5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va moslamalar
Yangi mavzu bayoni:
Qo'g'irchoq andazasini tayyorlash, andazani gazlama ustiga joylashtirish va bichish Qo'g'irchoqni tikish uning andazasini tayyorlashdan boshlanadi. Qo'g'irchoqning andazasi (1-rasm)da keltirilgan. Bu andazani tayyorlash uchun rasmda keltirilgan andaza ustiga ixtiyoriy kattalikdagi o'zaro teng kvadratlardan chiziladi. Bunda kvadratlar qancha mayda bo'lsa, bezakning nuqtalari shunchalik arfiq ko'chiriladi va konturlarining nusxasi ham oson chiziladi. Millimetrli qog'oz yoki toza qog'ozga buyum kattaligiga to'g'ri keladigan to'g'ri to'rtburchak chizib, uni bezakdagi kvadratlar soni qancha bo'lsa, shuncha kvadratlarga bo'linadi (1-rasm). Agar qo'g'irchoq andazasi kattalashayotgan bo'lsa, bu kataklar asl nusxadagi kataklardan katta bo'lib, andoza kichiklashayotgan bo'lsa, bu kataklar asl nusxadagidan kichik bo'lib chiqadi. Shundan keyin kataklar bo'yicha asl nusxadagi bezak gulining asosiy nuqtalari toza to'rga ko'chiriladi. Bu nuqtalarni ravon chiziq bilan ehtiyotlab birlashtirib, andozani kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi hosil qilinadi. Rasm nuqtalarini oson topish uchun chizilgan to'rning ikki tomoniga raqamlar qo'yiladi. Yuqoridagi ishlar bajarilgach qo'g'irchoqning quyidagi andazalari hosil bo'ladi. 1. Tana qismi - 2 dona bichiladi. 2. Qo'g'irchoqning oyog'i -2 dona. 3. Qo'g'irchoqning qo'li - 2 dona. 4. Qo'g'irchoqning kavushi - 2 dona. Asbob va moslamalar: yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg'a gazlama bo'laklari, igna, gazlama rangidagi g'altak ip, qaychi, angishvona, chizg'ich, mayda to'g'nag'ichlar. Ishning tartibi. Qo'g'irchoq detallari ko'rsatilgan sonlar miqdorida ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg'a gazlamadan bichib olinadi va uning tana qismi tikib tayyorlanadi. Qo'g'irchoqning tana qismi tayyor bo'lgach, shu o'lchamdagi ko'ylak andozasi tayyorlanadi.Ko'ylak andozasi ham qo'g'irchoqning tanasi kabi tayyorlanadi. Qo'g'irchoqning tana qismi quyidagicha tayyorlanadi: Qo'g'irchoq tanasining bosh qismida 4 ta 3 sm li vitachkalar gazlamaning teskari tomonidan belgilanadi va tikib olinadi. Qo'g'irchoqning yuz qismida o'ng tomondan qosh, ko'z va og'iz o'rnilari belgilanadi. Qo'g'irchoqning tana qismi detallarini o'ngini o'ngiga qaratib, atrofidan 0,5 sm li chok uchta tomonidan tikib chiqiladi. Bo'yin qismida ozgina kertim (ochiq joy qoldinladi) berilib tana qismi o'ngiga ag'dariladi va ichi sintefon bilan to'ldiriladi. Chok haqi ko'rinmas chok bilan tikib qo'yiladi. Qo'g'irchoqning oyog'i va qo'llarini ham o'ngini ichkariga qaratib 3 ta tomonidan tikib chiqiladi, ichi to'ldiriladi va tana qismiga ulab qo'yiladi. Kavushini ikkiga bukilib tovon qismi tikiladi, ichi to'ldirilib oyoq uchlariga biriktirib qo'yiladi. Qo'g'irchoqning yuz qismi kashta bilan tikib bezatiladi va sochi qora jun ipdan tayyorlanib, boshiga tikib yoki yelimlab yopishtiriladi Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling