5-sinflarda Geografiya fanidan ichki monitoring uchun test savollari


– sinflarda Geografiya fanidan ichki monitoring uchun test savollari


Download 33.7 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi33.7 Kb.
#1043172
1   2   3   4
Bog'liq
Geografiya monitoring testlar.

7 – sinflarda Geografiya fanidan ichki monitoring uchun test savollari
1. Miloddan avvalgi III asrda qaysi yunon olimi Yerning kattaligini ancha aniq o’lchagan?
A. Gerodot. B. Eratosfen. C. Ptolemey. D. Aristotel.
2. Eratosfen tomonidan chizilgan Dunyo xaritasida qaysi okeanni ko’rishimiz mumkin?
A. G’arbiy. B. Tinch. C. Pantalassa. D. Efiopiya.
3. “Surat ul-Arz” – “Yerning tasviri” nomli kitobni kim yozgan?
A. Muhammad Muso al-Xorazmiy. B. Abu Rayhon Beruniy.
C. Mahmud Qoshg’ariy. D. Nosir Xisrav.
4. X. Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz yo’lini toppish uchun nechanchi yilda Ispaniyadan g’arbga tomon suzib ketdi?
A. 1482-yil. B. 1492-yil. C. 1495-yil. D. 1462-yil.
5. 1519-1522-yillarda kimning boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g’arbdan sharqqa tomon aylanib chiqdi?
A. J. Kabot. B. F. Dreyk. C. X. Kolumb. D. F. Magellan.
6. 1498-yil portugaliyalik Vasko da’ Gama Afrikani janubdan aylanib o’tib qaysi mamlakatga dengiz yo’lini kashf etdi?
A. Xitoyga. B. Malayyaga. C. Hindistonga. D. Seylonga.
7. Rum, Qulzum va Abiskun dengizlarini kimning sayohati xaritasida ko’rishimiz mumkin?
A. A. Muhammad Muso al-Xorazmiy. B. Abu Rayhon Beruniy.
C. Mahmud Qoshg’ariy. D. Nosir Xisrav.
8. 1605-yilda kim Yer sharining janubiy yarim sharidagi quruqlik – Avstraliya materigini kashf etdi?
A. V. Yanszon. B. A. Torres. C. Vasko da’ Gama. D. A. Tasman.
9. “O’zbek Magellani” nomini olgan mashhur o’zbek geograf olimi kim edi?
A. H. Habibullayev. B. H. Hasanov. C. R. Rajabov. D. Qori Niyoziy.

10. Unda Yer yuzasi tekis yuzada juda kichraytirilgan holda shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Bu yerda so’z nima haqida bormoqda?


A. Globus. B. Geografik xarita. C. Joy maketi. D. Xarita andazasi.
11. Qanday turdagi xaritalarda tasvirlanayotgan ma’lumotlar doimo yangilanib turadi?
A. Kontur xaritalarda. B. Mavzuli xaritalarda.
C. Tabiiy xaritalarda. D. Raqamli xaritalarda.
12. Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning nimasi deb ataladi?
A. Geografik koordinatasi. B. Geografik darajasi.
C. Geografik daraja to’ri. D. Geografik o’rni.
13. 41o daraja shimoliy kenglik va 69o daraja sharqiy uzunlik. Ushbu geografik koordinata qaysi shaharga tegishli?
A. Farg’ona. B. Nukus. C. Toshkent. D. Samarqand.
14. Uning uch turi bo’lib, ular nomli, sonli va chiziqli bo’ladi. Bu gap nima haqida?
A. Landshaft. B. Azimut. C. Masshtab. D. Xarita.
15. Geografik qobiq rivojlanishining Biogen bosqichi qaysi eralarni o’z ichiga oladi?
A. Arxey, paleozoy, mezozoy. B. Proterozoy, paleozoy, kaynazoy.
C. Arxey, mezozoy, kaynozoy. D. Paleozoy, mezozoy, kaynazoy.



Download 33.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling