5 –sinf savol javob


Rizoid nima?:- yunoncha ildizga o‘xshash degan ma’noni anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o‘xshaydi. 204


Download 90.1 Kb.
bet18/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

203.Rizoid nima?:- yunoncha ildizga o‘xshash degan ma’noni anglatadi, tuzilishi bo‘yicha ildiz tukchalariga o‘xshaydi.
204.Ulotriks qanday sharoitda qaysi usul bilan ko`pyadi?:-qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko‘payadi.
205.Ulotriks jinssiz ko‘payganda nima hosil qiladi?:- to‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi.
206.Ulotriks atrofga qanday tarqaladi?:- jinssiz ko‘payganda to‘rt xivchinli zoospora hosil qiladi shu zoosporalar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o‘rnashadi. Undan yangi ulotriks ipi o‘sib chiqadi.
207.Ulotriksni jinsiy ko`payishi qanday amalga oshadi?:-Jinsiy ko‘payishida ikki xivchinli izogametalar hosil qiladi bir-biriga o‘xshaydigan izogametalar ikkitasi qo‘shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin po‘st bilan o‘ralib tinim davrini o‘taydi. Qulay sharoitda to‘rtta hujayraga bo‘linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi.
208.Spirogira qanday o`simlik?:- Xromatofori spiralsimon buralgan rizoidsiz ko‘p hujayrali suvo‘t bo`lib tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o‘ralgan.
209.Spirogira chuchuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo‘tlar bilan birga nima hosil qiladi?:-«baqa to‘nlarni» hosil qiladi. 210.Spirogira qanday ko`payadi?:- baliq va baqalarning harakati, suv oqimi ta’sirida tallomining bo‘laklarga bo‘linishi natijasida ko‘payadi.
211.Xlamidomonada hujayrasi qanday qismlardan iborat?:-1-xivchin; 2-qizil ko‘zcha; 3-hujayra qobig‘i; 4-xromatofor; 5-yadro; 6– sitoplazma; 7– qisqaruvchi vakuol.
212.Porfiraga ta`rif bering?:-qizil suvo‘t bo‘lib, tallomi bir qavat hujayralardan iborat. Keng, chetlari kungurador qattanasining uzunligi bir metrdan oshadi. Rizoidi yordamida suv ostiga birikib o‘sadi. Dengizda uchraydi. Xromatoforida xlorofill pigmentidan tashqari qizil rang beruvchi antotsian pigmenti ham bo‘ladi. Iste’mol qilinganligi sababli «dengiz salati» deb ataladi.
213.Laminariyaga ta`rif bering?:- ko‘p hujayrali qo‘ng‘ir suvo‘ti bo‘lib, asosan, dengizda uchraydi. Suvo‘tning tanasi tasmasimon, rizoidi bilan suv tubiga birikib turadi. Tarkibida yod moddasi ko‘p uchraydi. Iste’mol qilingani uchun «dengiz karami» deb ham ataladi.
214.Suvo‘tlarni tabiatda qanday axamiyati bor?:- fotosintez qilishi tufayli suvni O2 bilan ta’minlaydi, suv jonivorlari uchun ozuqa bo`ladi. Xlorella va xlamidomonadadan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling