Hayotning hujayrasiz shakillari


Download 47.5 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1713691
Bog'liq
677 Hayotning hujay


Hayotning hujayrasiz shakillari.

1892- yilda rus olimi D.I. Ivanovskiy tamaki o`simligida uchray­ digan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchisining
o'ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Ushbu kasallik qo`zg`atuvchi vi-
ruslar bakteriali filtr­dan o'ta olish xususiyatiga ega. Natijada sog`-
lom tamaki o'simligini filtrdan o`tgan suyuqlik bilan zararlash
mumkin. Oradan bir necha yil o'tgach F.Leffler va P.Froshlar uy
hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo`zg`atuvchilar ham
bakteriali filtrdan o'tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar. Nihoyat,
1917- yil kanadalik bakteriolog F. de Errel bakteriyalarni zararlovchi
bakteriofag-virusni kashf etdi. Shunday qilib, o`simlik, hayvon va
mikroorga­ nizmlarda viruslar kashf etildi. Ushbu kashfiyotlar hayot-
ning hujayrasiz shakllari ya'ni, yangi fan sohasi – virusologiyani
(viruslarni o'rganuvchi) ochib berdi.
Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi. Ular bir necha yuqumli
kasal­liklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizilcha va
boshgalar) ning qo'zg'atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayra-
larda yashaydi. Ular hu­jayra ichi parazitlaridir. Viruslar hujayradan
tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko'payish xususiyatiga
ham ega emas.
Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein
kislotalar bo’lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin.
Shunga ko'ra vi­ruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi.
Hujayra oralig'i muhitidagi suyuq­likdan hostile bo’lgan pinotsitoz
vakuolalar orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin.
Ammo odatda hujayraga virusning kirishidan avval hujayra
sirtidagi oqsil-retseptor bilan bog`lanish sodir bo`ladi. Ushbu
bog`lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi.
Ular hujayra sirtidagi malum retseptorni “tanib olish” xususiyatiga
ega. Virus bilan bog`langan hujayraning sitoplazmaga birlashib,
vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik tashkil topgan vakuola qobig'i
boshqa vakuola yoki yadro bilan qo’shiladi. Ana shunday yo’l bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin.
Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib
chiqaradi. Sariq kasalligi qo’zg’atuvchi A va B viruslar faqat jigar
hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko’paya oladi.
Virusning zarrachalarining to'planishi ularning hujayradan chiqib
ketishiga olib keladi. Ushbu jarayon ba'zi bir viruslarda «portlash»
tarzida ro`y beradi. Natijada hujayra nobut bo’ladi. Boshqa turdagi
viruslar kurtaklanishga o`xshash yo`1 bilan ajraladi. Bunda organiz-
mning hujavralari hayotchanligini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi.
Bakteriya virusi - bakteriofaglarning hujayraga kirishi biroz
boshqacharoq. Bakteriyalarning qalin hujayra qobig`i hayvon hujayra-
laridek oqsil-retseptorli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitop-lazmaga kirib borishiga imkon ber­maydi. Shuning uchun bakteriofag
hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joy-
lashgan DN K (yoki RNK) itarib kiritiladi. Bakteriofagning genomi
sitoplazmaga tushadi, kapsid esa tashqarida qoladi. Bakteriya hujayrasi
sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiyasi bosh­lanadi
hamda oqsil sintezlanib uning kapsidi shakilanadi. Oradan ma'lum
vaqt o'tgandan song bakteriya hujayrasi nobud bo`ladi. Yetilgan fag
zarrachalari esa tochnariga chiqadi.
Viruslarning kelib chiqishi. Viruslar avtonom genetik tuzilmalar bo`lib,
hu­jayradan tashqarida rivojlana olmaydi. Taxminlarga ko'ra viruslar
va bakterio­faglar hayotning hujayraviy shakilari bilan birgalikda
rivojlangan hiyayraning maxsus irsiy elementlari hisoblanadi.



Mavzu: Zamburug’lar dunyosi

­­­­
­_____________________


­ _____________________
­_____________________
­ _____________________
­ _____________________
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling