5 –sinf savol javob
O‘zbekistonda nechtadan ortiq yuksak o‘simliklar o‘sadi----4500. 268
Download 90.1 Kb.
|
5 sinf savol javob.
267. O‘zbekistonda nechtadan ortiq yuksak o‘simliklar o‘sadi----4500.
268.Yalpiz o`simligiga xos xususiyatlar------ ariq bo‘ylarida o‘sadigan ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik bo`lib barg va poyalari hushbo‘y hidga ega. Chunki bu o‘simlik tarkibida mentol va efir moylari bo‘lib, ular asabni tinchlantirishga yordam beradi. Yalpiz barglari suyuq ovqat yoki somsaga qo‘shib iste’mol qilinadi. Yoz oylarida sharbat yoki kompot tarkibiga yalpiz barglaridan qo‘shib, chanqovbosdi ichimlik tayyorlanadi. Yalpiz balg‘amni ko‘chiradi, nafas yo‘li kasalliklarining oldini olishda, jigar xastaliklarini davolashda keng qo‘llaniladi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasi tish og‘rig‘i, milk yallig‘lanishini davolash uchun tavsiya etiladi. 269.Na’matak o`simligiga xos xususiyatlar ------atirgulning yovvoyi turi bo‘lib, asosan, uning mevasidan ko‘proq foydalaniladi. Odamning quvvati kamayganida, erta bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda na’matak qaynatmasi tavsiya etiladi. Na’matak mevasi odamning immunitetini oshiradi. Qaynatmaga nisbatan termosda damlangan na’matakda vitaminlar ko‘proq saqlanib qoladi. Tarkibidagi C vitamini qonni suyultiradi, arterial bosimni tushiradi, organizmdan mikroblarni chiqarib yuborishga yordam beradi. 270.Isiriq o`simligiga xos xususiyatlar----- bo‘yi 30–60 sm keladigan ko‘p yillik o‘simlik. Dasht va vodiylarda o‘sadi. Isiriqning dorivorlik xususiyati o‘simlikning meva bergan davrida yuqori bo‘ladi. Uning poya va urug‘idan asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Quritilgan isiriq kuydirib, biroz hidlansa bosh og‘rig‘i yo‘qoladi, urug‘ining qaynatmasi nafas qisishida davo bo‘ladi. O‘simlikning qaynatmasi bilan yuz yuvilganda ko‘z kasalligi – kataraktani tuzalishiga yordam beradi. Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Isiriq tutuni esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga, xona havosini tozalaydi, kasalliklarning keng tarqalishining oldini oladi. 271.Shirinmiya o`simligiga xos xususiyatlar------- ildizpoyali ko‘p yillik o‘t. Xalq tabobatida ildizpoyasidan tayyorlangan qaynatma quruq yo‘tal, tomoq og‘rig‘iga davo sifatida ishlatiladi. Shirinmiya o‘simligining balg‘am ko‘chiruvchi xususiyati ham bor. Dorixonalarda shirinmiya (qizilmiya) sirop ko‘rinishida sotuvga chiqariladi. Ayniqsa, yosh bolalar shamollaganda ko‘proq tavsiya etiladi. 272.Aloe o`simligiga xos xususiyatlar -----xona o‘simligi sifatida o‘stiriladi. Barglari ser et va sersuv, uzib olingach, 10 kun davomida salqin joyda saqlab, keyin dori sifatida ishlatish mumkin. Aloe bargini qirg‘ichda qirib, asal bilan qo‘shib iste’mol qilinsa, shamollash, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foyda beradi. 273.Dorivor o‘simliklardan o‘z o‘rnida bilib foydalanil orqali nimalarga erishish mumkin---- organizmni quvvatlantiradi va organizmdagi turli xil kasalliklarni davolaydi. Download 90.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling