5 –sinf savol javob


Ayrim mog‘or zamburug‘ turlaridan nima olinadi?:- bakteriyalarga qarshi dori – antibiotik olish mumkin.(penitsilin) 146


Download 90.1 Kb.
bet13/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

145.Ayrim mog‘or zamburug‘ turlaridan nima olinadi?:- bakteriyalarga qarshi dori – antibiotik olish mumkin.(penitsilin)
146.Qalpoqchali zamburug‘lar ko‘proq nima maqsadda foydalaniladi?:- ozuqa sifatida foydalaniladi.
147.Iste’mol qilsa bo‘ladigan zamburug‘larga qaysi zamburug`lar misol bo`ladi?:-qo‘zidumba (shampinion), oq qo‘ziqorin va boshqalar kiradi.
148. Iste’mol qilsa bo‘ladigan zamburug‘larni taom tayyorlashdan oldin nima qilish kerak?:- 5–7 daqiqa qaynatib, suvini to‘kib yuborish kerak. Chunki zamburug‘lar qaynatilganda tarkibidagi zaharli moddalar suvga chiqib ketadi.
149.Zaharli zamburug` turlariga qaysi zamburug`lar misol bo`ladi va insonga qanday ta`sir ko`rsatadi?:- qizil muxomor, sariq soxta qo‘ziqorinlar kiradi. Ularni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin.
150.Parazit zamburug‘larga qaysi zamburug`lar misol bo`ladi?:- qorakuya, zang zamburug‘i, vertitsillium zamburug‘lari kiradi. 151.Qorakuya zamburug‘i qaysi oila vakillarining qaysi qismida parazitlik qiladi va qanday ta`asiri bo`ladi?:-boshoqdoshlar oilasi vakillarining boshog‘ida parazitlik qilib, qora kukun hosil qiladi. Kasallangan o‘simlik doni puch bo‘lib qoladi.
152.Vilt kasalligini qaysi zamburug` keltirib chiqaradi va qaysi qismida parazitlik qilib o`simlikka qanday tasir qiladi?:- Vertitsillium zamburug‘i keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘ o‘simlikning o‘tkazuvchi qismida parazitlik qilib, barglari va poyasining so‘lib qolishiga olib keladi.
153.Zang zamburug‘i nima uchun bunday nomlanadi?:- o‘simlikda zangga o‘xshash dog‘ hosil qilganligi uchun.
154.Agar zang zamburug‘larga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmasa nima bo`ladi?:- tez tarqalib, o‘simliklarni nobud qiladi.
155.Qaysi parazit zamburug‘ qaysi o`simliklarda parazitlik qiladi?:- bug‘doyda qorakuya; atirgulda zang.
156.Bakteriyalarda bo‘lgani kabi zamburug‘larning ham qanday turlari mavjud?:-foydali va zararli turlari mavjud.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling