5 –sinf savol javob


Hujayra nima?:- tiriklikning asosi bo`lib tiriklikning eng kichik birligi hisoblanadi. 45


Download 90.1 Kb.
bet5/39
Sana08.05.2023
Hajmi90.1 Kb.
#1445968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
5 sinf savol javob.

44. Hujayra nima?:- tiriklikning asosi bo`lib tiriklikning eng kichik birligi hisoblanadi.
45.Har qanday tirik organizm nimadan tashkil topgan?:-hujayralardan tashkil topgan.
46.Hujayralar nimasiga qarab biri biridan farq qiladi?:- vazifasi va shakliga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
47.Eritrotsitga ta`rif bering?;-kislorod tashishda ishtirok etuvchi eritrotsitlar ikki tomoni botiq shaklda bo`ladi.
48.Leykotsitlarga ta`rif bering?;- soxta oyoqlar hosil qilib organizmni mikroblardan himoya qiladi.
49.O‘simliklarda barg og‘izchalarini tashkil qilishda ishtirok etuvchi hujayralar qanday shaklda va bu og`izchalar qanday vazifalarni bajaradi?:- hujayrasi loviyasimon tuzilishga ega bo`lib ular suv bug‘latish va gazlar almashinuvida ishtirok etadi. 50.Refleks hosil qiluvchi nerv hujayralarining qanday o`simtalari mavjud va bu o`simtalar qanday funksiyani bajaradi?:- uzun va kalta o‘simtalari mavjud bo`lib nerv hujayrasining bu o‘simtalari nerv impulslarini hujayradan hujayraga o‘tkazib beradi.
51.Hujayralar nechta guruxga bo`linadi va bular qaysilar?:- ikki guruhga bo‘linadi bular prokariod va eukariodlardir.
52.Prokariotlar qanday hujayralar va bu hujayralarga qanday organizmni hujayralari misol bo`ladi ?:- yadrosi shakllanmagan organizmlarning hujayralari bo`lib, bunday organizmlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi.
53. Eukariotlar qanday hujayralar va bu hujayralarga qanday organizmni hujayralari misol bo`ladi ?:- yadrosi yaxshi shakllangan organizmlar hujayralari hisoblanadi, bunday organizmlarga zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar misol bo‘ladi.
54.Har qanday eukariot hujayra nechta tarkibiy qismdan iborat va ular qaysilar ?:-uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat:
55.Sitoplazmatik membrana qanday funksiyalarni bajaradi ?:- hujayrani tashqi tomondan o‘rab himoya qiladi. Hujayra uchun kerakli bo‘lgan moddalarni tanlab o‘tkazadi.
56.Sitoplazma nima va uning tarkibiy qismi nimalardan ham bu tarkibiy qismlar qanday axamiyatga ega ?:- Hujayraning ichki suyuqligi bo`lib tarkibida turli vazifalarni bajaruvchi organoidlar mavjud.Sitoplazmadagi har bir organoid o‘z vazifasiga ega. Ular bu vazifani qat’iy qonuniyat asosida bajaradi. Biror organoidning ishlamasligi to‘qima va organlar ishining buzilishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi.
57.Yadro nima va hujayrada qanday vazifalarga ega?:- hujayraning eng muhim qismi bo‘lib, irsiy axborotni saqlaydi, nasldan naslga o‘tishini ta’minlaydi va moddalar almashinuvini boshqaradi.
58.O`simlik va hayvon hujayralarining o‘xshashligi nimasida?:- O‘simlik va hayvon hujayralari membrana, sitoplazma va yadroga egaligi bilan bir-biriga o‘xshaydi.
59. Faqat o‘simlik hujayralari uchun xos belgilarga nimalar kiradi?:- sitoplazmatik membrana ustida sellyuloza qobiqning mavjudligi; plastidaga ega bo‘lishi; shira to‘plovchi vakuolaning bo‘lishi va kattalashib borishi.

Download 90.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling