5-sinf Test. Mavzu: Tirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot Tirik organizmlar qanday dunyolarga bo`linadi?


Download 15.94 Kb.
Sana17.01.2023
Hajmi15.94 Kb.
#1096716
Bog'liq
5-sinf 5-6 mavzu test


5-sinf Test. Mavzu: Tirik organizmlar haqida umumiy ma’lumot
1. Tirik organizmlar qanday dunyolarga bo`linadi?
1-hayvonot, 2-o’simlik, 3-bakteriya, 4-virus, 5-suvo’t, 6-zamburug’, 7-lishaynik
A) 1,2,3 C) 1,2,3,6
B) 2,4,7,6 D) 2,1,3,4,6
2. Geterotrof oziqlanuvchi prokariot organizmlarga tegishli javobni toping.
A) Ular gifalar yordamida tuproqqa birikadi
B) Ularni faqat mikroskopda ko’rish mumkin
C) Ular hayotning hujayrasiz shakli
D) Suvo’tlar bilan birga simbioz holda yashaydi
3. Erkin harakat qila olmaydigan eukariot organizmlar qanday usulda aniqlanadi?
A) Avtotrof va geterotrof C) Faqat avtotrof
B) Faqat Geterotrof D) Parazit
4. Zamburug’lar sporasi uchun xos bo`lmagan javobni toping.
A) Maxsus boshoqchasida yetiladi
B) Qalpoqchasida yetiladi.
C) Gifalarga ega emas
D) Ko’payishda qatnashmaydi
5. Flora nima?
A) O`simlik va hayvonot dunyosi
B) hayvonot dunyosi
C) Bakteriyalar olami
C) O’simliklar dunyosi
6. Fotosintez jarayoni uchun xos bo’lmagan javobni toping.
A) Kislorod yutiladi, Karbonat angidrid chiqadi
B) Karbonad angidrid chiqadi, oziq moddalar hosil bo’ladi
C) Kislorod chiqadi, karbonat angidrid yutiladi
D) Oziq moddalar hosil bo’lmaydi.
7. Faunani tashkil qiluvchi organizmlar haqidagi to’g’ri javobni toping
A) ERkin harakatlana oladigan avtotrof organizmlar
B) Erkin harakat qila olmaydigan geterotrof organizmlar
C) Nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud
D) Prokariot organizmlar geterotrof oziqlanadi
8. Gepatit A va B virusi qayerda parazitlik qiladi?
A) Jigar va taloq C) jigar
B) Nafas yo`llari D) Buyrak
9. Bakteriofag uchun xos xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni toping
A) O`simliklarda uchraydi
B) Nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud
C) Fotosintez qila oladi
D) Jonli va jonsiz tabiat o`rtasidagi oraliq forma
10. Gripp kasalligining dastlabki belgilari uchun xos bo’lgan javobni toping
A) Harorat ko’tarilishi, lanjlik, umumiy holsizlik, ishtaha ochilishi
B) Haroratning normada bo’lishi, ishtaha pasayishi
C) Haroratning ko’tarilishi, umumiy holsizlik, ishtaha yo’qolishi, lanjlik
D) hamma javob to’g’ri

Bakteriya dunyosi


1. Bakteriyalarni qaysi fan o`rganadi?
A) Mikologiya
B) Mikrobiologiya
C) Zoologiya
D) Botanika
2. Sharsimon bakteriyalar uchun xos bo’lmagan javobni toping
A) KOKKlar deyiladi, geterotrof organizmlar
B) qulay sharoitda tez ko’payadi
C) Spora hosil qiladi.
D) Avtotrof organizmlar, yadrosi mavjud
3. Bakteriyalarni laboratoriya sharoitida o`rganish ketma-ketligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1-bakteriya tez ko’payadi; 2- ko’zga ko’rinadigan koloniya hosil qiladi; 3-petri idishchasidagiz oziqa muhitiga bakteriya ekib ko’paytiriladi; 4- mikropreparat tayyorlanadi; 5- mikroskopda ko`rinadi.
A) 1,2,3,4,5 C) 3,1,2,5,4
B) 3,2,1,4,5 D) 3,1,2,4,5.
4. Bakteriya sporasi uchun xos bo’lmagan javoblarni toping.
1- qulay sharoitda hosil bo`ladi; 2- +140̇C ga chidamli; 3-noqulay sharoitda hosil bo'’adi; 4- +253 C ga chidamli; 5- qalin qobiqli emas
A) 1,2 3 C) 1,5,3
B) 2,3.5 D) 1,4,5
5. Yer yuzi sanitarlariga tegishli javobni toping
A) San’at asarlarini chiritishi mumkin
B) Glyukozani sut kislotaga aylantiradi
C) Simbioz yashaydi
D) Tuproqni azotga boyitadi
6. Achituchi bakteriyalar qanday maqsadda ishlatiladi?
A) Silos bostirishda, azot to’plashda
B) Sut-qatiq mahsulotlari olishda, tuzlama tayyorlashda
C) Yer yuzni tozalashda
D) Tuproqni azotga boyitishda
7. Fitonsid modda ishlab chiqaradigan o`simliklar qaysilar?
A) Ignabargli daraxtlar va terak
B) archa, terak, o’rik
C) olma, nok,terak
D) qarag’ay, terak,yong’oq
8. Parazit bakteriyalar qo’zg’atadigan kasalliklar qaysilar?
A) sil, gripp, o’lat, vabo
B) vabo, o’lat, ichburug’, qoqshol, sil
C) gepatit, vabo, sil
D) qoqshol, vabo, gripp
9. Epidemiya nima?
A) Yuqumli kasalliklarning asta tarqalishi
B) Kasallikning oldi olinishi
C) kasallikning juda tez tarqalishi
D) Kasalliklar haqida ma’lumot
10. Buralgan bakteriyalar nima deyiladi?
A) Batsilla,
B) VIbrion
C) spirilla
D) B va s javob to’g’ri
Download 15.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling