simliklar?-----Tut, tol, qayrag'och, o'rik,olma. 20.Kurtagi nisbatan yirik bo'lgan o'simliklar?-------Terak, chinor, soxta kashtan,nastarin. 21.Kurtak bu?-----Boshlang'ich novda. 22.Kurtaklar qanday xillarga bo'linadi?-----Mayda, yirik, turli. 23.Lub qavatidan keyin qaysi qavat joylashgan?------Kambiy. 24.Mirzaterakning balandligi?------20-25 metr. 25.Novda qanday qismlardan tuzilgan?------Kurtaklar, bo'g'im oralig'i, bo'g'im, poya. 26.O'raluvchi poya?------Qo'ypechak, karnaygul. 27.O'rmalovchi poya?------Qulupnay, g'ozpanja. 28.O'simlik ustuni nima?------Poya. 29.O't o'simliklarning tanasi nima deb ataladi?--------Poya. 30.O'zb-da nisbatan sekin o'sadigan daraxtlar?------Nok, do'lana, qatrong'i, pista. 31.O'zb-da tez o'sadigan daraxtlar?-----Tol, terak, chinor, yong'oq, gilos. 32.Organik moddalarning o'simlik bo'ylab harakatlanishida qaysi qavat muhim rol o'ynaydi?-----Lub qavati. 33.Po'st ostidagi qavat?-----Lub yoki floema. 34.Po'stning po'kaklashishidan nima hosil bo'ladi?-----Po'stloq. 35.Poya deb nimaga aytiladi?------O'simlikning yer usti organlarini o'zaro bog'labularni ildiz bilan bog'lovchi tayanch organ. 36.Poyaning ko'ndalang kesimini tartib bilan ko'rsating?-----Lub(floema)—kambiy—yog'ochlik(ksilema)—o'zak. 37.Poyaning qaysi hujayralari doimo bo'linib turadi?-------O'sish konusidagi hujayralar. 38.Poyaning qaysi qavati floema deb ataladi?----Lub. 39.Qanotli poya?------Burchoq. 40.Qattiq poyalar-----Qayrag'och, zarang, saksovul, yulg'un, yong'oq, eman, o'rik. 41.Qaysi o'simlik poyasida bir yilda bir nechta halqa hosil bo'ladi?------Saksovul. 42.Qaysi o'simliklarda lub tolalari kuchli rivojlangan?------Kanop, zig'ir. 43.Qipiqsimon bargli poya?-----Saksovul, qandim. 44.Rotang palmasi qayerda o'sadi?------Janubiy Osiyoning tropik o'rmonlarida. 45.Rotang palmasining balandligi?-----400 metr. 46.Sekvayadendronning pastki qismi yo'g'onligi qancha?------46 metr. 47.Shakli o'zgargan yer osti poyalarga qaysilar kiradi?------Piyozbosh, tugunak, ildizpoyalar. 48.Shoxlanmagan poya?-------Palma. 49.Tanasi sekin o'sadigan daraxtlar?------Nok, shamshod, archa. 50.Tanasi tez yo'g'onlashadigan daraxtlar?------Tol, terak, chinor, yong'oq, shotut. 51.To'rt qirrali poya?------Rayxon. 52.Tuganaklami ko'rsating?------Kartoshka, batat, shoyigul. 53.Tugunak kurtaklari qayerda joylashgan?--------Tugunakdagi chuqurchalarda. 54.Uch qirrali poya?------Xilol. 55.Yo'g'onligi 10-11 m gacha boradigan poya?-----Chinor, yong'oq. 56.Yog'ochlar qanday turlarga bo'linadi?------Qattiq, yumshoq, og'ir, yengil. 57.Yog'ochligi yumshoq daraxtlar?-----Tol, terak, jiyda. 58.Yoyilib yoki palak otib o'suvchi poya?------Qovoq, qovun, tarvuz, bodring, temirtikan. Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling