5 –sinf savol javob
Zamburug‘larni qaysi fan o`rganadi?:-mikologiya fani o‘rganadi. 132
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
131. Zamburug‘larni qaysi fan o`rganadi?:-mikologiya fani o‘rganadi.
132.Zamburug‘lar dunyosi ilgari qaysi dunyoga biriktirilgan edi?:- ilgari o‘simliklar dunyosiga kiritilar edi. 133. Zamburug‘larning bakteriyalardan farqi nimada?:- eukariot organizm hisoblanadi. 134.Zamburug‘larni o‘simliklar va hayvonlarga o`xshash tarafi nimada?:- erkin harakatlana olmaydi, hayvonlarga o‘xshab geterotrof oziqlanadi. 135.Zamburug‘lar yashashi uchun qanday omillar zarur qanday omillar shart emas?:-ozuqa, harorat va namlik yetarli bo‘lishi kerak, yorug‘lik bo‘lishi shart emas. 136.Zamburug‘larning qanday turlari mavjud?:- 1) achitqi zamburug‘i ; 2) mog‘or zamburug‘i ; 3) qalpoqchali zamburug‘i; 4) parazit zamburug‘lar 137.Achitqi zamburug‘i qanday organizm va nimada foydalaniladi?:- ovalsimon shakldagi, bir hujayrali organizm bo‘lib, ulardan non yopishda foydalaniladi. 138.Achitqi zamburug`lari qanday holatda sovdoga chiqariladi?:-Taxtakachlab, zichlangan ko‘rinishda yoki quritilib, havosi so‘rib olingan paketchalarda xamirturush ko‘rinishida savdoga chiqariladi. 139.Xamirturush qanday muxitda qanday yo`l bilan ko`payadi?:-shakarli iliq suvga solinsa, achitqi zamburug‘lari kurtaklanib ko‘payadi. 140.Xamir tayyorlashda achitqining qanday axamiyati bor?:- Xamir tayyorlash jarayonida achitqi qo‘shilsa, ma’lum vaqtdan keyin xamir ko‘tarilib, oshadi. Oshma xamirdan tayyorlangan un mahsulotlari yumshoq va g‘ovak bo‘ladi. 141.Agar non bir necha kun selofan paket ichida qolib ketsa nima sodir bo`ladi?:- mog‘or bosadi. 142.Selofan paket ichiga mog`or zmburug`i qanday paydo bo`ladi?:-Atrofimizdagi havoda mog‘or zamburug‘ining sporalari doimiy uchib yuradi. Non ochiq holda turganda uning yuzasiga sporalar o‘tiradi, selofan paketcha ichiga joylaganimizda mog‘or zamburug‘i uchun qulay sharoit tug‘iladi. Sporadan mog‘or zamburug‘ining tanasi rivojlanadi. 143.Mogor zamburug`ining sporalar yetilgach sporangiy qanday rannga kiradi?:- yashil yoki qoramtir rangga kiradi va sporangiy yorilib, ichidagi minglab sporalarni atrofga sochadi. 144.Mog‘or zamburug‘i un maxsulotlariga va insonga qanday ta`siri bor?:-nonning sifatini buzadi, undan ajralgan toksinlar odamning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling