Arslonxon minorasi — Buxorodagi


Download 125.97 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi125.97 Kb.
#1222007
  1   2   3
Bog'liq
Minorai kalon


Minorai kalon
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Minorai Kalon (1127-yil qurilgan, Meʼmor: Baqo)
Minorai Kalon (toj. Минораи Калон — Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Poyi Kalon meʼmoriy ansamblining bir qismi. Eski Buxoroning eng baland inshooti, balandligi 46,5 metr.

Tarixi
Minorai Kalon oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Oʻz vaqtida Minorai Kalon yuqoridan kuzatish, va din ishlari, xususan, aholini Poi Kalon masjidiga bayram namozlariga va juma namozlarga chaqirish uchun xizmat qilgan. Baʼzi manbalarda Buxoro amirligi davrida bu yer tomoshaviy qatl joyi boʻlgan degan farazlar ham uchraydi.
Bu ulugʻ inshoot bilan bogʻliq koʻplab afsonalar keltirilgan. Ulardan birida aytilishicha, tuya suti va alebastr qorishmasidan minoraning poydevorini tiklagan usta-quruvchi birdan gʻoyib boʻlgan va ikki yildan keyin, poydevor pishiq va mustahkam boʻlgandan soʻng qaytib kelib, inshootni gʻishtdan koʻtarish ishlarini boshlagan.
Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Muhammad 1127-yil qurdirgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan.
Minorai Kalon 1913-yil
Meʼmorchiligi
Yer sathidan 9 m chuqur, balandligi 46,5 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. Minorai Kalonning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak gʻishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasaviy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasaviy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). Minorai Kalon shu turdagi qadimiy inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi, handasaviy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va mahobatlilik Minorai Kalonga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi.

Download 125.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling