5 –sinf savol javob


Hayvonot dunyosiga ta`rif bering?:-Ular erkin harakatlana oladigan eukariot organizmlar bo‘lib, oziqlanishi geterotrof usulda amalga oshadi. 96


Download 90.1 Kb.
bet9/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

95.Hayvonot dunyosiga ta`rif bering?:-Ular erkin harakatlana oladigan eukariot organizmlar bo‘lib, oziqlanishi geterotrof usulda amalga oshadi.
96.Ko‘p hujayrali hayvonlar nimalari bilan boshqa organizmlardan farq qiladi?:-nerv sistemasi va sezgi organlari (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish)ning mavjudligi bilan boshqa tirik organizmlardan farq qiladi.
97.Hayvonlar nerv sistemasi va sezgi organlarining qanday axamyati bor?:- nerv sistemasi va sezgi organlari yordamida tashqi muhitdan kelayotgan ma’lumotni qabul qiladi va unga javob qaytaradi.
98.Organik olamda yana shunday mavjudotlar borki, ular mustaqil yashay olmaydi bunday hayot shakllari nima deyiladi?:- viruslar deyiladi.
99.Viruslar hayotning qanday shakillari?:-Viruslar hayotning hujayrasiz shakli bo‘lib, jonsiz va jonli tabiat o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi.
100.Nima uchun viruslar jonsiz va jonli tabiat o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi deyiladi ?:-Chunki viruslar faqat hujayra ichiga kirgandagina tirik organizmlarga o‘xshash belgilarni namoyon qiladi, ya’ni ko‘payadi. Hujayradan tashqarida tiriklikka xos belgilarni namoyon qilmaydi.
101.Viruslar hujayra ichiga kirib hujayraga qanday ta`sir ko`rsatadi?:- hujayraning ozuqa moddasi hisobiga ko‘payadi va hujayrani nobud qiladi lekin viruslar hamma hujayraga ham ta’sir qilavermaydi.
102.Qaysi viruslar qaysi organlarda parazitlik qiladi?:-Gepatit A va B virusi jigar hujayralarida, gripp va koronavirus nafas yo‘llarining shilliq qavatida, gerpes virusi lab epiteliysida parazitlik qiladi. Bakteriyalarda bakteriofag, o‘simliklarda tamaki mozaikasi virusi, hayvonlarda quturish virusi parazitlik qiladi.
103.Viruslar odamdalarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?:- gripp, gepatit, ensefalit, OITS va boshqa kasalliklarini keltirib chiqaradi.
104.Virusli kasalliklarning eng keng tarqalgan turi qaysi va qanday belgilar kuzatiladi hamda qanday choralar ko`rish kerak ?:-gripp bo‘lib, uning dastlabki belgilari haroratning ko‘tarilishi, ishtahaning pasayishi, lanjlik, umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Bunday paytda bemorga ko‘p suyuqlik ichirish va shifokorga murojaat qilish zarur bo‘ladi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling