- 5-sinf tasviriy san’at darsligi asosida 12-mavzu:
- Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi, Buxorodagi Masjidi Kalon, Xivadagi Ichan qal’a burji, Toshkent shahridagi Ko‘kaldosh madrasasi, Hastimom madrasasi sharqona uslubda ishlangan tarixiy inshootlar hisoblanadi.
- Shahrimizda hozirgi kunda qurilayotgan zamonaviy binolar va sharqona inshootlar orasida katta farq mavjud.
- Sharqona shahar chizishdan oldin alohida binolar ko‘rinishini tasvirlab, biron-bir kompozitsiya tuziladi.
- Shahar kompozitsiyasini chizishda erkin tasavvurda taassurotlarning umumiy joylashuvi chiziqlar bilan qog‘ozga tushiriladi.
- Shahar kompozitsiyasining eskizi qalamda chizilgandan keyin asosiy ranglar dog‘i va tusi iliq yoki sovuq ranglarda bo‘yoqlar orqali tasvirlanadi.
- Mayda qismlari aniqlanadi va rangda ishlovlar beriladi. So‘ngida umumlashtirib tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |