Ma’ruzaning rejasi


Download 60.91 Kb.
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi60.91 Kb.
#1758466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Мавзу (1)

Ozon pardasini tabiiy holatda saqlab qolish hozirgi kunning muhim ekologik masalalaridan biridir. CHunki atmosfyeraga chiqarib tashlanayotgan ba’zi texnogen moddalar, ayniqsa xlor va azot oksidlari ozonni parchalab, uning kamayishiga, ozon pardasining siyraklashishiga sabab bo‘lmoqda. Ozon qatlamiga tushgan xlorning bitta molekulasi 100 mingta ozon molekulasini, azot oksidining bitta molekulasi esa 10 ta ozon molekulasini parchalaydi. Ozonning parchalanishiga ayniqsa reaktiv samolyotlarning uchishi, yadro qurolining portlatilishidan hosil bo‘lgan texnogen moddalarining ulushi ko‘proq. Reaktiv samolyotlarning uchish balandligi atmosfyerada ozonning eng ko‘p joylashgan qavatiga (20-25 km) to‘g‘ri keladi. Reaktiv dvigatellardan chiqadigan suv bug‘lari va azot oksidi ozonni parchalab, ozon ekranining himoyalash xususiyatini pasaytiradi. Ozon qatlamining emrilishiga kosmik raketalar ham o‘z ulushini qo‘shadi. Masalan, AQSH tomonidan uchirilayotgan «SHattl»ning chelnogida qattiq yoqilg‘i yonishidan har bir uchishida 50 km balandlikka ko‘tarilguncha havoga 187 t. xlor va vodorod xloridi hamda 7 t. azot oksidlarini tashlaydi. Tashlangan bu miqdor 10 mln. t. ozonni parchalashga etadi. «Enyergiya» tizimidagi rus raketasida esa yoqilg‘i sifatida vodorod va kisloroddan foydalaniladi va shuning uchun ham u «SHattl»ga qaraganda ozon uchun 7 ming marta kam xavfli hisoblanadi.
Bundan tashqari, ozonning parchalanishida sovutgich texnikasida ishlatiladigan xlorftoruglyerod birikmalari (XFU) ya’ni freon moddasining ham jiddiy ta’siri bor. Bu to‘g‘rida Xalqaro anjumanlar o‘tkazilib, butun dunyo miqyosida freon ishlab chiqarishga qarshi kompaniya boshlab yuborildi. Vena konvensiyasi va Monreal anjumani bayoniga ko‘ra dunyo mamlakatlarining har biriga kishi boshiga yilida 0,3 kg. gacha freon ishlatilishiga ruxsat byerilgan. Hozir bu ko‘rsatkich rivojlanagan mamlakatlarda 3-4 kg, O‘zbekistonda esa 0,1 kg ni tashkil qiladi. Lekin 2000 yilning avgust oyida ingliz olimlari Xyuptt va Levi Si-en-en telekompaniyasidan chiqish qilib, freon ozon pardasiga etib bormay, havoda tez parchalanib ketishini isbotlashga harakat qildilar. Hozirga kunda sovutgichlarda freonning ozonga ta’sir etmaydigan turlari –R-23, R-32, R-125a, R-134a, R-143a, R-404a, R-407a, R-410, R-507a, R-508a* dan foydalaniladi. Nima bo‘lgandayam, ozon pardasini siyraklanishdan asrash zamonamizning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
_______________________________________________________
*Ozonni parchalovchi freon turlari: R-11, R-12, R-113, R-114, R-115


3. Atmosfyeraning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar
Atmosfyerada gaz balansining buzilishiga nafaqat u yoki bu gazdan foydalanish, balkim unga atmosfyeraning turli xildagi zaharli va zararli moddalar bilan ifloslanishi ham ta’siri qiladi. Atmosfyeraning ifloslanishi havoga nihoyatda ko‘p miqdorda chiqayotgan chang-to‘zon, tutun, mikroblar, uglyerod oksidi, vodorod sulfidi, uglevodorodlar, organik moddalar, sulfidlar, nitratlar, qo‘rg‘oshin, temir, ftor birikmalari, radioaktiv moddalar va pestitsidlar bilan bog‘liq.


Atmosfyerani ifloslovchi manbalarni ikkiga bo‘lish mumkin:
tabiiy va sun’iy (antropogen) manbalar.


Tabiiy manbalarga vulqonlar otilishidan havoga ko‘tariladigan kul va gazlar, yerdan ko‘tariladigan chang-to‘zonlar, o‘rmonlarda tabiiy ravishda sodir bo‘ladigan yong‘inlar tutuni, dengiz va okeanlardan suv bug‘i bilan ko‘tariladigan turli xil tuzlar hamda fazoviy changlar kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra Yer yuzida mavjud bo‘lgan 500 ta doimiy harakatdagi vulqonlardan yilida o‘rtacha 75 mln. tonna kul va chang ko‘tariladi. Keyingi yillarda birgina Orol dengizi havzasida paydo bo‘lgan 4 mln. ga tuzli qum sahrolaridan havoga yilida 100 mln. tonnagacha tuz va qum ko‘tarilmoqda.
Sun’iy manbalarga inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ifloslovchi manbalar kiradi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: ko‘chmas (sanoat va enyergetika korxonalari) va ko‘chma (transport vositalari) manbalar. Bu manbalardan chiqadigan chiqindilarning havoga qo‘shilishiga texnogen ifloslanish deyiladi.
Atmosfyeraning texnogen ifloslanishi ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuchlidir. Sanoati rivojlangan shaharlarda atmosfyeradan yerga ko‘p miqdorda qattiq zarralar cho‘kadi. Masalan, shamol bo‘lmagan paytlarda Tokioda 1 kv/km yerga oyida 23 tonna, Nyu-Yorkda –26 tonna, Pitsburgda (AQSH) 33 tonnagacha chang va qurum tushadi.
Atmosfyeraga chiqarib tashlanadigan moddalarining turi ishlab chiqariladigan xom ashyoning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish uchun yoqiladigan yoqilg‘i xiliga ko‘ra har xil bo‘ladi. Masalan, metallurgiya zavodlari havoga oltingurgurt gazi, uglyerod oksidi, temir oksidlari, mis va boshqa metallar changini chiqaradi. Alyuminiy zavodlaridan atrofga zaharli ftor birikmalari, kimyo zavodlaridan esa turli gazlar – oltingurgurt, uglyerod sulfidi, azot oksidlari, xlor, fosfor, ftor birikmalari va shunga o‘xshash zaharli moddalar tarqaladi. Sanoat va elektroenyergetika korxonalaridan havo bo‘shlig‘iga chiqarilayotgan oltingugurt angidridi va azot oksidlari atmosfyera namligi bilan reaksiyaga kirishib, sulfat va nitrat kislotalarini hosil qiladi. Bunday hosilalar sanoat va enyergetika korxonalari joylashgan hududlarda «kislotali yog‘inlar» holida yer sirtiga tushadi.
Atmosfyeraning dioksinlar bilan ifloslanishi ayniqsa xavfli. Hozirgacha dioksinlarning 200 turdan ortig‘i ma’lum. Ular tarkibiy tuzilishi jihatidan polixlor- politsiklik birikmalar sinfiga mansub bo‘lib, dibenzodioksinlar va dibenzofuranlar guruhlariga birlashadi. Dioksinlarning tarkibi asosan xlor, brom, kislorod, uglyerod va vodoroddan iborat. O‘ta xavfli dioksinlarning taxminiy tuzilish sxemasi quyidagicha:


Tetraxlordibenzoparadioksin Tetraxlordibenzofuran


Rasm. Dioksinlarning kimyoviy tuzilish sxemasi

Download 60.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling