5 –sinf savol javob


Odamlar foydali zamburug‘lardan ko‘proq nima maqsadda foydalanadilar?:- oziq-ovqat sanoatida foydalanadilar. 158


Download 90.1 Kb.
bet14/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

157.Odamlar foydali zamburug‘lardan ko‘proq nima maqsadda foydalanadilar?:- oziq-ovqat sanoatida foydalanadilar.
158. Odamlar zararli zamburug‘larga nima uchun qarshi kurashish usullarini ishlab chiqishadi?:- o‘simliklarni himoya qiladilar.
159.O‘simliklar dunyosi hayvonot dunyosidan asosiy farqi nima?:- tuproqqa birikib o‘sadi.
160.O‘simliklar oziqlanish jarayonida atmosferadan nimani o`zlashtirib nima ajratadi va qanday modda hosil qiladi?:- CO2 ni o‘zlashtirib, C6H12O6 hosil qiladi va O2 ajratadi.
161.Barcha tirik organizmlar kabi o‘simliklar ham nafas oladi o`simliklardagi nafas olish jarayoni bilan oziqlanish jarayonini qanday farqi bor ?:- oziqlanish jarayonida CO2 ni o`zlashtirib O2 ajratadi C6H12O6 hosil qiladi,nafas olish jarayonida esa atmosferadan O2 yutib, CO2 ajratadi hamda fotosintez natijasida hosil bo`lgan organik moddalarni ma`lum qismi parchalanadi.
162.O‘simliklar tanasi qanday organlardan iborat?:- vegetativ va generativ organlardan iborat.
163.O‘simliklarning vegetativ organlari qanday vazifalarni bajaradi va vegitativ organlarga qaysilar kiradi?:- o‘simlikning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, ularga ildiz, poya, barg kiradi.
164. O‘simliklarning generativ organlari qanday vazifalarni bajaradi va generativ organlarga qaysilar kiradi?:- ko‘payishi, tarqalishini ta’minlaydi, ularga gul, meva, urug‘ kiradi.
165.Organlar to‘qimalardan iborat bo`lib o`simliklarda qanday to`qimalar mavjud?:- qoplovchi, asosiy, mexanik, o‘tkazuvchi, hosil qiluvchi, ajratuvchi to‘qimalar kiradi.
166.O‘simliklarning tabiatdagi ahamiyati qanday?:- fotosintez tufayli atmosferaga kislorod ajratadi; produtsent organizm, ya’ni organik modda hosil qiladi; ozuqa zanjirining asosiy qismini tashkil etadi, o‘simlikxo‘r organizmlar uchun oziq bo‘ladi; suv bug‘latish orqali havoni namlantirib turadi.
167.O‘simliklarning inson faoliyatidagi ahamiyati qanday?:- kislorod manbai hisoblanadi (barcha yashil o‘simliklar); oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi (olma, o‘rik, yong‘oq va hokazolar); dori-darmon sifatida foydalaniladi (yalpiz, na’matak, shirinmiya va hokazolar); chorva mollari uchun yem-xashak hisoblanadi (beda, sebarga, shuvoq va hokazolar); manzarali va xona o‘simligi sifatida o‘stiriladi (fikus, kaktus va hokazolar); qurilish va sanoat xomashyosi (yog‘och, paxta va kanop).

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling