Ma’ruzaning rejasi


Download 60.91 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi60.91 Kb.
#1758466
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Мавзу (1)




5– Mavzu Atmosfyera havosini muhofaza qilish asoslari. Atmosfyera havosini muhofaza qilish.
Ma’ruzaning rejasi
1. Atmosfyeraning Yerdagi hayot ahamiyati va uning tuzilishi
2. Atmosfyeraning gazlar tarkibi
3. Atmosfyeraning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar
4. Atmosfyera havosi ifloslanishining oqibatlari va uning oldini
olish choralari
Mavzuga doir tayanch tushunchalar
Atmosfyera, atmosfyeraning tuzilishi, gaz tarkibi, Antropogen ta’sir – inson faoliyati natijasida vujudga keladigan ta’sir. Bunday ta’sirning kelib chiqishi va davomiyligi 1-3,5 mln. yillik geologik davrni o‘z ichiga oladi.
Balans – bir-biriga bog‘liq narsalarning o‘zaro muvofiq salmog‘i
Kansyerogen modda – organizmga ta’sir qilib, xavfli o‘smalar (rak) vujudga keltiruvchi yoki ularning paydo bo‘lishiga sharoit yaratuvchi modda
Texnogen ifloslanish – atrof muhitning texnik vositalar orqali ifloslanishi
Fitonsitlar – yuqori o‘simliklarda sintezlanadigan, baktyeriyalar, zamburug‘lar va sodda organizmlarni o‘ldiradigan yoki ularning rivojlanishini pasaytiradigan biologik faol modda.
1. Atmosfyeraning Yerdagi hayot uchun ahamiyati va uning tuzilishi
Atmosfyera – Yer yuzini o‘rab olgan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi Yer shari og‘irligining milliondan bir bo‘lagiga teng. Boshqacha qilib aytganda, atmosfyera havosining umumiy massasi 5000 trillion tonnadan ko‘proq bo‘lib, u yer yuzasining 1 kv/sm. ga 1,32 kg. dan to‘g‘ri keladi. Ana shu miqdoridagi havoning yarmi 6 km. balandlikkacha bo‘lgan qavatda, 99% 30 km. balandlikkacha bo‘lgan qavatda, qolgan 1% esa uning 30-3000 km. oralig‘idagi qavatlarida joylashgan. Atmosfyeraning yuqori chegarasi qilib shartli ravishda 3000 km. balandlik qabul qilingan, chunki bu balandlikda atmosfyera havosining zichligi sayyoralararo bo‘shliq havosi zichligiga tenglashadi. Yerdan baland ko‘tarilgan sari havoning zichligi va shunga yarasha uning bosimi kamaya boshlaydi, buni inson organizmi yaqqol sezadi. Yerdan 5 km. baland ko‘tarilganda kishining boshi aylanib, ko‘ngli aynaydi, unda «tog‘ kasalligi» paydo bo‘ladi, aksincha tezlik bilan pastga tushganida, masalan samolyotda, havo bosimining keskin oshishidan quloq pardalari taranglashib, og‘riydi.
Atmosfyeraning Yerdagi hayot uchun ahamiyati. Atmosfyeraning tirik tabiat uchun ahamiyati beqiyos katta. Odam agar ovqatsiz haftalab, suvsiz bir necha kunlab yashay olsa, u havosiz bir necha daqiqagina, atmosfyeraning himoyasisiz esa – faqat bir necha soniyagina yashay oladi, xolos. SHuning uchun ham xalq orasida juda zarur bo‘lgan narsani «havodek zarur» deb aytish odat tusiga kirib qolgan. Odamning bir sutkalik hayoti uchun 1 kg ovqat, 2l suv va 12 kg havo zarur. Bu havo tarkibida 500 l. kislorod mavjud.
Atmosfyeraning tarkibida suv bug‘lari va turli xildagi tabiiy chang zarralari mavjud-ki, bular yerdagi hayot uchun muhim himoya vositasidirlar. Ularning asosiy qismi yer yuzasidan ko‘tariladi, chang zarralari shuningdek fazoviy jismlardan ham ajraladi. Mutaxassislarning fikricha, havoga fazoviy jismlardan kelib qo‘shiladigan tabiiy chang zarralarining yillik miqdori 1 mlrd. tonnadan ortiq. Agar bu chang zarralari o‘z atrofiga suv bug‘larini kondensatsiyalamaganida Yerdagi o‘rtacha yillik harorat – 230S bo‘lar (hozir bu ko‘rsatkich +150S ga yaqin), Yerning sirti quyosh nuridan kunduzi 1000 S gacha qizib ketar, tunda esa fazoviy jismlar haroratidan 1000 S gacha sovib ketar edi. Keyingi tadqiqotlar ko‘rsatishcha, haroratning sutkalik o‘zgarishi Oyda 150-2000S, Venyera sayyorasida esa 500 0S ni tashkil qiladi.
2. Atmosfyeraning tuzilishi.
Atmosfyera quyidagi asosiy qatlamlardan iborat:
1) troposfyera ¾ atmosfyeraning Yerga bevosita tegib turgan pastki qatlami bo‘lib, uning yer yuzidan balandligi qutblarda 10 km., ekvatorda 18 km. gacha. Troposfyeraning asosiy xususiyati shundaki, atmosfyera havosi umumiy massasining 80-90%, havodagi suv bug‘lari va chang zarralarining asosiy qismi shu qatlamda joylashgan bo‘lib, barcha hayot jarayonlari shu qatlamda kechadi.

Download 60.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling