5 –sinf savol javob


Bakteriyalar qanday organizmlar?:-ko‘zga ko‘rinmas, kichik organizmlar bo‘lib, ularni mikroskop yordamida kuzatish mumkin. 106


Download 90.1 Kb.
bet10/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

105. Bakteriyalar qanday organizmlar?:-ko‘zga ko‘rinmas, kichik organizmlar bo‘lib, ularni mikroskop yordamida kuzatish mumkin.
106.Bakteriyalarni qaysi fan o`rganadi?:- mikrobiologiya fani o‘rganadi.
107.Bakteriyalarni laboratoriya sharoitida ko‘paytirib o‘rganish qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi?:- steril sharoitda Petri idishchasidagi oziqa muhitiga bakteriya ekib, ko‘paytiriladi. Bakteriya tez ko‘payib, ko‘zga ko‘rinadigan koloniya hosil qiladi. Keyin ulardan mikropreparat tayyorlab, mikroskopda tekshiriladi.
108.Tashqi tuzilishiga ko‘ra bakteriyalar qanday guruhlarga bo`linadi?:- sharsimon – kokk; tayoqchasimon – batsilla; buralgan – vibrion va spirilla .
109.Nima uchun bakteriyalar prokariotlar deyiladi?:-ular ancha sodda tuzilgan bo`lib yadrosi bo‘lmaydi, shunga ko‘ra prokariot organizm deyiladi.
110.Bakteriyalar qanday sharoitda qancha vaqtda ko`payadi?:-Qulay sharoitda, ya’ni oziqa va harorat yetarli bo‘lganda bakteriyalar har 20–30 daqiqada bo‘linib ko‘payadi.
111.Bakteriyalar noqulay sharoitni qanday o`tkazadi?:- zichlashib, qalin qobiq bilan o‘ralib spora hosil qiladi.
112.Bakteriyalar sporasiqancha xaroratga bardosh beradi va qancha vaqt spora xolida saqlanishi mumkin?:- +140oC ... –253oC ga bardosh bera oladi. Bakteriya spora holida uzoq yillar saqlanib qolishi, qulay sharoit kelishi bilan hayotini davom ettirishi mumkin.
113.Bakteriyalarning qanday turlari mavjud?:-ularning foydali va zararli turlari mavjud.
114.Foydali bakteriyalarga qaysi bakteriyalar misol bo`ladi?:- achituvchi bakteriyalar, tugunak bakteriyalar va chirituvchi bakteriyalar kiradi.
115.Achituvchi bakteriyalardan qanday maqsadlarda foydalaniladi?:- sut-qatiq mahsulotlari olishda, silos bostirishda, teri oshlashda, tuzlama tayyorlashda keng foydalaniladi.
116.Qatiq qanday tayyorlanadi va bunda qanday jarayon sodir bo`ladi ?:-qatiq tayyorlashda sutga tomizg‘i solinadi. Tomizg‘i – bu sut tarkibidagi uglevodlarni parchalab, sut kislotaga aylantiruvchi bakteriyalar yig‘indisi hisoblanadi.
117.Tuzlama tayyorladi va tayyorlanish jarayonlari qanday boradi?:- sabzavotlar solingan idishga tuzli suv quyiladi. Sabzavotlar sirtida mavjud bo‘lgan achituvchi bakteriyalar sho‘r muhitda ko‘payib, glyukozani sut kislotaga aylantiradi va sabzavotlar chirishining oldini oladi.
118.Chirituvchi bakteriyalarni qanday axamiyati bor?:- yer yuzining sanitarlari hisoblanadi. Chunki ular o‘lik qoldiqlarini chiritib, yer yuzini tozalaydi. Ko‘milgan qoldiqlarni ham tuproqdagi chirituvchi bakteriyalar parchalab yuboradi. Ba’zan chirituvchi bakteriyalar oziq-ovqatlarni, san’at asarlarini chiritib, yaroqsiz holatga keltirishi bilan zarar keltiradi.
119.Tugunak bakteriyalar qaysi oila vakillari ildizida qanday xolda yashaydi?:- dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar ildizida simbioz (hamkorlikda) yashaydi.
120.Tugunak bakteriyalarning qanday axamiyati bor?:-Ular atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirib, o‘simliklarga yetkazib beradi, o‘simliklar esa bakteriyalarni oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Ularning hamkorligi har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. 121.Tuproqni azotga boyitishda qaysi o`simlikdan foydalaniladi?:- bedadan keng foydalaniladi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling