5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet75/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga milliy kiyimlardan qiyiqchani bichish va nusxa tushirishni, qiyiqcha gullarini (naqshlarini) tikishni o`rgatish;
Tarbiyaviy maqsadi: Mavzu bo`yicha o`quvchilarga estеtik va badiiy tarbiya bеrish
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning milliy kiyimlardan qiyiqchani tikishga oid bilimlarini kеngaytirish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni milliy kasb-hunarga qiziqtirib borish.
Darsning jihozi: Darslik, igna, qaychi, gazlamalar.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkazish.
1. Kashtachilikda qo'llaniladigan qanday chok turlarini bilasiz?
2. Amaliy mashg'ulotni olib borish uchun yo'1-yo'riq xaritasi qanday tuziladi?

  1. Nima uchun kashta tikishda asbob va moslamalardan foydalaniladi?

  2. Qaytma chok, suv chok, iroqsimon chok, petlya chok, popop chok qanday bajariladi?

5. Kashta tikishda kanday choklar kullaniladi?
6. Oddiy chok turlarini ta`riflab bеring? 7. Tеkis chok turlarini ta`riflab bеring?
Yangi dars bayoni: Qiyiqchani bichish, nusxa tushirish va tikish
O'rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo6lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo'lgan, Shuning uchun har bir oila o'zi uchun zardevor, palak, gulko'rpa, kirpech, so'zana,dorpech, oynaxalta, choyxalta,parda, belbog`, takyapo'sh (yostiq ustiga yopiladigan). do'ppi, ko'ylak, dastro'mol, hamyon,joynamoz, sumka, nimcha, mahsi-kavush, turli o'lchamdagi xaltachalarni badiiy did bilan matolarga . Qiyiqcha-belbog` tikib tayyorlaganlar.
Qiyiqcha-belbog' erkaklar beliga bog'lanadigan ro'mol (1-rasm). Belbog` bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog' bilan mahkam bog'lab qo'yishgan. Payti kelganda belbog` joynamoz, dasturxon, peshonabog`, dastro'mol, tugun o'mida ham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog` tikish uchun gulsiz sidirg'a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatilgan. Belbog'ni gullari ilma, yo'rma, suv, bosma choklarida tikilgan va turli oithamli bp'lgan. Hozir ham belbog` o'zbek xalqining turli marosimlarida ishlatiladi. Qiyiqchaning o'lchami 110 x 110sm bo'ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling