Fakulteti yo’nalishi ning
Download 0.61 Mb.
|
Janubiy Iqtisodiy rayon tabiiy resurslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Janubiy Iqtisodiy rayon tabiiy resurslari. Bajardi: ____________________ Qabul qildi: _____________________ _______________ 2022
- II bob. Iqtisodiy rayon mehnat va tabiiy resurslari.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ___________________ fakulteti ___________________yo’nalishi _____________________________________ning ______________________________________ fanidan KURS ISHI Mavzu: Janubiy Iqtisodiy rayon tabiiy resurslari. Bajardi: ____________________ Qabul qildi: _____________________ _______________ 2022 Reja: Kirish. I bob. O’zbekiston Respublikasi Janubiy iqtisodiy rayoni tasnifi. 1.1. Janubiy iqtisodiy rayonlar iqlimi. 1.2. Janubiy rayonlar va ular geografiyasi. II bob. Iqtisodiy rayon mehnat va tabiiy resurslari. 2.1. Janubiy rayon tabiiy resurslar manbalari. 2.2. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari aholi bandligining tabiiy manbalarga ta’siri. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Iqtisodiy rayon, iqtisodiy-geografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashqil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam byyeradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Gyermaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot intida 60-y.lar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Chyyerdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan. Keyinchalik, 80-y.lar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot instituti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texnika progressining kompleks dasto’rini ishlab chiqish bilan bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi. Dastlab, 60-yillar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-yillar oxiri - 90-yillar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz byyergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi (harita-sxemaga q.). Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan. Toshkent Iqtisodiy rayon (tarkibida Toshkent viloyati va Toshkent sh.) iqtisodiy rivojlanish darajasining nisbatan yuqoriligi, minyyeral xom ashyo resurslariga boyligi, aholining zich joylashganligi, qulay iqtisodiy-geogra-fik holati (Markaziy Osiyoga va undan Rossiyaga chiqadigan transport yoʻlagi), poytaxt mintaqasi maqomi bilan ajralib turadi. Q.x. syyertarmoq (paxtachilik, donchilik, kanopchilik, pillachilik, shahar atrofi bogʻdorchiligi, sabzavotchilik, goʻsht-sut chorvachiligi va b.) va rivojlangan. Mamlakatdagi yetakchi industrial rayon. Sanoatning rivojlanish darajasi mamlakat boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 2 marta yuqori turadi. Undiruvchi sanoat tarmoklari bilan bir qatorda ishlov byyeruvchi sanoat tarmoklari ham ustunlik qiladi. BuIqtisodiy rayon sanoat majmuida Oʻzbekistondagi mashina va uskuna-jihozlarning 70% ni ishlab chiqaradigan mashinasozlik majmui yetakchi oʻrinda turadi, mamlakatda qora va rangli metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy oʻrinni egallaydi. Oʻzbekiston metallurgiya sanoatida tayyor qora metallar prokati — 100%, Olmaliq kon-metallurgiya ktida mis va ruxning asosiy qismi, koʻmir qazib chiqarish (96,6%), asosiy kimyo va organik sintez kimyoviy mahsulotlari (minyyeral oʻgʻitlarning 39,4%, xomashyo etil spirtining 36,2%), koʻpgina qurilish matyyeriallari va konstruksiyalari (sementning 40%, shifyyerning 58,6%, linoleumning 100%, dyyeraza oynasining 23,8%) ishlab chiqariladi. rayon qudratli qurilish bazasi, qalin transport tarmogʻiga ega, mamlakatning ilmiy, loyiha va konstruktorlik potensiali, kadrlar tayyorlash boʻyicha muas-sasalarning asosiy qismi shu rayonda joylashgan.[5] Quyi Amudaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) qadimiy sugʻorma dehqonchilik mintaqasida joylashgan. rayonda, ayniqsa, Ustyurtda 200 dan ortiq foydali qazilmalar konlari (tabiiy gaz, temir rudasi, fosforitlar, osh tuzi va b.) topilgan, Bu hududda paxtachilik bilan bir qatorda sholichilik, polizchilik (Xorazm qovunlari), urugʻlik beda, sabzavotchilik rivojlanadi. Boy minyyeral xom ashyo resurslaridan kompleks foydalanish asosida yaqin istiqbolda 2 sanoat rni va bir kator sanoat bogʻlamlari paydo boʻladi.[8] Orol dengizining qurib borishi va Orol boʻyining saxroga aylanishi ja-rayonlari bilan bogʻliq holda vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hududni rivojlantirish istiqbollarini qoʻshni TurkmanistonningToshhovuz viloyati bilan muvofiklashtirilgan holda hal etishni talab etadi. Surxondaryo Iqtisodiy rayon (tarkibida Surxondaryo viloyati) Oʻzbekistonning eng jan. qismini ishgol etadi. rayonning oʻziga xos geografik holati (deyarli qamma tomoni togʻlar bilan oʻralgan) uning iqtisodiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. rayon iqlimi subtropiklarga yaqin boʻlgani sababli rayon ingichka tolali paxta, subtropik mevalar, yyertagi sab-zavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati koʻmir (Shargʻun toshkoʻmir koni), neft va gaz kazib olish (mahalliy isteʼmol uchun) asosida rivojlangan. Surxon-Shyyerobod choʻlida yangi yerlarni oʻzlashtirish asosida bu hududda ingichka tolali paxtachilik, eksport yoʻnalishidagi subtropik mevachilik va yyertagi sabzavotchilik rivoj topadi. aniqlangan foydali qazilmalar konlari ni oʻzlashtirish bu hududda kon sanoatini va rangli metallurgiyani rivojlantirish imkoniyatlarini yara-tadi: Xodiza, Shargʻun — Sariosiyo (rangli metallar, koʻmir, qurilish matyeriallari), Boysun (toshkoʻmir, tabiiy gaz, qurilish matyyeriallari) sanoat uzellari shakllanadi. Termiz sh.da va tuman markazlarida, asosan, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling