5-sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha tahlim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota onasi (qonuniy vakili) o’rtasidagi shartnoma


Download 92 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi92 Kb.
#157166
Bog'liq
Янги шартнома 26.03.2020


5-sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha tahlim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota onasi (qonuniy vakili) o’rtasidagi

SHARTNOMA
20___yil «_____»_________ _______-son Izboskan tumani

______________________tumani(shahar) maktabgacha tahlim bo’limi tassarufidagi______-sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha tahlim tashkiloti (keyingi o’rinlarda DMTT deb yuritiladi) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari F.Qahhorova bir tarafdan va tarbiyalanuvchi___________________________________ ___________________________________________________________________________________________ning



(F.I.SH. va bolaning tug’ilgan yili)

(keyingi o’rinlarda tarbiyalanuvchi deb yuritiladi) ota onasi (qonuniy vakili)_________________________________________________________________________________________



(bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakilining F.I.SH)

(keyingi o’rinlarda qonuniy vakil deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan mazkur shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:


I. Shartnoma predmeti

1.DMTT mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini tahminlagan holda unga sifatli tahlim–tarbiya berish, sog’liqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, ahloqiy, mahnaviy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, qonuniy vakil esa tarbiyalanuvchini DMTTdagi tegishli guruh tarbiyachisiga topshirish, tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalarning to’lovini o’z vaqtida amalga oshirish va DMTTning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. Tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash vaqti ______soatini tashkil qiladi.

2.DMTTda bolalarni saqlash uchun to’lanadigan tushumlar boshqa byudjet mablag’lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan tahminlash hamda DMTTning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va boshqa inventarlar xarid qilishga yo’naltiriladi.

Bunda DMTTning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo’naltiriladigan mablag’lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to’lovidan tushgan mablag’larning 5 foizidan oshmasligi lozim.


II. DMTTning huquqlari va majburiyatlari

3.DMTT quyidagi huquqlarga ega:

DMTT xodimlarining huquq va qonuniy manfatlarini hamda qadr-qimmatini himoya qilish;

Vazirlik tomonidan “Ilk qadam” Davlat dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq o’z o’quv dasturini ishlab chiqarish;

tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo’yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o’zaro hamkorlik qilish;

bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to’lov evaziga maktabgacha tahlimning davlat tahlim dasturidan tashqari qo’shimcha tahlim xizmatlari ko’rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;

Maktabgacha tahlim tizmini rivojlantirish bo’yicha innavatsion faoliyatida ishtirok etish;

DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshingi inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;

tarbiyalanuvchi kasal bo’lganda yoki tibbiy ko’rikda uning kassaligi aniqlanganda, DMTT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filg’tratsiyadan o’tkazilganida tarbiyalanuvchining sog’lig’i bo’yicha DMTTda bo’lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;

qonuniy vakil tomonidan shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to’lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida ko’rsatilgan muddat o’tgach ikki hafta mobaynida uzurli sabablarsiz to’lanmagan taqdirda qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to’xtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;

qonuniy vakilning tegishli ruhsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad qilish.

DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lish mumkin.

4.DMTTning majburiyatlari:

Bolalarni davlat maktabgacha tahlim tashkilotlariga qabul qilish bo’yicha davlat hizmatlari ko’rsatishning Mahmuriy reglamentlariga muvofiq berilgan yo’llanmalar asosida tarbiyalanuvchi DMTTga qabul qilish;

bolaning DMTTda bo’lishi vaqtida uning sog’lig’i va hayotini asrash xamda har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi va tahlim olish bilan bog’liq zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish;

bolalarda Vatanga muhabbat tuyg’usini, oilaga, o’z halqining milliy, tarihiy, madaniy qadiriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, atrof-muxitga ehtiyotkor munosabatni shakillantirish; tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini tahminlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

har bir bolaga uning o’z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni tahminlash, bola huquqlari to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya qilish;

nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfatlariga asoslanish;

bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish;

DMTT Kuzatuv kengashining to’liq faoliyat olib borishini tahminlash;

o’quv tahlim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog’lig’iga doir hususiyatlarini hisobga olib, maktabgacha tahlimning tegishli sifat, daraja va xajmga muvofiqligini tahminlash;

DMTT pedagog kadrlari tomonidan obod-axloq qoidalariga qathiy rioya qilinishini hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va shahni, qadr-qimmatini xurmat qilinishini tahminlash;

maktabgacha tahlim sifatli tahminlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko’maklashish;

tarbiyalanuvchiga birinchi tibbiy tez xizmat ko’rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o’tkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy ko’rik o’tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);

belgilangan sanitariya qoidalari, normalar va gigiena normativlariga muvofiq xavfsiz, sifatli va sog’lom ovqatlanishni tashkil qilish va tahminlash;

qonuniy vakildan yoki tegishli ruxsati bo’lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;

tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to’laligicha saqlash;

qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir mahlumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi, tahlim-tarbiya dasturlari va uslublari);

DMTTda o’zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o’z vaqtida xabardor qilish;

DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo’lishi mumkin;

DMTTda tarbiyalanuvchi extiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yig’ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish taqiqlanadi;


III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari

5. Qonuniy vakil quyidagi huquqlaraga ega:

tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish;

DMTTning ustavi bilan tanishish;

DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko’riklar, ko’ngilochar soatlar, mashg’ulotlar va x.k), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;

DMTT faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;

DMTT Kuzatuv kengashi ahzolarini saylash va uning ahzosi bo’lib saylanish;

DMTTda tarbiyalanuvchi tahlim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish, bolaga sifatli tahlim-tarbiya berishni talab qilish;

o’ziga qulay bo’lgan vaqtda sababi ko’rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;

DMTT rahbariyatini 7 kun oldin habardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish;

qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo’lishi mumkin;

6. Qonuniy vakilning majburiyatlari:

mazkur shartnoma talablariga qathiy rioya qilish;

ota-ona to’lovini o’z vaqtida amalga oshirish;

xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;

DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog’lig’i xaqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakil xaqidagi mahlumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi xaqida mahlumotnomalar) taqdim etish;

tarbiyalanuvchi betob bo’lganda, zudlik bilan DMTT mahmuriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog’ayganidan so’ng tibbiy mahlumotnomani taqdim etish;

tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to’lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;

tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;

DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo’lish;

tarbiyalanuvchining to’laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish;

tarbiyalanuvchining tug’ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat maxsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirilmaslik;

DMTT ga tarbiyalanuvchini xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT mahmuriyati ularning saqlanishiga javobgar bo’lmaydi;

yashash joyi yoki telefon raqamlari o’zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu xaqida habar berish;

bolani DMTTdan olib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;

ertalab bolada kassalik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormaslik, bolani shifokor ko’rigidan o’tkazish;

qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari xam bo’lishi mumkin.
IV. TO’LOV TARTIBI

7. Tarbiyalanuvchining DMTTda bo’lgan davri uchun bir oylik to’lovi ____________________________so’m.

Agarda qonuniy vakilning bir nafar bolalari DMTT ga qatnashgan taqdirda to’lovlar ________________________so’mni tashkil etadi.

Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTT dan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to’g’risidagi mahlumotnomani xamda oila ahzolari xaqidagi fuqorolarning o’zini-o’zi boshqarish orgnlarining mahlumotnomasini taqdim etishlari lozim.

8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to’lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o’zgargan taqdirda bu xaqida DMTT mahmuriyati tomonidan qonuniy vakilga mahlum qilinadi xamda shartnomaga qo’shimcha kelishuv tuziladi.

9. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to’lovi xar oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to’lanadi. Oyning 15-sanasidan kegin kelgan bolalarni saqlash uchun to’lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to’lanadi. Bunda to’lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutonosib ravishda to’lanadi.

10. Davlat maktabgacha tahlim tashkilotlarida bolalar tahminotiga xaq to’lash tartibi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirladi. Bolaning yoki oila ahzolarining kassaligi, karantin holatida bo’lganligi tufayli, shuningdek qonuniy vakil ishdan (o’qishdan) bo’sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko’ra bola DMTTga ketma-ket
3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to’langan to’lovlar keyingi to’lovlarni amalga oshirishda xisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlar soni bir kunlik to’lov miqdoriga ko’paytirilib, keyingi to’lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to’lov xali amalga oshirilmagan bo’lsa, to’lanishi lozim b o’lgan to’lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to’lov summasiga kamaytiriladi.


Bolaning yoki uning oila ahzolarining kassaligi, karantin xolatida bo’lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan mahlumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.

Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligi qonuniy vakilning uzrli sababi ko’rsatilgan xolda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to’lovsiz saqlanib turishiga asos bo’lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko’pi bilan 60 kundan ortiq bo’lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Bolaning unda qolgan boshqa barcha xolatlarda qonuniy vakil tomonidan to’lovlar umumiy asoslarda to’lanadi.

11.Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona to’lovi to’lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.

12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendarg’ kuni mobaynida tarbiyalanuvchining DMTTda saqlash uchun mavjud bo’lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko’rsatilgan mudddat o’tib ketgan xollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko’ra amalga oshriladi.

Tarbiyalanuvchinig DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to’xtatilishi to’g’risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo’lmagan xollarda ota-ona to’lovi to’liq oy uchun xisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.

O’tgan oy ota-ona to’lovining qolgan qismi to’langandan so’ng tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashiga yo’l qo’yiladi.

Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to’xtatilgan taqdirda, to’lov to’liq bo’lmagan oy uchun, yahni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to’lanadi.



V. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

13. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, ular O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.


VI. SHARTNOMANI O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

14. Taraflar shartnomani o’zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish mumkin.

15. SHartnoma bajarilishining bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o’zgartirishga faqat qonun xujjatlariga muvofiq yo’l qo’yiladi.

VII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

16. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan holda ikki nushada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan xisoblanadi.

17. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo’shimcha va o’zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

18. Ushbu shartnoma bo’yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar qoidaga ko’ra ularni sudgacha hal etish choralarini ko’radilar.

19. Taraflar o’rtasida o’zaro hal qilinmagan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.

20. Mazkur shartnomada ko’zda tutilmagan holatlar amadagi qonun hujjatlarida o’rnatilmagan tartibda hal etiladi.


VIII. FORS-MAJOR HOLATLARI

21. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, yahni yengib bo’lmaydigan kuch, favqulotda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo’lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo’lmaydilar.

22. Sodir bo’lgan fors-major holatlari to’g’risida taraflar bir birlarini zudllik bilan yozma yoki og’zaki tartibda xabardor qilishi shart.

23. Mazkur shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo’lmaydigan kun xolatlarini davomiyligini xisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.


IX. YaKUNIY QOIDALAR

24. Mazkur shartnoma imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va 20____yilning ____________ ____________________ kuniga qadar amal qilinadi.

25. Mazkur shartnoma o’zbek tilida bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan holda ikki nusxada tuzildi, bir nusxasi DMTTda, ikkinchi nusxasi qonuniy vakilda saqlanadi.
X. TARAFLARNING YuRIDIK MANZILI VA REKVIZITLARI


5 sonli DMTT




Qonuniy vakil

Izboskan tumani Poytug’ shahar

Mirzo Ulug’bek MFY

Shifokorlar ko’chasi 5 – uy

Tel: 998 91 145 52 10



F.Qahhorova ______________




_____________________________ ______________________________ _____________________________ ______________________________ _____________________________ ______________________________

imzo









Shartnoma nusxasini shaxsan oldim va DMTT Ustavi bilan tanishdim:

_________________ _______________________________________________



Imzo F.I.O
20___yil «____»_______________
Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling