5-sinf ona tili va adabiyot 1-variant til haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang
Download 340 Kb.
|
manitoring ona tili va adabiyoti monitoring tayyor 5- sinf
5. Fe’l + fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping.
A) quvonib keldi, shoshilib qo‘ydi B) sotib yubormoq, o‘ylab qolmoq C) isib ketdi, yozib bordi D) olib qochmoq, ishlab chiqarmoq 6. Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro asosdosh so‘zlar sanaladi? A) ilmli, ilmsiz B) sog‘inmoq, sog‘aymoq C) tushlik, tushkun D) kuldon, kulgi 7. Qaysi gap tarkibida hozirgi va kelasi zamon sifatdoshi qatnashgan? A) Endigina ko‘tarilib kelayotgan oy sarg‘ish nurlar sochib,tun qo‘ynida mudrayotgan pastqam uylarning tomlarini, daraxtlarning yalang‘och novdalarini yoritib turardi. B) Chuqur ariqdan toyimni sug‘orib chiqayotganimda bir to‘da uloqchi-chavandozlar keyingi bo‘ladigan poygada qaysi chavondozlar qatnashishini so‘rashdi. C) Jimirlab oqayotgan daryo bo‘yiga borib, yuz-qo‘llarini yuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi. D) Mana endi, Sobirjon o‘g‘lim, ishlab, ro‘zg‘orga qarashadigan vaqtingiz bo‘ldi. 8. Qaysi gapda yubormoq fe’li ko‘makchi fe’l bo‘lib kelmagan? A) Shunda ho‘kiz shoxini yog‘layotgan xojayinini suzib yuboribdi. B) Ular yerni kovlab kirolmabdilar, lekin bir zumda allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar. C) Bu gal sovchilikka onasini emas, balki xolasini yuboribdi. D) Otashkurak xo‘rozga tegib, uni bir necha marotaba yumalatib yuboribdi. 9. “Oyoq- qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim…Axir kissa – karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul –ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin…” “Shum bola” qissasida shum bolaga ushbu gaplarni aytib uni qing‘ir yo‘lga boshlagan obraz kim edi? A) Eshon B) Hoji bobo C) Uzumchi D) Boy 10. Turob To‘laning zamondosh o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyondalariga bag‘ishlangan asarlari berilgan qatorni aniqlang? A) “Tabassum”, “Oftob nayzada” B) “Kamalak”, “Nafosat” C) “Qanotlon qo‘shiqlarim”, “Oromijon” D) “Oftob nayzada”, “Nafosat” 11. Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» romaniga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Hoshimjon biroz ishlab pul topish uchun uyini tashlab ketib qoladi. B) Hoshimjon brigadalarning birida kompost bilan kompotning farqiga bormasdan rosa izza bo‘ladi. C) Dono va Oysha Hoshimjonning singillari bo‘ladi. D) Hoshimjon o‘zi va do‘sti Qosimga yettita fandan choraklik chiqarib qo‘yganligini avval ona tili, keyin fizika o‘qituvchisi bilib qoladi. 12. A.Qahhorning birinchi qissasi qanday nomlangan? J:_________________________________________ 13.Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar qaysi? J:_________________________________________ 14. Bu suratlar ham juda g'alati, ularning aksariyati charm palto kiyib, bellariga qilich va to'pponcha taqib olgan harbiy, ba’zilari esa ot o‘ynatgan, qizil alvon ko'tarib dushman sari ot surib ketayotgan mard-u maydonlar bo‘lsa ham, negadir barchasining ko'zlari o‘yib olingan yoki ko‘zlariga ko‘k siyoh tortilgan edi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J:________________________________________ 15. Janni Rodarining birinchi to‘plamining nomini yozing. J:_________________________________________ 7-sinf ona tili va adabiyoti 1. Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. Ushbu gapda olmoshning nechta ma’no turiga oid so‘zlar qatnashgan? A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 2. Qaysi javobda so‘roq olmoshi qatnashgan? A) Toshkentning allaqayerlarida hashamatli binolar qad rostlamoqda. Download 340 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling